Innovatsiya-ziyo
oka, ako variantlari, kelyapti
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritorika
oka, ako variantlari, kelyapti so‘zining kevotti, kelopti, kelutti shakllari
bor. Yuksak madaniy nutq sohibi ulaming nutq sharoitiga mos variantini tanlab ishlata oladi. Deylik, boshqa sheva vakillari bilan 25 muloqotda yoki rasmiy vaziyatlarda ulaming adabiy til variantini qo‘llaydi. Shevadoshlari bilan suhbat jarayonida o‘z lahjasiga xosini ishlatadi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa, u jamiyat, fen va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan uzviy bog‘liq holda taraqqiy etib boradi. Jamiyat a’zolarining bilim va madaniy saviyasi o‘sgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, adabiy til qoidalari va me’yorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining rivojlanishida adabiyot, san’at, radio, televideniye va davriy matbuotning o'm i katta. Og'zaki va yozma nutq madaniyatining o'ziga xos qoidalari va me’yorlari bor. Ayniqsa, yozma nutq madaniyati m e’yorlari uzoq asrlardan beri taraqqiy etib kelmoqda. Masalan, XV asrdayoq o‘zbek yozma nutqining me’yorlari bo‘lgan. Buyuk mutafekkir shoir Alisher Navoiy o'zining butun hayotiy va ijodiy feohyati bilan o‘z davri yozma nutq madaniyati, nutq odobi rivojiga mislsiz hissa qo‘shgan. Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlaming asarlari tilida Alisher Navoiy an’analari davom ettirilgan. 0 ‘tmish ajdodlarimizning og‘zaki nutq madaniyati qanday bo‘lganligi haqida m a’lumotlar yetib kelmagan. Biroq xalqimiz orasida ming yillar davomida yashab kelayotgan “Yaxshi so'z - jon ozig'i, yomon so'z - bosh qozig'i”, “Bug'doy noning bo'lm asa ham, bug'doy so'zing bo'lsin”, “O'ynab gapirsang ham, o'ylab gapir”, “Har neni yemak - hayvonning ishi, har neni demak - nodonning ishi” kabi maqol va hikmatlaming yashab kelayotganligi o'tmishda ham og'zaki nutq madaniyatiga katta e’tibor berilganligini ko'rsatadi. Ritorika. Ritorika so'zi yunoncha rhetorike (“notiqlik”) so'zidan olingan bo'lib, tor m a’noda notiqlik san’atini, keng ma’noda, umuman, badiiy nasr haqidagi fen tushunchasini anglatadi. Ritorika miloddan aw algi 5-4-asrlarda Yunonistonda yuzaga kelib, miloddan aw algi 3-2- asrlarda mustaqil fen tusini olgan. Miloddan aw algi I asrda Rimda keng tarqalgan. Notiqlik bilan shug'ullanuvchi shaxslar ritor deb yuritilgan. Ritorika fen sifetida 5 qismdan iborat bo'lgan: • materialni topish. • joylashtirish. • fikmi so'z bilan ifodalash. • yodlash. • talaffuz. 26 Ritorika qadimgi davrda Sitseron, Kvintilian kabilar ijodida ishlab chiqilgan va asoslangan. 0 ‘rta asrlar va yangi davrda (Rossiya, M.V.Lomonosov ijodida) nazariy jihatdan rivojlantirilib, o‘zining yangi pog‘onasiga ko'tarilgan. 19-asrga kelib esa adabiyot nazariyasi fani tarkibiga kirib ketgan. Keyingi davrlarda ritorika termini dabdabali, quruq safsatani anglatadigan b o iib qolgan (ritorika haqida keyingi mavzuda batafsil to‘xtalamiz). Voizlik. Voiz so‘zi arabcha bo‘lib, “jamoat oldida nutq so£zlovchi”, “voizlik bilan shug‘ullanuvchi kishi”, “malakali notiq” ma’nosini anglatgan. Voizning maxsus nutqi va'z deyilgan. Voizlik jamoat oldida nutq so'zlash, notiqlik san’ati ilmiy-siyosiy ma’raza, bahs, munozara, targ‘ibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan san’atdir. Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli v a ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, o ‘z zamonasi uchun yetakchi tillami mukammal bilish kabi) ga ega bo'lgan. Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan o‘zi jamoat oldiga chiqib, o‘z siyosati, xalqaro ahvol va boshqalar haqida nutq so‘zlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa, jum a namozi, hayit, navro‘z kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo urush boshlangandagi yig'inlarda voizlik odat tusiga kirgan. 9-asrga kelib, bu muhim ishni xushovoz, ta’sirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar - voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik san’ati shakllangan. K eyinchalik uning tarm oqlari vujudga kelgan: • d a b ir lik (boshqaruv m azm undagi); • x a tib lik (diniy, siyosiy mazmundagi); • m u z a k k irlik (diniy-axloqiy mazmundagi) kabi. Voizlik tinglovchilaming xususiyatiga qarab yana turlarga bo‘lingan: • sultoniyot (yuqori tabaqa uchun); • xutubu jihodiya (jangovar nutqlar); • g ‘a rib o n a m aq om (oddiy xalq uchun) kabi. Voizlik ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar davomida rivojlana borgan. 0 ‘rta asrlarda voizlik san’ati nazariyasi, talqin uslublariga bag‘ishlangan ilmiy, uslubiy va majmuaviy asarlar yaratilgan. Voizlik san’atini o‘rgatuvchi maxsus so h a-ilm i kalom, ilmi balog‘a shakllangan. 27 Musulmon Sharqining yirik olimlari, din arboblari, adiblar ko’pincha yetuk voizlar bo‘lishgan. Bu borada Xoja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, H usayn Voiz K oshifiy, M avlono Muin Voiz Hiraviy, Bahouddin Valad, Jaloliddin Rumiy, 20-asrda esa mufti Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o ‘g ‘li va boshqalar so‘z qudrati va jonli nutq san’ati bilan mashhur voizlar sifatida boiganlar. Voizlik san’ati taraqqiyoti hozirgi notiqlik san ’ati rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling