Innovatsiya-ziyo


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

kelib qoladi!
- Xalq yig Hlsin, dedimmi, y ig ‘ilsin !
Qorovul hayrondan-hayron bo4di. Turib-turib... g'ashi keldi
(Tog‘ay Murod)
Til imkoniyati barcha uslublarga teng moslashgan. Tilda bejiz 
sinonimlar mavjud emas. Sinonim boTgan har bir so‘z, ibora, birikma 
va gap har xil uslub uchun moTjallangan. Yuqorida aytganimizdek, til 
imkoniyatidan foydalanish uchun nafaqat bu so‘zlaming tilda borligini, 
balki ulami qachon, qanday sharoit va vaziyatda qoTlashni ham bilish 
lozim. Turqingni sog'inib jonon deyilmaganligi kabi jamolingni 
sovurdab yuv ham deyilmaydi, albatta. Ba’zilaming aftingni art, 
basharasi tanishga о 'xshaydi deganlarini eshitganmiz. Bu til 
birliklarining uslubiy xoslanishini bilmaslik yoki unga e ’tibor 
qilmaslikdir.
Nutq tu rlari. Nutq rasmiy va norasmiy turlarga boTinadi. Yozma 
nutqning so‘zlashuv, badiiy, publitsistik uslublaridagi nutq norasmiy 
nutq hisoblanadi. Shuning uchun bu uslublarda nutq egasi erkin harakat 
qiladi. Nutqdan maqsad va uning kimga moTjallanganligiga qarab nutq 
egasi til birliklaridan istaganicha foydalana oladi. Masalan, so'zlashuv 
nutqida so‘zlovchining adabiy yoki sheva unsurlaridan, ilmiy 
terminlardan foydalanishini, jumlalarning toTiq yoki notoTiq 
bo‘lishini, imo-ishora vositalarini qay tarzda qoTlashini hech kim 
nazorat qilmaydi va xmga baho berib o'tirmaydi. So‘zlovchi faqat nutq
22


sharoiti, nutq vaziyati va hamsuhbatning kimligidan kelib chiqqan 
holda o‘zini o‘zi nazorat qiladi. Badiiy va publitsistik uslub nutqi 
haqida ham shunday deyish mumkin.
Rasmiy va ilmiy uslubdagi nutq rasmiy nutq hisoblanadi. Rasmiy 
nutq o'matilgan qoidalar asosida tashkil etiladi. Ma’ruzalar, dokladlar 
og‘zaki ko‘rinishda bo‘lganda ham, rasmiy nutq hisoblanadi. Shuning 
uchun bunday og‘zaki nutq bilan yozma nutq orasida jumlalar qurilishi, 
so‘zlaming qoilanishida farqlar kam seziladi.
Rasmiy doiralarda norasmiy, norasmiy doiralarda rasmiy nutq 
tinglovchilar uchun noqulay holatni keltirib chiqaradi. Buning yorqin 
misolini yozuvchi Abdulla Qalihor “Nutq” hikoyasida eming o‘z uyida 
xotiniga so‘zlagan nutqi misolida yorqin ifodalaydi:

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling