Innovatsiya-ziyo
ilk davri, notiqlik nazariyasi, ritorika, logograflar, notiqlik turlari
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
ilk davri, notiqlik nazariyasi, ritorika, logograflar, notiqlik turlari.
N otiqlik san’atining shakllanish sabablari. Miloddan oldin qadimgi Yunoniston va Rimda notiqlik san’ati degan alohida bir ilmiy- amaliy yo‘nalish paydo bo’lgan. Afinada notiqlik san’atining shakllanishi va rivojiga sud-tartibot tizimi turtki boTgan. 0 ‘sha davr sud majlislarida sudlanuvchi yoki da’vogar o ‘z fikrlarini ishonarli tarzda asoslab berishi uchun to‘g ‘ri va ravon gapira olishi lozim edi. Biroq har qanday shaxs ham bunday qobiliyat va malakaga ega boTavermagan. Shuning uchun fiiqarolarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, fikrlarini tartibga solib, yozib bera oladigan zukko, bilimdon va malakali shaxslar zarur boTgan. Ehtiyoj yunoncha logograf deb ataladigan, tajribali, qonunni yaxshi biladigan dastlabki notiq advokatlami shakllantirgan. Ular sudda qatnashayotgan ayblanuvchi va da’vogarlarga ko‘maklashib, evaziga haq olganlar. N otiqlik san’atining ilk davri. Logografiya notiqlik san’atining rivojiga olib kelgan. Keyinchalik notiqlik boshqa sohalarga ham kirib borgan. Hukmdor va amaldorlami, yurt va vatanni madh etuvchi notiqlar, ritorlar yetishib chiqqan. Ritorlar notiqlik masalalari bo‘yicha ta ’limiy faoliyat ham yuritgan. Notiqlik so‘z san’atiga aylanib, 29 keyinchalik adabiy janr darajasiga ko'tarilgan. Bunda falsafiy oqimni tashkil etgan sofistlaming xizmati katta bo‘lgan. Ritorikaning asl vatani Sitsiliya oroli hisoblanadi. Miloddan aw algi 5-asr o‘rtalarida Sitsiliyada demokratiyaning y o ig a qo‘yilishi notiqlik taraqqiyotiga ta’sir ko'rsatgan. Manbalarda qayd etilishicha, Gorgiy ismli sofist taxminan 427-yilda o‘z shahri Leontina uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi siiatida Afinaga keladi va xalq majlisida so‘zlagan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli taassurot qoldiiadi. Shundan keyin davlat rahbarlari taklifi bilan Gorgiy Afinaga butunlay ko‘chib keladi va shu yerda ritorika maktabi ochadi. O lz shogirdlariga so‘z san’ati va boshqa fanlami o‘rgatish bilan birga voizlik bilan ham shug‘ullanadi. Gorgiy, asosan, mifologik mavzularda tantanali nutq so‘zlagan. Bizgacha uning “Yelena” va “Palimed” sarlavhali ikkita yozma asari yetib kelgan. Gorgiy notiqning uch jihatiga alohida urg'u beradi: 1) ishontira olish. 2) maftun etish. 3) ijobiy taassurot qoldirish. Gorgiy uslubni maftun etishning asosiy vositasi hisoblaydi. 0 ‘z asarlarida uning yorqin namunalarini qo‘llaydi. Gorgiy asarlari tantanali epitet (jonlantirish), metafora (o'xshatish) va majoziy ifodalarga juda ham boy. Uning nutq uslubi “jimjimador uslub” deb nom chiqargan. Qadimgi Yunonistonning mashhur logograflaridan yana biri miloddan aw algi taxminan 459-380-yillarda yashab ijod etgan Litsiy sanaladi. Litsiy logograf sifatida ehtiyojmandlaming ichki dunyosini o‘rgangan. U shaxsning xususiyati - kimligi, dunyoqarashi, psixologiyasi va maqsadidan kelib chiqqan holda ularga mos nutq tayyorlagan. Litsiy bitgan nutq shuning uchun kuchli asar maqomiga ega bo‘lib, ishtirokchilami larzaga solgan. Uning yaratgan nutqlari sotsial-psixologik xoslanganligi bilan boshqa logograflamikidan ajralib turgan. Yunonlarda sud notiqligi ta’sirida harbiy, siyosiy notiqlik yo‘nalishlari ham vujudga kelgan. Keyinchaliik notiqlik ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olgan, umuman so‘z san’atiga aylanib, badiiy adabiyotning tragediya, komediya kabi janrlari shakllanishiga, notiqlik nazariyasi - ritorikaning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. 30 Notiqlik nazariyasining vujudga kelishi. Notiqlik - ritorikaning keyingi taraqqiyotida falsafa, mantiq, she’riyat, notiqlik san’ati va nazariyasiga bag‘ishlangan asarlari bilan dong taratgan Aristotelning xizmatlari juda katta. Ma’lumki, Aristotel yashagan davrda (mil.aw.384-322-y.) Afinada chiroyli so'zlash madaniyati qaror topgan. Falsafiy-pedagogik maktablar qatorida notiqlik maktablari ham vujudga kelgan. Notiqlik bo‘yicha nazariy va amaliy manbalar yaratilgan. Shunday qo‘llanmalardan bin Aristotelning “Ritorika” asaridir. Olim uni miloddan aw algi 330-yillarda - Afinaga so'nggi safaridayozgan. “Ritorika” uch kitobdan iborat: • chiroyli so‘zlash san’ati to‘g‘risida; • ishontirish uslublari haqida; • nutq mantiqiga doir. Olimning fikricha, notiq tilidagi turli qorishmalar, ya’ni so'zlaming noto‘g ‘ri va noo‘rin talafiuz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi - so'zlovchining katta xatosi. U har bir aytilgan noto‘g‘ri gap insonning boshiga yetishi mumkinligini alohida qayd etadi. Aristotel notiqlik san’atini quyidagi unsurlarini ajratadi: 1) qiziqarli matn; 2) qulay reja; 3) yodlash. 4) ifoda. Bu tizim bugungi kunda ham qimmatini aslo yo'qotmagan. Qadimgi Yunonistonda Rimga yaqin Arpina shahrida Sitseron (mil.av. 103-43) notiqligi va ritorligi bilan mashhur bo'lgan. Oilasi Rimga ko‘chib kelgach, Sitseron notiqlik va falsafodan tahsil oladi. Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so‘ng 25 yoshida ilk marta - dastlab foqarolik, so‘ng jinoiy ish jarayoni bo‘yicha nutq so‘zlaydi. Biroq bu nutqi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi - davlat amaldorlari unga qarshi chiqishadi. U ritorika va falsafa bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishga kirishadi. Kichik Osiyo shaharlarini kezib, tajriba o ‘rganadi. Natijada Qaysar (Sezar) hukmronligi davrida mashhur notiq va davlat siyosatchisi sifatida ulug‘ maqomlarga ko‘tariladi. Tajribalari asosida “Brut” hamda “Notiq” sarlavhali asarlarini yaratadi. Uning “kimki jo ‘n narsalar haqida oddiygina, kundalik voqealar haqida o rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-shavq bilan gapirsa, shu odam so‘z 31 san’atining chinakam ustasi bo'ladi” degan hikmatlari hozir ham ahamiyatini yo‘qotmagan. Sitseron Qaysar vafotidan so‘ng hokimiyatga chiqqan Oktavianga bo'ysunmaydi. Hukmdor so'z san’atining mohir ustasini shafqatsiz jazoga hukm etadi. 0 ‘limidan so‘ng Sitseron ta’limoti uyg'onish davri yevropasini zabt etdi. Insonparvar olimlar uning qarashlarini chuqur va atroflicha tadqiq etdilar. Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling