Innovatsiya-ziyo


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

Internet saytlari:
1. www.ziyo.net
2.www. thinsan.com
3. www. ufomm.uz
4. www.literature.uz
SHARQ NOTIQLIGI TARIXL MARKAZIY OSIYODA 
NOTIQLIK VA NUTQ MADANIYATI
Reja:
1. Sharqda tilning paydo boTishi haqidagi qarashlar.
2. Sharq nutq odobi haqida.
3. Turkiy mutafakkirlar so‘z va nutq madaniyati haqida.
Tayanch tushunchalar: notiq, nutq, voiz, va ’z, та ’viza, ilhom 
nazariyasi, izhor nazariyasi, taqlid nazariyasi, ijtimoiy kelishuv 
nazariyasi, Kaykovus, Ibn Sino, Farobiy, Koshg ‘ariy, Alisher Navoiy.
Sharqda, jumladan, Markaziy Osiyoda yashab ijod qilgan shoir va 
olimlar ham til va nutq, notiqlik, voizlik bo‘yicha o ‘z qarashlarini ilgari 
surishgan, ko‘plari “Qur’on”ni targ‘ib qilish bilan bogTiq ravishda
33


so‘zning kishilik jamiyatidagi o ‘mi, m a’nosi, undan o‘rinli va samarali 
foydalanish to‘g ‘risida qimmatli fikrlami bildirishgan.
Sharqda tilning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar. Musulmon 
filologlari VIII asrda so‘zlaming tashqi tovush tomoni bilan mazmuni 
o'rtasidagi o‘xshashlikni keng muhokama qilishgan. Ibn Jinniyning 
guvohlik berishicha, bu bilan dastlab Xalil ibn Ahmad shug‘ullangan. 
Shu an’ana ta’sirida A ’bad ibn Sulaymonning fikrlari rivojlandi. Bu 
nazariya bo‘yicha til - insonning tabiiy tovushlarga bo‘lgan moyilligi, 
ularga taqlid qilishi natijasida yuzaga kelgan. Bu “tabiiy (tabiat) 
nazariya” islom ruknlariga ancha erkin munosabatda bo‘lgan mazhab 
va yo‘nalish vakillari (jumladan, namoyandalari Abu Nasr Farobiy, 
Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy kabi olimlar bo‘lgan 
mutazalliylar) tomonidan ilgari surilgan va rasmiy islomiy - izhor 
(ilohiy ne’mat) nazariyasiga zid edi.
Izhor nazariyasi, Bu nazariyaning asoschisi Al-Ashafiy deya 
e’tirof etiladi. Biroq bu ta’limot undan-da ilgari Abu Ali al-Jubba’ 
ishlaridayoq ilgari surilgan edi. Izhor nazariyasining asosini qur’oniy 
ta’limot - tilni Alloh Odamga tayyor holda in’om etganligi, izhor 
etganligi tashkil qiladi. IX asrda rasmiy islomiy ilohiyotda - Kalomda 
izhor nazariyasi qabul qilinib, mutazalliylar yon bosgan ijtimoiy 
kelishuv nazariyasi shakkoklik sifatida qoralandi.
Ilhom nazariyasi. Bu ta’limotga ko'ra, birinchidan, insoniyatning 
birindii umumiy tili - arab tili bo‘lgan va u Olloh tomonidan yaratilgan. 
Olloh bu tilning butun boyligini Odam Atoga birdaniga bermagan -
Tangri izhorlarining mahsuli bo‘lgan arab tili asoslari bilan oz 
miqdordagi leksika Odamga berilgan. Keyinroq esa zarurat asosida 
barcha qabilalarga qo'shimcha ravishda berib borilgan va boyitilib- 
boyitilib, faqatgina Muhammad alayhissalomga tilning butun boyligi 
ma’lum qilingan.
Bu islomiy nazariyalaming barchasida tilning rivojlanish manbai 
ikkita - Alloh va odam, jamiyat ehtiyojlari. Alloh tilni, uning ichki 
qonuniyatlarini belgilagan va Odamga bergan.
Ijtimoiy kelishuv nazariyasi. Ayrim qarashlarga ko‘ra, Odam 
farzandlari hayot va jamiyat ehtiyojlari asosida tilni Alloh belgilagan 
qonuniyatlar (yangi so'zlar yasash, boshqa tillardan so‘z qabul qilish, 
so‘z va qo‘shimchalarni boshqa - ko‘chma m a’nolarda qo‘llash, 
ijtimoiy kelishuv, shoir, voiz va adiblar nutqining ta’siri kabilar)
34


asosida boyitib, o‘z ehtiyojlariga moslashtirganlar. Jumladan, Al- 
Harasiy ijtimoiy kelishuv nazariyasi borasida ta’kidlashicha, jamiyatda 
til predmet va tushunchalarga ishora qilish, shuningdek, fikmi bir- 
biriga ma’lum qilish uchun kerak bo‘lgan. Dastlab til faqat undoshdan 
iborat edi, biroq keyimoq odamlar ikki, uch, to‘rt, besh undosh va 
unlilardan iborat bo‘g ‘in va affikslar hosil qilganlar va nihoyat til 
yaratilgan.

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling