Innovatsiya-ziyo


maorif, saodat, matbaa, mutolaa


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

maorif, saodat, matbaa, mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma- 
yon talaffuz qilinishi va yozilishini me’yor darajasiga ko'tardi.
47


Arab tilidan o'zlashgan ta na, d a ’vo, т а'no, e ’lon, m e’mor, 
mo'tabar kabi so'zning birinchi bo‘g‘inidagi unli cho'ziqroq talaffuz 
etiladi.
Rus tilidan o‘zlashgan so'zda /' unlisi o‘zbek tilining i utilisidan 
torroq va cho'ziqroq talaffuz etiladi: tish (o'zb.) - tip>ti:p (rus.), til 
(o'zb.) - tir > ti:r (rus.) kabi.
Ruscha leksik o'zlashmaning urg'usiz bo'g'inidagi e unlisi 
o'zbekcha e dan ancha tor (/ ga yaqin) talaffuz etiladi: telefon > tilifon, 
televizor > tilivizir, adres > adris kabi.
Rus tili orqali o'zlashgan so'zda a unlisi o'zbekcha a dan 
yo'g'onroq talaffuz etiladi: капа (o'zb.) - kanal (rus) kabi.
Rus tilidan o'zlashgan so'zdagi o'rta keng, lablangan о unlisi 
urg'uli bo'g'inda o'zbek tilidagi o'rta keng, lablangan о ‘ dan kengroq 
talaffuz etiladi: ton (rus.) - to ‘n (o'zb.), tok (rus.) - to ‘q (o'zb.), tort 
(rus.) - to ‘rt (o'zb.) kabi.
Jonli tilda r bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha 
so'zlaming boshida bir о ‘ tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: 
r o ‘za>o'raza, ru s> o‘ris, ro 'mol>o ‘ramol kabi. Adabiy talaffuz 
me’yori sifatida ro ‘za, rus, ro ‘mol shakllari saralangan.
Rus tilidan o'zlashgan so'zning oxirida lab-tish v undoshi jarangsiz 
/tarzid a talaffuz qilinadi: passiv > passif, ustav > ustaf kursiv > kursif 
kabi; v ning jarangsizlanishi so'z ichidagi assimilyativ holatda ham yuz 
beradi: avtomat > aftomat, stavka > sta/fcor kabi. Bunday talaffuz adabiy 
til uchim me’yor sanaladi, ammo o'zbek tilining o 'z so'zida 
qo'llanadigan lab-lab v undoshi so'z oxirida ham, jarangsiz undosh 
ta’sirida h a m /g a o'tmaydi: ov, birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat 
ham orfoepik m e’yor sanaladi).
Rus tilidan o'zlashgan so'zning ko'pchiligida urg'u erkin bo'ladi, 
bu hoi o'zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda: a'tlas, 

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling