Innovatsiya-ziyo


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

yakan (pul), xanjar (qorin), xit (och), hasut (qon), dah (yaxshi) 
so'zlarmi faqat o'tgan asr otarchilari, harif (o‘g‘rilik obyekti), ligavi 
(militsioner) so'zlarini o‘g‘rilar tushungan. Ular tor ijtimoiy 
guruhlaming nutqiy m e’yori hisoblangan. Bu nutq ko'rinishlariga xos
43


me’yoming yana bir xususiyati ulaming hamma bilan muloqotda ham 
birday qo‘llanavermasligi.
Ta’lim-tarbiya adabiy nutq m e’yorini ommalashtirish va singdirish 
bilan shug'ullanadi. Adabiy nutq m e’yorlarini ishlab chiqish va ularga 
rioya qilish davlat siyosatining tarkibiy qismiga kiradi. Chunki ko‘p 
lahjali va shevali xalqlarda adabiy nutq milliy yaxlitlikni ta’minlash 
vositasi sanaladi. Milliy yaxlitlik esa taraqqiyot garovi, mamlakat 
rivojiga xizmat qiladi. 
Adabiy nutq me’yori tilning ichki 
qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, fan tomonidan ishlab chiqiladi. 
Bunda tilning tabiiy rivojlanish tamoyillari asos qilib olinadi. Me’yorda 
sun’iylik bo'lsa, u jamiyat tomonidan amal qilinmaydigan jonsiz qoida 
sifatida ishlamay qolaveradi.
Adabiy nutq me’yorlariga qat’iy rioya qilish qo'llanishning rasmiy 
holatlariga xos. Masalan, ish yuritish, OAV, noshirlik, ta’lim, rasmiy 
yig'ilish, majlis va anjuman va h.k.lar adabiy nutq qoilanishi shart 
bo'lgan rasmiy vaziyatlarda tashkil etiladi. Norasmiy holatlarda 
nutqning noadabiy yoki adabiy shakliga rioya qilish erkin bo‘lib, ular 
so'zlovchilaming xohish-istagi, madaniy saviyasi va dunyoqarashiga 
bog'liq bo'ladi.
Mutaxassislar tilning m e’yorlarini quyidagicha tasniflashadi:
a) umumiy me’yor;
b) xususiy m e’yor.
Umumiy m e’yor, masalan, o'zbek tilining barcha ko'rinishlari 
uchun xos bo'lsa, xususiy me’yor tilning har bir shakli (og'zaki va 
yozma, adabiy va shevaga oid, kasbiy va sohaviy) uchun daxldor 
bo'ladi. Ulami umumlashtirgan holda nutq m e’yorining quyidagi 
turlarini ajratish ma’qul:
• adabiy nutq m e’yori;
a) yozma adabiy nutq me’yori;
b) og'zaki adabiy nutq me’yori;
1) shevaviy nutq m e’yori;
2) tor ijtimoiy guruhlar nutq m e’yori.
Adabiy nutqning qat’iy belgilab qo'yilgan me’yori - imloviy 
me’yor. Bu me’yor tilning imlo qoidalari bilan belgilanadi. O'zbek 
lotin alifbosidagi imlo qoidalari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan tasdiqlanadi. Imlo qoidalari asosida imlo lug'atlari chop 
etiladi.
44


Adabiy nutqning ikkinchi muhim me’yori - tinish belgilarini 
qo‘llash qoidalari.
Adabiy nutqning og‘zaki shakli talaffuz qoidalari asosida 
belgilangan. Talaffuz qoidalari asosida talaffuz lug'atlari yaratiladi.
Umuman olganda, tilning, xususan, o'zbek adabiy nutqi me’yorlari 
sifatida quyidagilami ajratish mumkin:
• fonetik m e’yor;
• talaffuz me’yor;
• leksik-frazeologik m e’yor;
• grammatik me’yor:
a) morfologik m e’yor;
b) sintaktik m e’yor;
• imlo me’yor;
1) yozuv me’yori;
2) punktuatsion m e’yor;
3) uslubiy me’yor.
Fonetik m e’yor. 0 ‘zbek umumxalq tilida unli va undoshlar soni 
ko‘p. Bu hali oxirigacha tadqiq qilinmagan. Ba’zi olimlar o‘zbek tilida 
8 ta, ayrimlari 12 ta, boshqalari 18 tagacha unli borligini aytishadi. 
Lekin hozirgi o‘zbek adabiy nutqi uchun 6 ta unli va 24 ta undosh 
tovushning qoTlanishi me’yor hisoblanadi. Bu tovushlar yig'indisi 
o ‘zbek tilida so‘zlashuvchilaming talaffuz va yozishdagi umumiy 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan va ehtiyojlarini toTa qondirib kelayotir. 
Biroq olimlar tomonidan turli til va nutq madaniyatiga bag'ishlangan 
anjumanlarda adabiy nutq me’yorlarini takomillashtirish bo‘yicha 
takliflar aytilmoqda. Masalan, o‘zbek tilini turkiy xalqlar bilan 
yaqinlashtirish maqsadiday harfmi z harfi bilan, о ' harfini о harfi bilan, 

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling