qipchoq dialekti (lahjasi) kabi.
Adabiy til shevadan, shuningdek, bir lahja ikkinchi lahjadan, bir
sheva boshqa shevadan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ozmi-
ko'pmi farq qiladi.
Fonetik farq deganda, tovush jihatidan (pabrika ~ fabrika, man -
men, jila -y ig 'la kabi), leksik farq deganda so'z jihatidan (kalapo ‘sh -
do ‘ppi, go ‘sala - buzoq kabi), grammatik farq deganda, so'z shakli yoki
qo'shimchadagi (borayapti — borvotti - borutti kabi) farqlanish
tushuniladi.
Shevaning faqat og'zaki shakli mavjud.
O'zbek umumxalq tili tarkibida uchta lahja bor:
1) qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh);
2) qipchoq lahjasi (janubiy-g'arbiy guruh);
3) o 'g 'iz lahjasi (shimoliy-g'arbiy guruh).
Qarluq lahjasi, asosan, shahar shevasini o'z ichiga oladi (Toshkent,
Andijon, Farg'ona, Samarqand, Buxoro). Bu lahja shevasining muhim
fonetik va grammatik belgisi quyidagilar:
- so'z oxiridagi к tovushi
у
tarzida aytiladi: elak - yelay, ierak -
teray kabi;
- о lashish yuz beradi: aka — oka, Akram — Akrom, bahor - bohor,
boramiz - borovuz;
- qaratqich kelishigi y o'q va uning o'm ida ham tushum kelishigi
qo'shimchasi ni ishlatiladi: ukamnifng) daftari.
Qipchoq lahjasi shevasi O'zbekistonning barcha viloyatida
mavjud, asosan, qishloqda tarqalgan (Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo,
Surxondaryo,
Qoraqalpog'iston,
Shimoliy
Xorazm
viloyati,
Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevasi). Belgisi:
—y o'm ida j ishlatiladi: yo 7 - jo 7, yo ‘q - jo ‘q;
Do'stlaringiz bilan baham: |