p deb talaffuz qilish uchraydi: ulfat>ulpat, faner>paner, ferma>perma
kabi. Hozirgi o ‘zbek adabiy tilida u la m i/b ila n talaffuz qilish m e’yor
holiga kelgan.
So'z yoki bo‘g ‘in boshida xmdosh tovushlaming qatorlashib kelishi
turkiy tillarga xos emas. Bu hodisa keyinchalik boshqa tildan
o'zlashgan so'z talaffuziga ham ta ’sir qilgan - jonli so'zlashuvda so'z
yoki bo'g 'in boshida yoxud bo'g'indagi ikki undosh orasida bir
unlining orttirilishiga olib kelgan: shkaf > ishkap, stakan > istakan,
plan > pilon, traktor > tiraktir kabi. Bunday holat so'z oxirida ham
uchraydi: aql > aqil, fikr > fikir, ilm > Him, hukm > hukum kabi.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida bunday so'zni asl holicha (unli orttirmay)
talaffuz qilish orfoepik me’yor sanaladi. Bunday m e’yor shu tipdagi
so'zning yozuvdagi shaklini (imlosini) to 'g 'ri belgilashga ham yordam
beradi.
Umumturkiy so'zda ikki unli yonma-yon qo'llanmaydi, bu hoi arab
tilidan o'zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so'zlar
talaffuziga ta ’sir qilgan: oila, doir, rais so'zlarida bitta у orttirilgan
(oyila, doyir, rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so'zi esa unlining
diftonglashuviga - mo: rip, so. dat, mutola: kabi talaffuz qilinishiga olib
kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so'z o'zlashtirishning
faollashganligi, ruscha o'zlashmaning rus tilidagi talaffuz va imlo
m e’yorini o'zbek tiliga aynan singdirish an’anasining ustun bo'lganligi
o'zbek tilida ikki unlining so'z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik
va orfografik m e’yorga aylantirdi: biologiya, geometriya, geologiya,
geodeziya va boshqalar. Bu hoi arabcha o'zlashmada {oila, doir, rais,
Do'stlaringiz bilan baham: |