Innovatsiya-ziyo


paxtakorlar - xorazmli paxtakorlar, yog ‘lik ovqat -yo g ‘lik ovqat


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

paxtakorlar - xorazmli paxtakorlar, yog ‘lik ovqat -yo g ‘lik ovqat.
Orttirma nisbat shaklini hosil qiluvchi -kaz va -qaz qo‘shimchalari 
ham og‘zaki nutqda ba’zan farqlanmaydi: daraxt о ‘tqazish (me’yoriy) 
- elek.tr liniyalarini о ‘tqazish (nome’yoriy).
Adabiy tilning so‘z yasash shakllari ham shevalardan farq qiladi: 
olaylik - olali, ketaylik - ketaylu, ilgak - ilgay, aldoqchi - aldovchi, 
aldamchi kabi.
Sintaktik jihatdan nutqning og'zaki va yozma shakli farqlanadi. 
Gap tuzish qoidalarini yaxshi bilish va ulardan to‘g ‘ri foydalanish, 
gapda so'z va qo' shimchalar o'rtasidagi munosabatning to 'g 'ri bo'lishi, 
ega-kesim mosligi hamda ikkinchi darajali bo'laklaming ularga 
bog'lanishiga e ’tibor berish, gapda so'z tartibi va inversiya qoidalariga 
rioya qilish madaniy nutqning asosiy xususiyatlaridan. Misol:
Otadek farzandiga kim kuyar axir,
O, naqadar og ‘ir farzandning dog ‘i
(Shukrullo)
She’riy matn gap bo'laklarining tartibi o'zgarishiga yo'l qo'yadi. 
Lekin bu mantiqiy xatoliklami keltirib chiqarmasligi kerak. Yuqoridagi 
misralarda sintaktik me’yor buzilishi natijasida esa farzand otaga 
o'xshatib qo'yilgan.
G 'alvirakning о ‘zi xunuk, lekin mag'zi soz bo ‘lur, 
Pistannng ham qattig'idan ochiq o g ‘zi soz bo ‘lur.
(Shukrullo)
54


Birikma o g ‘zi ochig'i tartibida bo‘lishi lozim edi. Lekin bu holda 
misralar vazniga putur yetishi mirnikin. Shoir badiiy me’yomi saqlash 
bilan nutqiy m e’yomi buzgan.
Lug‘aviy me’yor. Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal 
qilish qonuniyatlaridan kelib chiqib so'z tanlash imkoniyatlari uning 
leksik me’yorini belgilaydi. Umumxalq tilidan o'sib chiqqan adabiy til 
unda mavjud bo‘lgan so‘z variantlaridan lug‘aviy me’yor sifatida eng 
maqbulini - hamma uchun tushunarli bo'lgan ko'rinishini tanlab oladi, 
qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda, ijtimoiy guruhlar tilida 
yashayveradi. Har bir shevada o'sha sheva uchunso‘z qo‘llashning o‘z 
lug'aviy me’yori bo‘lgani kabi adabiy nutqda ham shevalarda 
uchragani kabi o‘ziga xosliklar bor. Masalan, she’riy asarlar tilida visol, 

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling