Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi
Download 1.26 Mb.
|
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi. Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida jamiyat pedagogik tarbiya sohsida muhim o‘rin tutadi. Ushbu fan o‘quv fani-ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida namoyon bo‘ladi.
Fanning daslabki rivojlanish tarixi bosqichi-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo‘lgan davrini o‘z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to‘planishi, tarbiya tajribasining anglanishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro‘y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida turli tarbiya nazariyalari paydo bo‘lgan. Birinchidan, ushbu bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo‘lganligi bilan izohlanadi. Chunki ibtidoiy jamoada to‘plangan boy tarbiyaga oid ijtimoiy pedagogik g‘oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo‘lgan.. Dastlab tarbiya faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga o‘ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug‘ullanuvchi odamlar-tarbiyachilar paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarda oilaviy tarbiya ham ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko‘rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to‘la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda paydo bo‘lish bilan ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo‘lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o‘rgatishgan. Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko‘rinishlari mavjud bo‘lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishi yozuv hamda pedagogik g‘oyalarning yozma manbalarda ko‘rsatilgan saqlanib qolish hodisasi bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘qitila boshlagan bo‘lsada, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy himoya ko‘rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go‘ro‘g‘li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etganini ko‘ramiz. Keyinchalik VI-VII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islom dinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi. Ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashinuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o‘zaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Moddiy barqarorlik, ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o‘zlashtirishga yordam berdi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling