Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Download 1.26 Mb.
bet18/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

XIX-XX asr demokrat shoirlarining ijtimoiy pedagogik qarashlari.
XVIII-XIX asrning ma’rifatparvar shoirlari Munis Xorazmiy (1778-1829), Muhammad Ogahiy (1809-1874), Ubaydulla Zavqiy (1853-1921) birinchi o‘ringa keng ommaning ma’rifatli kilish va ta’lim masalalarini qo‘yishgan. Ta’limning asosiy vazifasini ular axloqiy mukammallashuvda va mehnatga o‘rgatishda deb bilishgan.
Saidahmad Siddiqiyning (1864-1927) qarashlari uzoqni ko‘ra olishlik va zakovati bilan ajralib turgan. Dehqon oilasidan chiqqan pedagog, demokrat shoir o‘z qishlog‘i hovlisida dehqon va xunarmandlar uchun ilk maktabni ochgan, kattalar uchun maktab tuzgan, 1914-yil kitob, darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan savdo qiluvchi do‘kon ochgan. Keyinchalik Siddiqiy yana bir nechta qishloq maktablari ochgan va ularda o‘zbek, tojik, rus bolalariga ta’lim-tarbiya bergan. Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan.
Ma’rifatparvarlik va demokratik g‘oyalar XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘rta asr g‘oyalari: zohidlik, dogmatizm, sxolastikaga qarshi chiqib, o‘zbek ma’rifatparvarlari yangi ta’lim usullari va tamoyillarini ilgari surdilar: har tomonlama tarbiyalashga asoslangan (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o‘g‘il bolalar va qizlar uchun bir xil, insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar.
O‘zbekistondagi demokratik pedagogik g‘oyaning taraqqiyparvar yo‘nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934). U Sharq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o‘rganib, mumtoz o‘zbek klassikasi ta’sirida she’rlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining birida bolalarga ta’lim bergan. Avloniyning o‘zbek pedagogikasiga qo‘shgan hissasi shuki, u ilk marta tarbiya oldiga ijtimoiy vazifalarni qo‘ya olgan. Bu shoir va pedagogning katta jasorati o‘z asarlarida shaxs rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolining e’tirof etilishi bo‘ldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarni ko‘zlashi kerak. Avloniy “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida ta’riflaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati Avloniy fikricha oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb, u mustaqillik, tashabbuskorlik, amaliy tajribani e’tirof etgan.
O‘zbek ma’rifatparvarlarining yorqin vakili bo‘lgan Avloniy “to‘g‘ri” g‘oyalarni kengaytirib va “noto‘g‘ri” g‘oyalarni bartaraf qilibgina yovuzlikni yo‘qotish mumkinligiga ishongan. Shuning uchun tarbiya mavzusi ma’rifat gazetasi bo‘lmish “Shuhrat” gazetasida keng yoritilgan.
Mustamlakachilik sharoitlarida Turkistonda matbuot cheklangan o‘quvchilariga ega bo‘lgan. Bu holatda dramaturgiya ma’rifiy g‘oyalarni tatbiq qilishning eng samarali vositasi bo‘lgan. Teatr Abdulla Avloniy uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo‘lgan. U 1913 yilda Toshkentda “Turon” nomli teatr truppasini tashkil etdi. Truppaning maqsad-vazifalarini Toshkentdagi “Turon” dramatik san’at jamiyatining nizomida aniqlangan “sahnaga nisbatan muhabbat va jiddiy munosabat tug‘dirish, xalq uchun spektakllar tashkil qilish” tashkil etar edi.
Bu maqsadga erishish uchun jamiyat kechalar, konsertlar, spektakllar va boshqa ommaviy chiqishlarni tashkil etishga, klub va musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxona tashkil qilishga, boshlang‘ich maktablar ochishga, ta’limni o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida davom ettirish uchun stipendiyalar ta’sis etish huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek, u mavjud hayriya va ta’lim muassasalariga moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin edi1.
Avloniy ma’rifiy g‘oyalarini nafaqat ijodda ilgari surgan. U tomonidan 1908 yilda kambag‘allar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini o‘qitishning yangi usullari qo‘llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermahsul shug‘ullanishni kanda qilmay, u darslik va qo‘llanmalar yoza boshlagan. Ta’lim tarbiya tizimini kundalik hayotga yaqinlashtirish, ya’ni amaliyot eng kerakli va foydali vosita ekanligini uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsliklarida aks etdi.
Avloniydan so‘ng ma’rifat va dunyoviy bilimlarning faol targ‘ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta’limiy va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo‘lib, u o‘zbek ilg‘or pedagogik g‘oyalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Insonni reallikdan ajratib oluvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi musulmon pedagogikasiga qarshi Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash kerak deb tushungan va o‘z qarashini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o‘zbek ma’rifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalqlar hayotini o‘rganishga qaratilgan edi.
Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga o‘zbek ma’rifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida o‘z qarashlarining tizimli emasligi, ularning feodal-mustamlaka tuzumga qarshi kurashdagi ojizliklarini kelib chiqishiga sabab bo‘lgan mustahkam dasturning yo‘qligi bilan ajralib turardilar. Biroq ularning dunyoqarashi cheklanganligi va qarama-qarshiliklarga uchraganiga qaramay, ular O‘zbekistonda ilg‘or g‘oyalarning rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
XX asr boshidagi o‘zbek pedagogik g‘oyasida 3 asosiy yo‘nalishni ajratsa bo‘ladi:

  • ko‘proq hukmronlik qiluvchi o‘rta asr feodal klerikal yo‘nalishi;

  • paydo bo‘layotgan milliy burjua yo‘nalishi (jadidchilik). Uning vakillari bu davrda feodal klerikal maktabga qarshi chiqib, o‘zlarining “usuli jadid” maktablarining pedagogik talablarini ilgari surish;

  • demokratik taraqqiyparvar yo‘nalish. Demokratik pedagogika o‘rta asr maktabini va tarbiyasini tanqid qilgan va inkor etgan hamda unga qarshi yangi, ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan.





REJA:

        1. Sotsium tushunchasi.

        2. Sotsium va bola shaxsi.

        3. Bola rivojlanishi va tarbiyasi pedagogika fanining muhim muammosi sifatida.

        4. Bolaning sotsiumda rivojlanishi.

        5. Bolaning rivojlanishida tarbiya sotsium sifatida.

        6. Madaniy sotsiumning bola rivojlanishiga ta’siri.


Tayanch iboralar: sotsium, yaqin muhit, ijtimoiy muhit, sotsializatsiya, individuallashtirish, prеformizm, bixеviorizm, progmatizm, biogеnеtiklar.

Sotsium (yaqin muhit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sеkin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi – maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotеkalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit “hududi” tobora kеngayib boradi.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling