Innovatsiyalar fakulteti aniq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bolalarning ijtimoiy moslashuvi


Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi


Download 1.26 Mb.
bet35/62
Sana23.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1391830
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
Bog'liq
Мажмуа болаларни ижтимоий мослашуви 2022 2023 2

Ijtimoiy pedagog tarbiyaviy ishlarining o‘ziga xosligi. Ijtimoiy pedagog - tarbiyaviy ishlar metodlarini keng tizimidan foydalanaishga o‘z e’tiborlarini qaratish lozim. Bu o‘rinda ijtimoiy pedagoglarning bir qismi o‘quvchilarni tarbiyalashning an’anaviy vositalari atrofida guruhlashga; shaxsiy suxbat; u yoki bu ijodiy faoliyat ko‘rinishiga o‘smirlarni jalb etishga, ayrim o‘quvchilarga nisbatan sinf tarbiyaviy ishlarini topshirishga harakat qilishadi. Lekin, ijtimoiy pedagog ishlarini o‘ziga xosligi bir qator yangi faoliyat usullarini yuzaga chiqardi. Ularning ko‘pchiligi maktab tarbiyaviy ishlarini va maktabdan tashqari tashkiliy ishlarni birlashtirish g‘oyasidan farqlanadi. Bu mahalladagi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik; ma’sul diniy idoralar va mahalliy intellegansiya vakllari bilan birgalikdagi faoliyat; maktablarga xomiylik qiluvchi tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish va bu aloqalarni mustaxkamlash kabilardir.
Bunday o‘zaro hamkorliklar ijtimoiy kasalliklarni rivojlanib ketishini oldini olish maqsadlariga to‘g‘ri keladi. Bu borada salbiy oqibatlarga olib keluvchi xulqiy odatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarga:
Har bir ijtimoiy pedagog ishining muhim o‘ziga xosligi, bolalar xulqining axloqiy asosini buzilishiga olib keladigan aniq faktlarini aniqlash, bartaraf etishga yo‘naltirilishi kerak.
Eng muhimi kelajak jamiyat a’zosida zarur bo‘lgan; o‘z xatti - harakati uchun javob beradigan; g‘amxo‘rlik, beminnat ish qilishlik, murakkab sharoitlarda irodaviy kuch topa oladigan, qiyinchiliklar yenga oladigan, mehnatsevar, ona - vatanga cheksiz muxabbat, kamtarlik, minnatdorchilik va boshqa sifatlarni shakllantirishlarida alohida ahamiyat kasb etadi.


Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar:

  1. Ijtimoiy pedagogika fan sifatida.

  2. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.

  3. Ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni, vositalari.

  4. Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari.

  5. Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining madaniy-tarixiy asoslari.

  6. O‘zbekistonda ommaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rivojlanishi va unda bolalarning ijtimoiylashuvi tarixi.

  7. Tarbiya - ijtimoiy hodisa

  8. Bolalik - insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri.

  9. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni.

  10. Ijtimoiy muhit bolani tarbiyalashning omili sifatida.

  11. MTTda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish pedagogik muammo sifatida.

  12. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirish.

  13. MTT pedagog-tarbiyachisining turli xulq-atvordagi bolalar bilan ishlash texnologiyasi.

  14. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy moslashuvida tarbiyachilarning ota-onalar bilan ishlash shakllari.

  15. Tarbiyachilar, bolalar va ota-onalarga psixologik-ijtimoiy yordam.

  16. Tarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish metodlari.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling