Innovatsiyalar tizimi va Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Innovatsion faoliyat to‘G‘risida


-modda. Davlat boshqaruvi organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari


Download 37.15 Kb.
bet4/15
Sana14.03.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1266709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH.

8-modda. Davlat boshqaruvi organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari
Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida:

  • innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

  • innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;

  • innovatsion loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

  • o‘z tasarrufidagi innovatsion faoliyat subyektlarining innovatsion loyihalarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

  • tegishli hududda innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

  • tegishli hududda innovatsion loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

  • vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda innovatsion faoliyat sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

  • tegishli hududda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

  • vakolatli davlat organining tavsiyasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan innovatsion faoliyatni, shuningdek yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni va texnologiyalar transferini moliyalashtiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
10-modda. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiradi:

  • innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;

  • innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

  • innovatsion faoliyat subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish;

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish;

  • innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘larini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;

  • ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilg‘or texnologiyalarning kafolatlangan tarzda tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida ularning davlat xaridlarini tashkil etish;

  • innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.


Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling