Innovatsiyalar tizimi va Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Innovatsion faoliyat to‘G‘risida


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari


Download 37.15 Kb.
bet3/15
Sana14.03.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1266709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

  • innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

  • innovatsion rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatning shakllantirilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;

  • iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;

  • innovatsion rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

  • innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishini baholash mezonlarini tasdiqlaydi;

  • yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

  • innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni ta’minlaydi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

7-modda. Innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organining vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:

  • innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • innovatsion rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

  • innovatsion faoliyat xavflarini baholash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

  • mamlakatning innovatsion rivojlanish holati tahlilini amalga oshiradi;

  • innovatsion faoliyat subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

  • innovatsion loyihalarning davlat ekspertizasi tashkil etilishini ta’minlaydi;

  • yagona davlat buyurtmachisi sifatida innovatsion loyihalarni shakllantiradi, tasdiqlaydi va moliyalashtiradi;

  • innovatsiyalar yaratish uchun davlat buyurtmasi doirasida innovatsion loyihalarning bajarilishini monitoring qiladi va bajarilish samaradorligini baholashni amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan texnologiyalar transferiga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga moliyalashtirish uchun yangi ishlanmalarni tavsiya qiladi;

  • yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni moliyalashtiradi va texnologiyalar transferiga ko‘maklashadi;

  • innovatsion faoliyat subyektlarini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashadi, innovatsion faoliyat natijalarini joriy etishga doir samarali mexanizmlarni shakllantiradi;

  • innovatsion faoliyat subyektlari uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qilishda ishtirok etadi;

  • innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling