Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim


Download 453.37 Kb.
bet7/17
Sana21.06.2023
Hajmi453.37 Kb.
#1640959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Zoologiya

3.Uchib ketuvchi qushlarga shimoliy va o‘rta mintaqalarda tarqalgan ko‘plab qushlar kiradi. Bizda uchraydigan qushlarning ham ko‘pchiligi uchib ketuvchi qushlar hisoblanadi. Ularning uya qurib, jo‘ja ochadigan hududi bilan qishlaydigan hududi bir-biridan ancha uzoq bo‘ladi, ya’ni qish kelishidan oldin minglab kilometr uzoqda joylashgan issiq o‘lkalarga uchib ketadi, bahor kelishi bilan o‘zlari uya qurib, jo‘ja ochadigan joylariga yana qaytib keladi.
Qushlarning mana shu uchta guruhi bilan bir qatorda oraliq guruhlari ham bor. Ko‘pincha bir turning o‘zida yashash joyiga qarab mavsumiy o‘zgarishlar turli darajada namoyon bo‘ladi. Masalan: olaqarg‘a janubiy tumanlarda tipik o‘troq qush bo‘lsa, markaziy va g‘arbiy hududlarda ko‘chib yuruvchi, shimoliy hududlarda esa haqiqiy uchib ketuvchi qushlar hisoblanadi. Iqlim va oziqlanish sharoiti ham qushlar hayotidagi mavsumiy o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Qish iliq kelib, qora archa yaxshi meva bergan yillari chetan va olashaqshaqlar Moskva atrofida qishlab qoladi, qish sovuq kelib, daraxtlar yaxshi hosil bermagan yillari esa bu qushlar Moskva atrofidan uchib ketadi. Ko‘pgina o‘rdaklar qishda suv muzlamagan va qisman muzlagan yillari o‘rta mintaqalarda qishlab qoladi. Iqlim qancha kontinental bo‘lsa, uchib ketuvchi qushlar ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Uchib ketuvchi qushlar yoki migratsiya qiluvchi qushlarning soni shimolga borgan sari oshib boradi. Bu qushlar bir yilda 2 marta, ya’ni kuzda qishlash joyiga qarab, bahorda esa uya qurgan yoki tug‘ilgan joyiga qarab migratsiya qiladi. Kuzgi migratsiya vaqtida qushlar o‘rtacha tezlikda uchadi, vaqti-vaqti bilan dam oladi. Qushlarning migratsiya yo‘li har xil uzoqlikda joylashgan. Afrikada qishlagan qaldirg‘ochlarning yo‘li 9-10 ming km. Barents dengizida yashaydigan qutb krachkasi qishlash uchun 16 -18 ming km uzoqda joylashgan Afrika qit'asiga uchib ketadi. Mayda chumchuqsimonlar migratsiya vaqtida bir sutkada 50 -100 km tezlikda uchadi. Samolyot va radar yordamida kuzatish shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik qushlarning migratsiyasi 450-750 m balandlikda o‘tadi. Baland tog‘larda qushlar hatto dengiz sathidan 6-9 km balandlikda uchib o‘tganligi kuzatilgan. Migratsiya qiluvchi qushlar migratsiyadan oldin juda intensiv oziqlanadi va anchagina yog‘ zahirasi to‘playdi. Yog‘ parchalanganda ko‘p miqdorda energiya ajraladi. Migratsiyadan oldin yog‘ zahirasi past qushlarda tana og‘irligining 30-35 % ini tashkil etadi. Bu jarayon organizmning yillik fiziologik ritmikasi, yashash sharoitining mavsumiy o‘zgarishi, kunning yorug‘lik soati o‘zgarishi, ozuqa bazasining va temperaturaning o‘zgarishiga bog‘liq. Bu o‘zgarishlar yig‘ilib, qushlarning migratsion holatini aniqlaydi.
Migratsiya qiluvchi va ko‘chib yuruvchi qushlarning ko‘pchiligida tug‘ilgan joyiga yoki uyasiga qaytib kelish - uya konservatizmi xususiyati bo‘ladi.
Migratsiya vaqtida qushlarning orientatsiyasi, ya’ni adashmasdan kerakli umumiy yo‘nalishni aniqlaydigan narsa nima. degan savolga to‘liq javob topilmagan. Uchib ketuvchi qushlarda migratsiya uchun kerakli umumiy yo‘nalishni aniqlaydigan tug‘ma migratsion instinkt bo‘ladi. Eksperimental tekshirishlar va dala kuzatishlaridan ma’lumki, migratsiya qiluvchi qushlar astronavigatsiyaga qobiliyatlidir, ya’ni migratsiya vaqtida quyosh, oy va yulduzlarning holatiga qarab kerakli yo‘nalishni tanlaydi. Yomg‘ir yoqqanda, havoda bulut bo‘lganda yoki planetariv tajribalarida osmon yulduzlarining tabiiy holati o‘zgartirilganda migratsiya qiluvchi qushlarning orientatsiyasi keskin yomonlashadi. Qush tomonidan migratsiya vaqtida tanlangan umumiy yo‘nalish ko‘rish organi-ko‘z yordamida bajariladi. Chunki migratsiya paytida qushlar odatlangan landshaftlar: daryo oqimi, o‘rmonlar, dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab uchadi.
Galadagi qushlarning ba’zilari bu yo‘lni avval uchib o‘tgan bo‘ladi. Lekin ko‘pchilik qushlarninj jo‘jalari, o‘zlari birinchi bo‘lib uchib ketadi (ba’zi chumchuqsimonlar, yirtqichlar).
Umuman, qushlarning qaysi tomonga uchib ketishi, uya qurib jo‘ja ochish joyi bilan qishlash joyiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: suv qushlari ko‘proq daryo havzalari bo‘ylab uchadi. Quruqlikda yashaydigan qushlar esa, odatda ancha keng masofa bo‘ylab uchadi. Baland va katta-katta tog‘larni qushlar ko‘pincha aylanib o‘tadi. Qushlarning qishlash joylari to‘g‘risida gapirilganda ko‘pgina chumchuqsimonlar, o‘rmon loyxo‘raklari, yakantovuqlar yumshoq iqlimli Angliyada qishlaydi. Buning aksi Sibirda uya soluvchi qushlar qishlash uchun Markaziy Osivodagi tog‘ va sahrolarni aylanib o‘tib, janubiy-sharq tomonga uchib boradi va nihoyat Sibir tundralarida uya quradigan qoratomoq gagaralar avval shimolga, ya’ni muz okeaniga uchib boradi, so‘ngra u yerdan sohil bo‘ylab g‘arb tomonga va janubi-g‘arbga uchib keladi.
Qushlarning migratsiya tezligi yil fasllariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan:kakkular
bahorda bir sutkada o‘rtacha 80 km tezlikda uchsa, kuzda 30 km tezlikda uchadi, laylaklar bahorda bir sutkada 400 km uchsa, kuzda 150 -200 km uchadi, go‘ngqarg‘a mart oyida 55 km masofani uchib o‘tadi. Ko‘pgina qush turlari katta-katta suvliklar ustidan dam olmasdan uchib o‘tadi.
O‘rta dengiz ustidan ko‘pgina qushlar 300-500 km masofani 6-8 soat ichida uchib o‘tadi. O‘rmon loyxo‘raklari (yakantovuqlar) bir kechada 400- 600 km masofani uchib o‘tadi. Qushlar odatda bir sutkada 1-2 soat uchadi, boshqa vaqtda oziqlanadi va dam oladi. Shunday ma’lumotlar ham borki, Alyaskada va Sibirning sharqi-shimolida uya qurib, Gavay orollarida qishlovchi balchiqchilar 3200 km li masofani dam olmasdan uchib o‘tadi. Qushlarning baland va past uchishi ham turli qushlarda turlicha bo‘ladi. Masalan: yirik yirtqich qushlar taxminan 1000 m va undan ham balandda uchaoladi. Turnalar ba’zan 3000 m gacha yuqorida uchadi. G‘ozlar 8850 m balandlikda uchganligi ma’lum. Mayda qushlar odatda yerga yaqin, ayrimlari 300 metrgacha bo‘lgan balandlikda uchadi. Tar-tar, qashqaldoq kabi qushlar yo‘lining ko‘proq qismini yurib bosadi. Qayralar kabi dengiz qushlari esa yo‘lining ko‘p qismini suvda suzib o‘tkazadi.
Qushlarning qishlash joyi ham turli-tuman. MDHda o‘rdaklar, g‘ozlar, oqqushlar va boshqa suv qushlarining asosiy qishlash joylari Kaspiy dengizining janubi-g‘arbiy va janubi-sharqiy sohillari hisoblanadi. Kavkazortidagi Shirvon, Mugan, Solyan kabi cho‘llarida ko‘pincha tuvaloqlar, bizg‘aldoqlar va so‘fito‘rg‘aylar qishlaydi. Suv qushlarining ko‘pchiligi qishni O‘rta dengizda o‘tkazadi. Qaldirg‘ochlar qishlash uchun Janubiy Afrikaga uchib boradi. Sharqiy Sibirdagi qushlar Janubi-Sharqiy Xitoyda, Birma va Hindistonda qishlaydi. Sharqiy Sibir burmabo‘yini qishlash uchun 12-15 ming km masofani uchib o‘tib, Yangi Zelandiya va Tasmaniyaga boradi.
MDHning shimoliy qismidagi qushlar Afrikaning g‘arbiy tomonida, markaziy qismida yashaydigan qushlar Sharqiy Afrikada, sharqiy qismida uya quruvchi qushlar esa Hindiston va Janubi - Sharqiy Osiyoda qishlaydi.
Qushlarning kelib-ketishi, asosan ularning oziq topishiga bog‘liq bo‘ladi. Yerdagi qorning eriy boshlashi bilan go‘ngqarg‘alar paydo bo‘lishi uchun sharoit
tug‘iladi. Katta-katta yerlarning qorlari erib ketishi bilan to‘rg‘aylar, qorayaloqlar, qizilto‘sh chumchuqlar uchib keladi. Suv yuzasidagi muzlarning erib ketishi bilan suv qushlarining paydo bo‘lishi uchun sharoit tug‘iladi. Hasharotlar paydo bo‘lishi bilan esa hasharotxo‘r qushlar uchib kela boshlaydi.
Qushlarning migratsiyasi va biologivasining boshqa tomonlarini o‘rganishda, asosan qushlarni halqalash usulidan keng foydalaniladi, ya’ni qushning uyadagi jo‘jasiga yoki ushlangan qushning oyog‘iga metalldan yasalgan raqamlangan halqa taqiladi. Bunda qushlar uya quradigan va qishlaydigan joylarida yoki uchib ketayotgan yo‘llarida ko‘plab tutiladi. Tutilgan qushning oyog‘iga raqamlagan yengil alu- miniydan yasalgan halqa tarng‘alar taqib, so‘ngra qo‘yib yuboriladi. Halqada tartib raqarni va halqalangan tashkilotning shartli belgisi yoziladi. Bu halqalangan qush turi yana qo‘lga tushsa, halqasidagi raqamiga qarab qaysi tomonga uchib borganligini, migratsiya tezligini, tabiatda qancha umr ko‘rishini va boshqa ma’lumotlarni aniqlash mumkin.
Halqalangan qushlar topilganda bu qush bo‘yicha barcha ma’lumotlar Rossiya Federatsiyasi FA Markaziy Halqalash markaziga yuboriladi. Har yili dunyo bo‘yicha I mln ga yaqin qushlar halqalanadi. Qushlarni ommaviy ravishda halqalash natijasida ko‘pgina turlarining uya konserva- tizmi, yo‘nalishi va uchish tezligi, qishlash joylari, umri, o‘limi, jinslari juftligining doimiyligi va boshqa ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar aniqlanadi.

Download 453.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling