Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim


Qushlarning ko‘payishga tayyorgarlik davri


Download 453.37 Kb.
bet8/17
Sana21.06.2023
Hajmi453.37 Kb.
#1640959
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Zoologiya

Qushlarning ko‘payishga tayyorgarlik davri. Kunning uzayishi natijasida qushlarda jinsiy bezlar rivojlana boshlaydi. Bu vaqtda qushlar qishlash joyidan ko‘payish joyiga ko‘chadi, ba’zilarida juftlar (erkagi va urg‘ochisi) hosil bo‘ladi. Qo‘narg‘a (tok) o‘yinlari boshlanadi. Uya qurish joylarini tanlash, juftlarga bo‘linish va sayrash bilan ifoda etiladi.
Qushlarning ko‘payish davri. Ko‘payish davrida uya qurish joylari egallanib, uya qurish, tuxum qo‘yish, tuxumlarini bosish va jo‘jalarini boqish kabi hollar yuz beradi. Ko‘payish davrida jo‘jalari to‘liq pat bilan qopianib, mustaqil hayot kechirishga o‘tguncha davom etadi va oxirida jo‘jalari birlashib gala hosil qiladi.
Qushlarning tullashi. Qushlarda to‘liq tullash ko‘pincha ko‘payish davridan keyin boshlanadi. Tuxumlarini faqat urg‘ochisi bosib yotadigan qushlarning erkagi ancha oldinroq tullavdi. Bunda ayrim tur qushlarda tullash sekinlik bilan boradi va bu qushlarda faollik unchalik susaymaydi. Bunday qushlarga chumchuqsimonlar kiradi.
Tovuqsimonlarda esa tullash ancha tez o‘tadi. Bu vaqtda tovuqsimonlar ancha xilvat joylarni tanlab yashirin hayot kechiradi.
G‘ozsimonlarda esa tullash juda tez o‘tadi, bunda ular uchish qobilyatini butunlay yo‘qotadi va insonlardan uzoqroqda yashirinib o‘ta pana joylarni tanlaydi. Umuman, tullash davrida qushlar yashash joylarini oziq manbayi sifatida himoya qilishi uchun tanlaydi. Natijada uya qurish va tullash joylari boshqa-boshqa bo‘lishi mumkin. Tullash davrida qushlar juda oriqlab ketadi, chunki tullash ancha og‘riq bilan o‘tadi.
Qushlarni qishlashga tayyorgarligi. Turli qushlarda qishlashga tayyorgarligi turlicha bo‘ladi. Bu davrda ular yashash joyiga bog‘lanib qolmasdan oziq topish uchun turli joylarga ko‘chib yuradi.
Ko‘pchilik qushlar gala-gala bo‘lib kechayu-kunduz uchib ozuqa yetarli bo‘lgan ochiq joylarga yig‘iladi. Ko‘pchilik o‘rdaklar, g‘ozlar, o‘rmon chug‘urchiqlari va kaptarlar g‘alla doni dalalariga borib oziqlanadi. Bu davrda qushlar juda yaxshi semiradi va zaxira yog‘ to‘playdi. Bu holat esa ularning qishlab chiqishida yoki qishlash joyiga uchib ketishida muhim ahamiyatga ega. Ayrim tur qushlar kuzda ozuqasini yig‘ib qishga g‘amlaydi.
Masalan: kedrovkalar kedr daraxti yong‘og‘ini cho‘qib mag‘zini yig‘ib o‘rmondagi xas-cho‘plarning orasiga yoki ma’lum bir yerga tuproqqa ko‘mib qo‘yadi. Bunda kedrovkalar bir gektar joyga 20 ming tagacha kedr urug‘ini yerga ko‘mishi mumkin. Bu yig‘ilgan yong‘oqlarning atiga 20-30 % nigina qush yeyishi mumkin. Soykalar ham huddi shunday. Bu qushlar emanning mevasini qishga g‘amlaydi. Ular ham hamma g‘amlangan eman urug‘ini qishda yeya olmaydi. Bir gektar yerdan 500 dona eman o‘sib chiqishi mumkin, bu albatta soykalar ta’siri natijasida bo‘ladi.

Download 453.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling