Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim


Download 453.37 Kb.
bet10/17
Sana21.06.2023
Hajmi453.37 Kb.
#1640959
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Zoologiya

rasm. Arxeopteriks

Taxminlarga ko‘ra bu qushlar o‘rmonda yashab, daraxt mevalari bilan oziqlangan. Ularning jag‘ida tishlari rivojlangan. Arxeopteriksda reptiliyalar uchun
xos bir qancha belgilar bo‘lgan. Masalan: dumi sudralib yuruvchilarnikidek uzun 20 ta amfitsel tipdagi umurtqalari bo‘lgan. Ularning ko‘krak umurtqalari bir-biriga qo‘shilmay qolgan, to‘sh suyagida ko‘krak toj suyagi taraqqiy etmagan. Suyaklari
pnevmatik emas, qovurg‘alari bitta boshchali bo‘lgan. Bosh skeleti sudralib yuruvchilarning bosh skeletiga o‘xshash, lekin suyaklari yupqalashgan. ko‘z kosasi yiriklashgan.
Arxeopterikslar 150 mln yil ilgari yashagan. Arxeopteriks qadimgi qushlarning primitiv yon shoxchasi bo‘lgan.
Birlamchi qushlardan hozirgi qushlar kelib chiqqan. Ammo birlamchi qushlar bilan hozirgi uchuvchi qushlar o‘rtasidagi bog‘lovchi vakillari to‘liq aniqlanmagan. Keyingi yillarda ham olimlar tomonidan hayvonlarning bir qator qazilma suyaklari topilgan. Ular arxeopterikslar avlodiniki bo‘lsa kerak. Arxeopteriksning ko‘plab qadimgi turlari yaqin vaqtlardagina yo‘qolib ketgan. Masalan: 500 yil ilgari Yangi Zelandiyada Moa degan qush yashagan. U Afrika tuyaqushlaridan ikki marta katta bo‘lgan. Uning terisi va skeleti hozirgacha saqlangan. XVII asr boshlarida juda yirik Dodo degan qush Mavrikiya orolida yashaganligi aniqlangan. Bu qush yirik bo‘lganligidan ucha olmagan. Bu orolga yevropaliklar kelib, ularni yo‘qotib yuborgan. Yevropaliklarga ulkan tuyaqushlar o‘tgan asrdagina birinchi marta ma’lum bo‘lgan. Ular bu qushlarni epiornis deb atagan. Uning bo‘yni ilonday uzun, boshi kichkina, oyoqlari yo‘g‘on, katta, qanotlari o‘rnida esa o‘smay qolgan qo‘llari bo‘lgan. Bu qushlarning bo‘yi 3-5 m ga va og‘irligi ho‘kizdan sal yengilroq bo‘lgan. Bo‘r davri qatlamlaridan ham 2 ta guruhga kiruvchi qushlarning qazilma qoldiqlari topilgan, ular ixtiornislar (Ichthyornis) va gesperornislar (Hesperornis)
deb atalgan.
Gesperornislar suv qushlari bo‘lgan, qanoti bo‘lmagan, ucholmagan, jag‘larida mayda tishlari bo‘lgan. To‘shida ko‘krak toj suyagi yo‘q, bosh miyasi hozirgi qushlar bosh miyasiga nisbatan kichikroq bo‘lgan, to‘rtta barmog‘i ham oldinga qaragan, orqa oyoqlari yordamida suvda suzib hayot kechirgan.


Download 453.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling