Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim
Download 453.37 Kb.
|
Zoologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. - QUSHLARNING KELIB CHIQISHI VA TABIAT VA XO’JALIKDAGI AHAMIYATI 2.1.Qushlarning kelib chiqishi
- Archaeopteryx lithographica
Qushlarning qishlashi. Qushlar amfibiyalar va sudralib yunivchilarga o‘xshab qishki uyquga ketmaydi. Birdan qattiq sovuq bo‘lganda ayrim qushlar qisqa muddatli tinim davriga kiradi. Jarqaldirg‘ochlar va qaldirg‘ochlar xuddi shunday.
Kolibrilarda ham tungi sovuqda tana harorati birdaniga +17+21 °C ga tushib qisqa muddatli uyquga ketadi. Har bir tur qushlar o‘zlarini ozuqa bilan ta’minlaydigan va himoya qiladigan hududlarida joylashadi. Qishlash joylaridan uncha uzoq bo‘lmagan joylarga ko‘chib yuradi. II BOB. - QUSHLARNING KELIB CHIQISHI VA TABIAT VA XO’JALIKDAGI AHAMIYATI 2.1.Qushlarning kelib chiqishi Qushlar qishlash joyiga har xil vaqtda uchib ketadi va uchib keladi. Masalan: laylaklar, qaldirg‘ochlar, zarg‘aldoqlar, kakkular yozning oxirlarida uchib ketadi va bahor o‘rtalarida uchib keladi. O‘rdaklar, g‘ozlar va boshqa qushlar nisbatan kechroq uchib ketadi. Qushlarning uchib ketishi ular yashaydigan joyning haroratiga va oziq miqdorining mavsumiy o‘zgarishiga bog‘liq. Qushlarning kelib chiqishi to‘g‘risida masala umuman hal qilingan bo‘lsa-da, lekin ularning yaqin ajdodlari hozirgacha topilgan emas. Qushlarning ajdodlari qadimgi kaltakesakchanoqli sudralib vuruvchilar- arxozavrlardan kelib chiqqanligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Qushlar mezozoy erasining uchlamchi va yura davrlarida vujudga kelgan bo‘lib, ular qadimgi sudralib yuruvchilarning daraxtlarda hayot kechirishga moslashgan psevdozuxiyalar (Pseudosuchia) yoki tekodontlarga (Tecodontia) yaqin turadi. Ma’lumki, psevdozuxiyalardan dinozavrlar, timsohlar va boshqa sudralib yuruvchilarning vakillari ham kelib chiqqan. Psevdozuxiyalarning ornitozuxiyalar (Ornitosuchus) degan vakillari morfologik jihatdan, ayniqsa qushlarga o‘xshab orqa oyoqlari bilan yurgan, dumi uzun bo‘lgan, oyoqlari esa oziq tutishga xizmat qilgan. Ular daraxtlarga o‘rmalab chiqa olgan, bunda orqa oyoqlariga tayanib, oldingi oyoqlaridagi barmoqlari bilan shoxlarni ushlagan. Keyinchalik ular bir shoxdan ikkinchi shoxga sakray olgan. Oldmgi oyoqlari ustida joylashgan shox tangachalari uzaygan va asta-sekin pat- parlar paydo bo‘Ia boshlagan, chunki og‘ir tangacha ularni havoda uchishiga yoki sakrashga halaqit bergan. Pat va parlar bu qushlar uchun nafaqat uchishga yordam beradigan organ, balki termoizolyatsiya vazifasini ham bajaradi, ya’ni qushlarning issiqqonli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Qushlarning hozirgi turlaridan Janubiy Amerikada yashovchi goatsin misolida qush qanotini qanday paydo bo‘lganligini tushunib olish mumkin. Ular, avvalo. daraxtga barmoqli qanoti bilan chiqqan. Dastavval ularning qanotida va dumida patlar hosil bo‘lib, keyin butun tanasida pat va parlar paydo bo‘lgan. Goatsin jo‘ja ochuvchi qush bo‘lib, uyasini daraxtga qo‘yadi. Jo jalarining tuzilishi daraxtda yashashga moslashgan. oldingi oyog‘i - qanotida tirnoqlari bo‘lib, daraxtda harakatlanishga imkoniyat tug‘diradi. Paleontologik tekshirishlar natijasida ayrim qazilma hayvonlarning iz qoldiqlari topilganki, ularni o‘rganish natijasida qushlar bilan sudralib yuruvchilar o‘rtasidagi oraliq hayvonlar ekanligi aniqlangan. Bunday iz qoldiqlari 1861-1877-yillarda Germaniyada (Bavariyada) topilgan, ya’ni yer po‘stlog‘ining yura qatlamlaridan noma’lum mavjudodning toshga aylangan 5 ta skelet suyaklari, yonida esa patlarining izlari topilgan. Shu topilmalar asosida olimlar ularning taxminiy qiyofasini tiklaganlar va arxeopteriks (Archaeopteryx lithographica) deb nomlaganlar. Arxeopteriks dastlabki qush demakdir. Arxeopteriks shubhasiz qush bo‘lgan. Uning hajmi hakkadek bo‘lib, gavdasi pat- parlar bilan qoplangan, oldingi oyoqlari o‘zgarib qanotga aylangan. Arxeopteriksning kurak suyagi qilichsimon bo‘lgan. O‘mrov suyaklari qo‘shilib ayri suyak hosil qilgan. Orqa oyoqlari qushlarnikiga o‘xshab 4 barmoqli, uchtasi oldinga va bittasi orqaga qaragan. Patning bo‘lishi, tana haroratining yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi. Download 453.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling