Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim
Download 453.37 Kb.
|
Zoologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Qushlarning amaliy ahamiyati
2-rasm. Gesperornis
Bu qush hozirgi gagaralarni eslatadi. Ular baliqlar bilan oziqlangan. Ixtiornislar esa yaxshi ucha olgan. Chunki ularning uzun qanotlari, to‘shida ko‘krak toj suyagi va jag‘larida tishlari bo‘lgan. 3-rasm. Ixtiornis (Ichthyornis victor): tashqi ko‘rinishi (A) va qayta tiklangan skeleti (B). Kaynozoy erasida qushlar turlari juda ko‘p bo‘lgan. Bu erada yopiq urug‘li o‘simliklar bilan hasharotlar ham ko‘p bo‘lgan va ular qushlarning asosiy ozig‘i hisoblangan. Bu davrda yashagan qushlar hozirgi qushlarga juda yaqin bo‘lgan. Masalan: eotsen davrida chumchuqsimonlar. qizilishtonlar, ko‘kqarg‘alar paydo bo‘la boshlagan. Oligotsen va miotsen davrlarida esa hozirgi qushlardan ukkilar, boyo‘g‘lilar, flamingolar. karqaralar, chibislar, chillar, gagaralar, baliqchilar, g‘ozlar va boshqa ko‘plab qushlar paydo bo‘lgan. Demak, qushlarning ajdodi mezozoy erasida yashagan reptiliyalar bo‘lib, sistematik jihatdan psevdozuxiyalarga yaqin turgan. Ularning uchishga moslanishi tuzilishlaridagi progressiv belgilarini keltirib chiqargan. Bu belgilari, jumladan, uchishga moslanishi ularni qisqa vaqt ichida dunyoning hamma burchaklariga tarqalishiga imkon bergan. Yuqorida ta’kidlanganidek, birlamchi qushlarning ajdodlari, asosan o‘rmonlarda daraxtlarda yashagan. Hozirgi kunda ham qushlar sinfining ko‘pgina turlari o‘rmonlarda yashaydi. Qushlarning qadimgi ajdodlarida parvoz qilish ko‘nikmalari shakllana borgan sari, ular birmuncha kechroq dasht hamda cho‘llarda, suv havzalari qirg‘oqlarida va boshqa joylarda yashashga moslasha borgan. Uchishga moslashish organlarining shakllana borishi bilan qushlarning boshqa organlarida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Qushlarning terisi pat va parlar bilan qoplanishi ularni issiq qonli bo‘lishiga olib kelgan. Bu davrda yashagan qushlar hozirgi qushlarga juda yaqin bo‘lgan. Masalan: eotsen davrida chumchuqsimonlar. qizilishtonlar, ko‘kqarg‘alar paydo bo‘la boshlagan. Oligotsen va miotsen davrlarida esa hozirgi qushlardan ukkilar, boyo‘g‘lilar, flamingolar. karqaralar, chibislar, chillar, gagaralar, baliqchilar, g‘ozlar va boshqa ko‘plab qushlar paydo bo‘lgan. Demak, qushlarning ajdodi mezozoy erasida yashagan reptiliyalar bo‘lib, sistematik jihatdan psevdozuxiyalarga yaqin turgan. Ularning uchishga moslanishi tuzilishlaridagi progressiv belgilarini keltirib chiqargan. Bu belgilari, jumladan, uchishga moslanishi ularni qisqa vaqt ichida dunyoning hamma burchaklariga tarqalishiga imkon bergan. Yuqorida ta’kidlanganidek, birlamchi qushlarning ajdodlari, asosan o‘rmonlarda daraxtlarda yashagan. Hozirgi kunda ham qushlar sinfining ko‘pgina turlari o‘rmonlarda yashaydi. Qushlarning qadimgi ajdodlarida parvoz qilish ko‘nikmalari shakllana borgan sari, ular birmuncha kechroq dasht hamda cho‘llarda, suv havzalari qirg‘oqlarida va boshqa joylarda yashashga moslasha borgan. Uchishga moslashish organlarining shakllana borishi bilan qushlarning boshqa organlarida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Qushlarning terisi pat va parlar bilan qoplanishi ularni issiq qonli bo‘lishiga olib kelgan. 2.2. Qushlarning amaliy ahamiyati Qushlarning inson xo‘jaligidagi ahamiyati juda katta. Uy parrandalari qishloq xo‘jaligida g‘oyat katta ahamiyatga ega. Ovlanadigan kushlardan olinadigan mahsulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pchilik qushlar zararkunanda hasharotlarni va kemiruvchilarni qirib foyda keltiradi. Bir qator kushlar qadim zamonlardan beri inson tomonidan xonakilashtirilgan va hozir ham xonakilashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda yer yuzida 100 mlrd ga yaqin qushlar yashay- di. Ba’zi qushlar boshqa hayvonlarga ozuqa bo‘lib xizmat qiladi. Qushlar o‘simlik urug‘ini tarqatishda ham katta ahamiyatga ega. Kolibrilar, nektarchilar o‘simliklarning gullarini changlatadi. Ko‘pchilik yowoyi kushlar (kaklik, bedana, bulduruq, qur, karqur, qirg‘ovul), suvda suzuvchi qushlardan - o‘rdak va g‘ozlar katta ov ahamiyatiga ega. Gaga yirik dengiz o‘rdagi bo‘lib, dengiz qirg‘og‘iga uya quradi. Ular o‘z uyasiga qalin qilib momiq patlarini to‘shaydi. Gaga momig‘i juda yumshoq va issiqni kam o‘tkazadi. Qushlarning azotli va fosforli tezagi ham o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Madaniyat tarixida qushlar pati juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki Rim imperiyasi davridan to o‘tgan asr o‘rtalarigacha qush patidan yozuv quroli sifatida foydalanilgan. Uy parrandalariga odam xo‘jalik maqsadlari uchun (go‘sht, tuxum, qush pati va pari), uzoq masofalar o‘rtasida aloqa bog‘lash uchun (kaptar havo pochtasi vazifasini bajaradi) yoki estetik talablarni qondirish uchun (dekorativ qushlar, ishqibozlik uchun asraladigan qush zotlari) qo‘lga o‘rgatilib ko‘paytiriladigan qushlar kiradi. Xo‘jalik maqsadlarida boqiladigan uy parrandalariga tovuqlar, g‘ozlar, o‘rdaklar, kurkalar va chillar kiradi. Chorvachilikning boshqa tarmoqlariga qaraganda parrandachilikning bir qator afzalliklari bor: birinchidan, qush ko‘p tuxum qo‘yadigan, tez o‘sib yetiladigan bo‘lgani tufayli uni, xususan inkubatsiya yo‘li bilan sun'iy ravishda jo‘ja ochirib, tez ko‘paytirish mumkin. Ikkinchidan, uy qushlari oziq tanlamaydi, ozgina oziq bilan ham qanoatlanadi va erkin yurib oziqni o‘zi topib yeydi, shu bilan birga qishloq xo‘jalik chiqindilari, o‘rim - yig‘imdan keyin dalada qolgan don – dunlarni yeydi, zararli hasharotlar bilan oziqlanib, juda katta foyda keltiradi. Uchinchidan, qush boqish uchun juda katta maydonning keragi yo‘q, qush uchun oddiygina va arzon xona qilib bersa bo‘ldi. Nihoyat, qush ot go‘ngiga qaraganda 3-4 barobar kuchli go‘ng (tezak-guano) beradi. Download 453.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling