Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim
Download 453.37 Kb.
|
Zoologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining yangiligi.
- Ishning tuzilishi va hajmi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Mavzu bo‘yicha dunyo olimlari tadqiqotlarini o‘rganish asosida biologiya sohasiga oid eng so‘ngi yangliklarni jamoatchilikka ma’lum qilish, fan yutuqlaridan unumli foydalanish, sohaga oid adabiyotlarni tahlil qilish va fan tarmoqlarida qo‘llash ishning maqsadi hisoblandi. Kurs ishining yangiligi. Ushbu kurs ishini bajarish mobaynida fan yutuqlari adabiyotlar va internet manbalari asosida yig‘ildi va tahlil qilindi; olingan ma’lumotlar kurs ishini rasmiylashtirish talablari asosida qayta ishlandi va boyitildi; yig‘ilgan ma’lumotlar boblar va ular tarkibidagi bandlarga taqsimlanib, rasmlar va jadvallar bilan to‘ldirildi; kurs ishining asosiy qismi yuzasidan xulosa va ilovalar
keltirildi. Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo`lib, umumiy 40 sahifani tashkil etadi. I BOB. QUSHLARNING MAVSUMIY HODISALARI 1.1. Qushlarning ko‘payishi Qushlarning urchishi tuxum qo‘yuvchi tuban umurtqali hayvonlardan farq qilib, barcha qushlarda nasi uchun qayg‘urish hodisasi kuzatiladi. Qushlar tuxum qo‘ygandan keyin tuxumini bosib yotadi va gavda harorati bilan tuxumini isitadi. Qushlarning ko‘pchilik turlari tuxumlarini maxsus qurilgan uyasida bosib yotadi. Jo‘jasi tuxumdan chiqqandan keyin uni ota- onasi ma’lum vaqtgacha boqadi. Bu esa qush jo‘jalarining kattagina foizini yashab qolishini ta’minlaydi va shunga ko‘ra qushlarning umumiy pushtdorligi ancha past bo‘ladi. Bir qancha tur qushlarda jinsiy dimorfizm sezilmaydi. Masalan, kaptarlar, g‘ozlar, ko‘pgina yapaloqqushlar shular jumlasidandir. Lekin ayrim tur qushlarning erkagi urg‘ochisidan patlarining rang-barangligi va katta-kichikligi bilan farq qiladi. Odatda, erkak qushlar urg‘ochisiga nisbatan yirik, har xil ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi (tovuqsimonlar, o‘rdaklar). Kazuarlar, kivilar, tinamuiar va lochinsimonlarda aksincha, ularning urg‘ochilari erkaklariga nisbatan yirik bo‘ladi. Qushlarning erkaklari ovo/iarida ham o‘zgarish bor, erkaklari turli ovozda sayraydi, bu holat. ayniqsa poligam qushlarda seziladi. Jinsiy farqlar faqatgina qushlarning rangi, katta-kichikligi va tovushlaridangina sezilmasdan, balki erkaklarida urg‘ochilarida uchramaydigan har xil kokillar, tojlar, voqalar. juda g‘alati shakldagi teri va shox o‘simtalari borligi bilan ham ajralib turadi. Qushlarning erkaklarida kekirdagining pastki qismida joylashgan ovoz apparatlarining muskul torlari urg‘ochilarinikiga qaraganda kuchli rivojlangan. Download 453.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling