Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim


Download 453.37 Kb.
bet6/17
Sana21.06.2023
Hajmi453.37 Kb.
#1640959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Zoologiya

Mavsum siklliligi. Qushlarning mavsum siklliligi quruqda yashovchi boshqa umurtqali hayvonlarning mavsum siklliligidan farq qiladi. Oziq yetishmay qolgan yil faslida qushlar ko‘pgina boshqa hayvonlar singari hayot faoliyatini pasaytirmaydi va uyquga ketmaydi, aksincha bunday noqulay sharoitda ular faoliyatini kuchaytiradi. Qushlarning mavsum sari bir tomondan boshqa tomonga uchib borishi yoki migratsiyasi bu hodisaning aniq ifodasidir. Faqatgina tamg‘alangan qushlar bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar asosida qushlarni qancha umr
ko‘rishini aniqlash mumkin. Tabiiy sharoitda kayralar 14 yilgacha, quzg‘unlar 8 yilgacha, qarqaralar, ya’ni qo‘tonlar 15 yilgacha, chug‘urchuqlar 12 yilgacha, yowoyi o‘rdaklar 17 yilgacha yashashi mumkin. Adabiyotlarda keltirilishicha katta, ya’ni yirik qushlar 50-60 yil, mayda qushlar esa 20-25 yilgacha yashashi mumkin. Afrika tuyaqushi eng ko‘pi bilan 40 yil umr ko‘radi, qarg‘alar 69 yilgacha, to‘tilar 102 yilgacha, kaljo‘rchi 101 yilgacha va qumoy 117 yilgacha umr ko‘rishi mumkin.
Qushlar yashash joyining mavsumiy o‘zgarishiga qarab 3 ta guruhga bo‘linadi:
1. O‘troq qushlar. 2. Ko‘chib yuruvchi qushlar. 3. Uchib ketuvchi qushlar.
1.O‘troq qushlarga bir jovning o‘zida yil bo‘yi yashash uchun qulay sharoit topadigan qushlar kiradi. Qizilishtonlar, qirg‘ovullar, kakliklar, musichalar, maynalar, chumchuqlar, so‘fito‘rg‘aylar, ko‘kkaptarlar, chittaklar va qursimonlar, ya’ni karqur, qur, oq kuropatka, chil va boshqa qushlar MDHda o‘troq qushlarga kiradi. Ular qishda o‘zi tug‘ulib o‘sgan hududini o‘zgartirmaydi, faqat ozuqa qidirib, bir necha o‘n kilometr masofaga uchib boradi. O‘troq qushlar yoz oxirlarida qishga ozuqa g‘amlaydi.
2.Ko‘chib yuruvchi qushlar turlari qishda ancha keng tarqalib ketadi va Janubiy tomondagi tumanlarga bir necha kilometr masofaga uchib boradi, lekin o‘zi yashayotgan tabiiy hududini tashlab ketmaydi. Ko‘pincha ularning yozda va qishda yashaydigan hududlari qisman bir-biriga to‘g‘ri keladi. Bunday hodisa, snegirlarda, ko‘pgina dehqon- chumchuqlarda, go‘ngqarg‘alarda, olaqag‘alarda, zag‘chalarda, qoraya- loqlarda ko‘riladi. Tropiklardagi qushlarning ko‘p turlari ko‘chib yuruvchi qushlar hisoblanadi. Bu qushlarning ma’lum bir doimiy qishlash joyi bo‘lmaydi.

Download 453.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling