Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim
Download 453.37 Kb.
|
Zoologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Qushlarning siklliligi va migratsiyasi
- Sutka siklliligi.
Uya paratizmi. Ba’zi qushlar uya qurmay va tuxum bosmay, balki tuxumini boshqa qushlarning uyasiga qo‘yadi va o‘z nasliga g‘amxo‘rlik qilishni boshqa qushlarga yuklaydi. Bunday qushlarga ko‘pgina kakkular, ayrim tur Afrika to‘qimachi qushlari, Amerika chug‘urchuqlari, Amerika asalchilari va Janubiy Amerika o‘rdagi kiradi. Masalan: kakku laming tuxum qo‘yish davri bir oydan ortiq bo‘lib, har 3-5 kunda bitta tuxum qo‘yadi, ular tuxumlarini birinchi marta yerga qo‘yadi, so‘ngra tumshug‘iga olib, boshqa qushlarning uyasiga uchib boradi va turli uyalarga 1 tadan tuxum tashlab ketadi.
Kakkuning tuxumi tez rivojlanib, uyadagi qushlarning o‘zi qo‘ygan tuxumlarni va jo‘jalarini uyadan chiqarib tashlaydi. ya’ni kakku jo‘jasi, begona qush tuxumi va bolasini tagiga kirib, uni ikkita kuragi orqasiga olib silkinib oyoqqa turadi va yelkasidagi tuxum yoki jish jo‘jani uyadan yerga tashlab yuboradi. Uyada yolg‘iz qolgan kakku jo‘jasi o‘sha uyadagi qushning barcha g‘amxo‘rligidan bahramand bo‘ladi. Har xil qushlar, turli yoshda voyaga yetadi. Masalan: ko‘pchilik chumchuqsimonlar 8-12 oyligida jinsiy voyaga yetadi. 1.2. Qushlarning siklliligi va migratsiyasi Qushlarning tinchlik davrini faollik davri bilan almashtirib turishi, amfibiyalar va sudralib yuruvchi- larga o‘xshab, namlik va haroratga bog‘liq bo‘lmay, balki ularning, asosan oziq topish imkoniyatiga hamda ma’lum bir biologik ritmga bog‘liq. Qushlarda ham sutka va mavsumiy siklliliklar mavjud. Bunda qushlarning hayot sikli qator biologik fazalar yoki davrlardan tashkil topgan. Bu davrlarda u yoki bu biologik holatlar (ko‘payish, tullash, ko‘chish va boshqalar) ustunlik qiladi. Sutka siklliligi. Juda ko‘p qushlar ko‘zi yordamida ovqat topadi va o‘simliklar hamda kunduzi tirikchilik qiladigan hayvonlar bilan oziqlanadi. Shuning uchun ham qushlarning juda ko‘pchilik turlari lirikchiligini, asosan kunduzi o‘tkazadi, kun botishi bilan uyquga kiradi va kun chiqishi bilan uyg‘onadi. Qushlarning tungi hayvonlar bilan oziqlanadigan kamdan-kam turlarigina kechasi yoki qosh qoraygan paytda faol bo‘ladi. Tungi qushlarga oq yapaloqqush, qayin yapaloqqushi va chumchuqsimon boyqushdan boshqa barcha yapaloqqushlar kiradi. Yapaloqqushlarning rangi qo‘ng‘ir - kulrang bo‘lganidan tunda ko‘zga tashlanmaydi. Tungi qushlarga yana qarqaralar, to‘ti-yapaloqqush, kivi, balchiqchilarning ayrim turlari, bo‘ronqushlar va tentakqushlar kiradi. Qushlarning sutkalik ritmi urchish davrida ham o‘zgaradi, bu vaqtda ko‘pgina kunduzgi qushlarning erkaklari deyarli kechayu-kunduz tinmas- dan sayraydi. Bu ritm qushlar bir mintaqadan boshqa mintaqaga uchib ketayotganda ham o‘zgaradi, haqiqiy kunduzgi qushlarning ko‘pchiligi kechasi shu tariqa uchadi. Download 453.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling