Innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘lim


Download 453.37 Kb.
bet4/17
Sana21.06.2023
Hajmi453.37 Kb.
#1640959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Zoologiya

Jinsiy dimorfizm pingvinlar, nayburunlar, kurakoyoqlilar, gagaralar, uzunqanotlar, maynalar, qarg‘alar va boshqa ba’zi tur qushlarda umuman sezilmaydi. Baliqchilar, chistiklar, loyxo‘raklar va chumchuqsimonlarning ayrim turlarida jinsiy dimorfizm zo‘rg‘a seziladi.
Erkak va urg‘ochi qushlarning bir-biri bilan bo‘ladigan munosabati ham turli qushlarda har xil bo‘ladi. Ayrim qushlarning erkagi bilan urg‘ochisi uzoq yillar davomida doimiy birga yashaydi.
Bu hodisa, ya’ni bitta erkagi bitta urg‘ochisi bilan qo‘shilishi monogamiya deyiladi. Bunday qushlarga laylaklar, yirtqich qushlar, to‘tilar kiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, oqqushlar, yirik yirtqich qushlar va laylaklarning erkaklari urg‘ochilari bilan bir necha yil, ba’zilari hatto bir umrga birga yashaydi. Bular haqiqiy monogam qushlar hisoblanadi. G‘ozlar, o‘rdaklarning bir qancha turlari, ko‘pgina chumchuqsimonlar faqatgina ko‘payish davrida erkagi va urg‘ochisi birga yashaydi. Tuxum bosib, jo‘ja ochib chiqqandan keyin bu juftlik ajralib ketadi.
Ayrim tur o‘rdaklar birga uya qurgandan keyin ajralib ketadi. Ba’zi tur qushlar esa faqatgina qo‘shilish paytidagina birga bo‘ladi, ya’ni bir necha minut yoki soat, keyin ular ajralishib ketadi. Bunday qushlar bir ko‘payish faslida ko‘pgina urg‘ochilarni otalantiradi, chunki har kuni yangi juftlari paydo bo‘ladi, ya’ni bitta erkagi bir gala urg‘ochilari bilan birga yashaydi va ularni urug‘lantiradi. Bunday hodisani poligamiya deyiladi. Poligam qushlarga, asosan tovuqsimonlar turkumi vakillari kiradi. Lekin poligam qushlar orasida kamdan kam uchraydigan poliandriya hodisasi ham kuzatiladi, ya’ni bitta urg‘ochi qush ko‘plab erkak qushlar bilan yashaydi va urug‘lanadi. Bu hodisa tinamuiar, ya’ni yashirindumlilar turkumi vakillarida kuzatiladi. Tinamuiar cho‘lda yashaydi, tovuqlarga o‘xshaydi. Plavunchiklarda (loyxo‘raklar) ham bu hodisa kuzatiladi.
Ток (qo‘narg‘a). Ko‘pchilik qushlarda ko‘payishdan oldin va ko‘payish davrida tok (qo‘narg‘a) deb ataladigan hodisa kuzatiladi. Urchish vaqtida erkak qushlar urg‘ochilarining e'tiborini o‘zlariga jalb qilish maqsadida har xil ovozlar chiqaradi, sayraydi, bir-birlari bilan urishib cho‘qishadi, turli xil maqomda uchadi va harakatlar qilib, o‘yinlar ko‘rsatadi. Bunga tok hodisasi deyiladi. Tok hodisasi turli qushlarda turlicha bo‘ladi. Masalan: o‘rmon loyxo‘ragining erkaklari kechqurun kunbotarda va ertalab kunchiqarda o‘rmon yaqinidagi yalangliklar ustida g‘alati jo‘rli tovush chiqarib uchib yuradi. Loyxo‘rakning erkagi dumini yozib ancha yuqoridan o‘zini pastga o‘qday tashlaydi, shunda qush dumining ingichka patlari havoda tebranib qo‘yning ma’rashiga o‘xshagan tovush chiqaradi.

Gagara erkaklarining qo‘narg‘asi suvda bo‘ladi, ular qaddini baland ko‘tarib, suvni kesib qiyqirib tez suzadi, bunda ularning atrofidagi suv ko‘pirib ketadi va qushning orqasidan keng iz qoladi. Qizilishtonlar tumshu- g‘i bilan quruq daraxtlarni nog‘ora chalgandek, urib taqillatadi. Tovuqsimonlardan qurlarning erkaklari bahorda gala-gala bo‘lib maxsus maydonlarga (qo‘narg‘a - urchish joyiga) yig‘iladi, u yerda ular osmonga sakrab, tiz cho‘kib. ming‘irlab ovoz chiqaradi va bir-birlari bilan qattiq urishadi. Umuman, tok hodisasi odatda erkak qushning urg‘ochisiga qilgan xushomadi yoki urg‘ochisini talashib urushishi deyiladi. Tok hodisasi odatda poligam qushlar guruhiga kiruvchi qur. karqur, turuxtanlarda ro‘y-rost kuzatiladi.


Qushlar juft-juft bo‘lib uya qurishga kirishadi. Qushlar uya qurib yashashlariga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Koloniya bo‘lib, ya’ni gala- gala bo‘lib uya quruvchi qushlar va juft-juft bo‘lib yakka holda uya quruvchi qushlar. Koloniya bo‘lib, uya quruvchi qushlar uncha ko‘p emas. lekin bu qushlar turli turkumlarda uchrashi mumkin. Bunday qushlarga kayralar, baliqchilar, quzg‘unlar, qarg‘alar, jarqaldirg‘ochlar va suv qaldirg‘ochlari kiradi. Koloniya bo‘lib yashovchi va uya quruvchi qushlarning yashash hududlari kichkina, lekin ozuqasi ko‘p bo‘ladi. Bu qushlarning haqiqiy uyalari bo‘lmaydi. Ular o‘z tuxumlarini qoyalar va toshlar orasiga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga qo‘yadi. Koloniya bo‘lib yashovchi qushlarda joy uchun talashish kuzatilmaydi.
Juft-juft bo‘lib uya quruvchi qushlar maxsus joy tanlaydi, uya quradi va tuxum qo‘yib, jo‘ja ochadi. Ular oziqlanish uchun va bolasini boqish uchun shu yerlardan ozuqasini qidiradi. Demak, har bir qush juftining o‘z uya qurish va oziqlanish joyi bo‘lib, boshqa tur qush juftining hududidan ajralib turadi. Bu, ayniqsa hasharotxo‘r chumchuqsimonlarda yaqqol kuzatiladi. Uya qurish va oziq topish hududlari hajmi turli qushlarda har xil bo‘ladi. Masalan: kulrang pashshaxo‘rlarning uya qurish va oziqlanish hududi hajmi 6-10 ming m2 atrofida bo‘ladi, oq kurapatkalarniki 30-70 ming m2, dehqonchumchuqlarda 200 m dan 1000 m gacha boradi. Go‘ngqarg‘alar jo‘jalalarini boqish uchun oziq axtarib 100 m dan 800 m gacha masofaga uchib boradi.
Qushlarning uyasi turlicha bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ayrim tur qushlar hech qanday uya qurmasdan o‘z tuxumlarini to‘g‘ridan- to‘g‘ri yerga qo‘yib ketaveradi (kayra, bizg‘aldoq, chigirtchilar, tentakqushlar). Masalan: kayralar o‘zlarining bittadan tuxumini qoyalar orasiga qo‘yadi.
Chigirtchilar tuxumlarini to‘plab, toshlar orasiga, tentakqushlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerga qo‘yadi. Ko‘pchilik baliqchilar va tovuqsimonlar oddiygina uyasini yerda chuqurcha shaklida qurib, ichiga hech narsa solntaydi yoki bitta-yarimta quruq o‘t tashlab qo‘yadi. Bir qancha qushlar uyalarini yerga quradi va bu uyalariga tuxumlarini qo‘yadi, bunday yer uyani yo qushlarning o‘zlari quradi (suv qaldirg‘ochlari, kurkunaklar, ko‘k- targ‘oqlar) yoki boshqa hayvonlarning yer uyalaridan foydalanadi. Ayrim tur qushlar yerga ham ancha mohirlik bilan uya quradi. Masalan: to‘rg‘aylar, jiblajibonlar o‘z uyalarini kosacha shaklida quradi. Ko‘pchilik qushlar o‘z uyalarini daraxt va shoxlarga quradi. Ayniqsa, chumchuqsimonlardan inuya murakkab uya quradi, u uyasini o‘simlik tolalaridan yasaydi. Daraxtlarda osilib turadigan bu yumshoq uyaning maxsus kirish teshigi bor.
Ko‘pgina qushlar daraxt kovaklariga uya quradi (qizilishtonlar, chittaklar. sog‘lar va boshqa qushlar). Qizilishtonlar o‘zlari daraxtni teshib uya yasaydi. boshqa qushlar esa yo daraxtdagi tabiiv kovaklardan, yoki qizilishtonlar qurgan kovaklardan foydalanadi. Shuningdek, ayrim tur chumchuqsimonlar va yirtqich qushlar ham o‘z uyalarini buta va daraxt shoxlariga qurib tuxum qo‘yadi. Ba’zi qushlar uyalarini loydan yasaydi (shahar va qishloq qaldirg‘ochlari). Ayrim qushlarning, ya’ni tuyaqaldirg‘ochlar va fotmachumchuqlarning uyasi yarim shar shaklida bo‘lib, uzun yo‘lagi bor. Salangan jarqaldirg‘ochlari o‘z uyasini jelatinasimon massali so‘lagidan yasaydi. Qashqaldoqlar, qo‘ng‘irlar esa qamish va boshqa o‘simliklardan katta to‘plam shaklida suvda oqib yuradigan uya quradi.
Cho‘ptovuqlar tuxumlarini bosib yotmasdan balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qumtuproqqa ko‘madi, yoki har xil xas-cho‘plarni uyub, ushbu uyum ichiga tuxumlarini qo‘yadi.
Har ikkala holda ham tuxum yo quyosh issig‘i yoki yerdagi o‘simlik qoldiqlarining chirishi natijasida chiqadigan issiqlik natijasida rivojlanadi. Demak, jo‘ja ochib chiqishda qushlar uyalarining ahamiyati katta. Uya tufayli tuxumlar siljimasdan tuxum bosib yotgan qushning tagida bo‘ladi, uyada munyyan harorat va namlik saqlanadi. Balandda va boshqa xilvat joylarda joylashgan uvalar qush jo‘jalarini va tuxum bosib yotgan qushlarni har xil dushmanlardan himoya qiladi.
Qushlar odatda bir yilda bir marta ko‘payadi, ayrim qushlar esa yilda 2- 3 marta ham ko‘payadi. Qushlar amfibiyalar va reptiliyalarga nisbatan juda oz miqdorda tuxum qo‘yadi, ya’ni qushlar 1 tadan 26 tagacha tuxum qo‘yadi. Masalan: kayralar, chistiklar, yirik baliqchilar, yirik yirtqich qushlar 1 tadan tuxumini qoyalar ostiga qo‘yadi. Kaptarlar, kolibrilar, turnalar, gagaralar, ayrim chistiklar 2 tadan, ko‘pchilik baliqchilar, bulduruqlar 3 tadan, loyxo‘raklar 4 tadan, mayda yirtqich qushlar va ko‘pgina chumchuqsimonlar 4-6 tadan tuxum qo‘yadi. Eng ko‘p tuxum qo‘yuvchi qushlarga g‘ozsimonlar, tovuqsimonlar. ayrim chumchuqsimonlar kiradi. Masalan: kakkular 10 -12 ta, chittaklar 15 tagacha, yowoyi o‘rdaklar 6-14 ta, kulrang o‘rdaklar 7-13 ta, tovuqsimonlar turkum vakillari esa 12 ta dan 26 tagacha tuxum qo‘yadi.
Tuxumlarning absolut katta-kichikligi, shakli va rangi ham turli qushlarda xilma-xil bo‘ladi. Eng katta tuxum Afrika tuyaqushining tuxumi hisoblanadi. Massasi 1,5 kg keladigan Afrika tuyaqushi tuxumining hajmi tovuq tuxumiga qaraganda 25-30 marta katta bo‘ladi. Eng kichik tuxum kolibrilarniki, bu qushlar no‘xatdek tuxum qo‘yadi, ya’ni uning massasi 0,2 g keladi. Tuxumlarning shakli ham turlicha. Masalan: yapaloqqushlar, lochinsimonlar, kaptarlar tuxumlarining shakli yumaloq - oval shaklda. gagaralarning tuxumi uzunchoq-oval shaklda, baliqchilar, balchiqchilar va chistaklarning tuxumi noksimon shaklda bo‘ladi.
Qushlar tuxumining rangi ham turlicha. Yopiq binolarga uya quradigan qushlarning tuxumi oq rangda, ochiq joylarga uya quradigan qushlar tuxumining rangi esa qoramtir va xoldor bo‘ladi. Lekin bu qoida har doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Masalan: yopiq yerlarga, ya’ni daraxt kovaklariga. jarlardagi uyalarga, binolarga uya quradigan zag‘chaning tuxumi rangdor bo‘ladi. Poligam qushlarda, asosan tuxumlarini urg‘ochilari bosadi. Ko‘pchilik qushlarda tuxumini erkagi va urg‘ochisi navbatlashib bosadi. Masalan: tovuqsimonlar, ko‘pgina chumchuqsimonlar, g‘ozsimonlar, ayrim yirtqich qushlar va loyxo‘raklarning bir qancha turlarida faqat urg‘ochilari tuxum bosadi. Avstraliya va Amerika tuyaqushlari, tinamuiar, baliqchilar turkumiga kiruvchi plavunchiklarning faqat erkaklari tuxum bosadi. Qolgan qushlarning erkaklari va urg‘ochilari navbatlashib tuxum bosadi. Lekin bunda ayrim tur qushlarning erkagi va urg‘ochisi bir kecha-kunduzda tuxum bosish vaqtini bo‘lib olishgan. Masalan: qizilishton va Afrika tuyaqushining erkaklari kechasi, urg‘ochilari kunduzi tuxum bosadi, yowoyi kaptarlarning erkaklari kunning birinchi yarmida tuxum bosadi. Bunda ayrim qushlarning himoya ranglari ham ahamiyatga ega. Chunki Afrika tuyaqushlarining erkaklari qora bo‘lganligi uchun ular asosan kechasi tuxum bosadi. urg‘ochisi qo‘ng‘ir rangli bo‘lgani uchun kunduzi tuxum bosadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bir jins tuxum bosib yotganda ikkinchi jins tuxum bosib yotgan jinsga oziq olib kelib beradi. Ba’zi mayda chumchuqsimonlar tuxum bosib yotganida oziqlanish uchun qisqa muddatda tuxumni tashlab, uyasidan uchib ketadi. Ayrim qushlar, ayniqsa nasi uchun qayg‘urish vazifasini faqat bir jins bajaradigan katta qushlar tuxum bosib
yotganida uzoq ochlikka chidaydi va ular bu vaqtda gavdasida yig‘ilgan yog‘ hisobiga oziqlanadi. Bunday qushlarga gagalar (28 kun chidaydi) va emular (60 kun oziqlanmaydi) kiradi.
Bir guruh qushlar (tuyaqushlar, g‘ozsimonlar, tovuqsimonlar, baliqchilar, loyxo‘raklar) barcha tuxumlarini qo‘yib bo‘lganidan keyin bosadi. Bunday qushlarning jo‘jalari inkubatsiya davrining oxirida bir kun davomida tuxumdan ochib chiqadi. Ikkinchi guruh qushlar (lochinsimonlar, rakshisimonlar, kaptarsimonlar va chumchuqsimonlar) birinchi tuxumini qo‘ygan kundan boshlab bosadi.
Natijada uyada jo‘jalari har xil kattalikda bo‘ladi va tuxumdan oldinma-keyin ochib chiqadi.
Tuxumni bosib yotish muddati, ya’ni inkubatsiya davri ham har xil qushlarda turlicha bo‘ladi. Masalan: ko‘pchilik mayda chumchuq- simonlarning inkubatsiya davri 9-12 sutkaga, ba’zilarida 14 sutka davom etadi, qizilishtonlarda ham 14 sutka, qarg‘alarda 17-19 sutka, quzg‘unlarda 18-20, loyxo‘raklarda 17-18, bedanalarda 20-21, qirg‘ovullarda 21-25,
yowoyi o‘rdaklarda 24-28, yovvoyi g‘ozlarda 25-28, oqqushlarda 30-40,
miqqiylarda 28, qirg‘iylarda 31-35, burgutlarda 42-44, kulrang kakliklarda 21, qurlarda 23, Afrika tuyaqushlarida 42 sutka davom etadi. Uy parrandalaridan tovuqlar o‘z tuxumlarini 21 sutka, o‘rdaklar 28 sutka, g‘ozlar 29-30 sutka va kurkalar 28-29 sutka bosadi.
Qushlar tuxumidan chiqqan jo‘jalari nechog‘lik rivojlanganligiga qarab 2 ta guruhga bo‘linadi: jish jo‘ja ochuvchi qushlar va jo‘ja ochuvchi qushlar. Jish jo‘ja ochuvchi qushlarning jo‘jasi yetilmagan holda tuxumdan chiqadi. Ularning ko‘zlari yumiq, usti yalang‘och, patsiz yoki siyrak par bilan qoplangan bo‘lib, o‘z holicha ovqat yeya olmaydi va uzoq muddatda ota-onasining parvarishiga muhtoj bo‘ladi, shunga ko‘ra uzoq vaqtga qadar uyasida yashaydi. Jish jo‘ja ochuvchi qushlarga barcha chumchuqsimonlar, qizilishtonlar, kaptarlar,yapaloqqushlar, kurakoyoqlilar, kolibrilar, ko‘kqarg‘alar kiradi.
Boyqushlar, lochinsimonlar, baliqchilar, chistiklar, gagaralar, bal- chiqchilarning bir nechta turlari jish jo‘ja ochuvchi qushlar bilan jo‘ja ochuvchi qushlarning o‘rtasida turuvchi oraliq holatni egailaydi. Ular rivojlanishiga qarab jo‘ja ochuvchi qushlarga ancha yaqin turadi, ko‘zlari ochiq, terisi qalin par bilan qoplangan bo‘lsada, ota-onalarining parvarishiga muhtoj bo‘ladi.
Jo‘ja ochuvchi qushlarning jo‘jalari rosa yetilgan bo‘lib, ularning ko‘z- quloqlari ochilgan va usti qalin par bilan qoplangan holda tuxumdan chiqadi. Ular tuxumdan chiqqandan usti qurir-qurimas ota-onasining orqasidan yurib donlay oladi.
Bu guruhga asosan, quruqlikda - yerda yuruvchi va suvda suzuvchi qushlar, ya’ni tuyaqushsimonlar, tovuqsimonlar, tuvaloqlar, turnalar, suvmoshaklar, g‘ozsimonlar, bulduruqlar va flamingolar kiradi.

Download 453.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling