Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

“har bir maktab o‘ziga xos bir ta’lim-tarbiya laboratoriyasi bo‘lishi 
kerak” degan talabni qo‘yadi va uning Yasnaya Polyanadagi maktabi ham 
o‘ziga xos tajriba laboratoriyasi edi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan erkin 
suhbati asosida tashkil etilgan bu maktabda 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 30-
40 nafar dehqon bolalari o‘qir edi. Bolalardan tashqari, har yili qishloqdagi 3-4 
nafar katta yoshdagi kishilar ham ta’lim olar edilar. Tolstoy o‘zi tashkil etgan 
maktab uchun unda beriladigan o‘qitish mazmunini ham, o‘quv rejasini ham 
mustaqil tarzda ishlab chiqdi. Chunonchi, uning maktabida, o‘qish, yozish, 
husnixat, grammatika, din darsi, rus tarixidan hikoyalar, arifmetika, tabiiyot va 
geografiyadan elementar bilimlar berilar, rasm va ashula o‘rgatilar edi. Rus tili 


442 
darslarida Tolstoy o‘quvchilarga badiiy hikoyalar shaklida tabiiyot, geografiya 
va tarixdan ma’lumotlar berardi. U bunday hikoyalarning namunasi sifatida 
“Yasnaya Polyana maktabi” sarlavhali maqolasida 1812-yilgi Vatan urushiga oid 
hikoyani keltirar edi. 
O‘qitishning metodlari ta’lim prinsiplariga oid qarashlari ham ahamiyatlidir. 
U ta’lim metodlari orasida o‘qituvchining jonli so‘zi (hikoya, suhbat)ga alohida 
o‘rin beradi. U bolalarning ijodkorligini o‘stirishga kattta ahamiyat beradi. 
Mustaqil ish berish, insholar yozdirishga e’tibor qaratadi.
Tolstoyning o‘sha davrlar uchun ilg‘or hisoblangan o‘qitish uslublari, 
shuningdek o‘qituvchilar va hamfikrlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil 
etishi mahalliy hokimiyat uchun shubhali tuyuladi. 1862-yilda jandarmalar 
Tolstoyning Yasnaya Polyanadagi uyini tintuv qilib, fitna uyushtirganlik 
dalillarini qidiradilar. Lev Nikolaevich bundan juda xafa bo‘lgan va norozilik 
belgisi sifatida pedagogika bilan shug‘ullanishni to‘xtatgan. 
7 yillik tanaffusdan so‘ng 1869-yilda bolalar bilan o‘qishni davom ettiradi 
va “Yasnaya polyana” jurnalini chiqaradi, 1872-yil “Azbuka”, 1875-yil 
“Novaya Azbuka”, va 4ta “O‘qish kitobi”ni nashr ettiradi. 
Tolstoyning “Xalq ta’limi to‘g‘risida” maqolasi jamiyatning katta 
e'tiborini tortadi, unda yozuvchi zemstvo ma'muriyatining dehqonlar ta’limi 
bo‘yicha faoliyatini keskin tanqid qiladi. Keyinchalik Tolstoy zemstvolardan 
biriga saylandi va yangi maktablarning yaratilishiga katta hissa qo‘shadi. Bundan 
tashqari, u dehqon o‘qituvchilari seminariyasi uchun loyiha ishlab chiqadi. 
Tolstoyning o‘zi hazil bilan bunday seminariyani “bosh kiyimdagi universitet” 
deb atagan. Lev Nikolaevich ushbu seminariyaning loyihasini Xalq ta’limi 
vazirligiga taqdim etadi va 1876-yilda uning roziligini olishga muvaffaq bo‘ladi. 
Biroq zemstvo kengashlari Tolstoyning loyihasiga salbiy munosabatda 
bo‘lishadi. Bu yozuvchiga shu qadar kuchli psixologik zarba berdiki, u yana 
o‘qitishni to‘xtatishga qaror qildi. 


443 
Faqat qariganida Lev Nikolaevich pedagogikaga qaytdi. XIX-asrning 90-
yillarida u o‘zining “axloqiy-falsafiy konsepsiyasi” va keyinchalik Tolstoyizm 
"nomini olgan hayot va jamiyat bilan aloqalarini targ‘ib qilishni boshlaydi. Va 
1907-1908 yillar, 80 yoshi arafasida u yana bolalar bilan darslar o‘tkazadi. 
Tolstoy Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1873) va
faxriy akademigi (1900) bo‘ladi. 
Tolstoy pedagogikasidagi ko‘plab ijobiy xususiyatlar qatorida bolalarga 
chuqur mehr-muhabbat qo‘yish, bola shxsini hurmat qilish, bolalarning 
ijodkorligini uyg‘otish va taraqqiy ettirishdagi haddan tashqari mahorat, har bir 
o‘quvchining individual xususiyatini mohirlik bilan tahlil qila olish va 
boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling