Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
“Pedagogika tarixi” fanining maqsadi
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Pedagogika tarixi” faning predmeti
- “Pedagogika tarixi” fanining vazifalari
- Savol: Pedagogika tarixi fani qanday manbalarga asoslanib o‘rganiladi
“Pedagogika tarixi” fanining maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to
hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o‘rganish, tahlil etish, shuningdek, fan to‘g‘risida ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishdan iborat. Maktab va pedagogika ko‘p asrlik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko‘plab g‘oyalar va konsepsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan ta’lim-tarbiya, maktab, pedagogik fikrlar mazmuni va rivojlanish jarayoni. 7 “Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: – milliy o‘z-o‘zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog‘liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish; – pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish; – pedagogik g‘oyalarni tahlil etish asosida ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish. Savol: Pedagogika tarixi fani qanday manbalarga asoslanib o‘rganiladi? Pedagogika tarixini o‘rganish manbalari: - arxeologik yodgorliklar; - qo‘lyozmalar; - xalq og‘zaki ijodi; - adabiy yodgorliklar; - hujjatlar; - badiiy adabiyot; - memuarlar; - Sharq va G‘arb mutafakkirlarining asarlari. Pedagogika tarixi fani pedagogika, psixologiya, falsafa, madaniyat tarixi, O‘zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, etnografiya, arxeologiya, axloqshunoslik, adabiyot tarixi, tilshunoslik, jamiyatshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadordir. Bugungi kunda pedagogika tarixini o‘rganish — qadimiy yozuvlar, bitiklar, qo‘lyozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas diniy kitoblar, Sharq mutafakkirlarining merosi, pandnomalar, jahon mutafakkirlarining pedagogik qarashlari, zamonaviy pedagogika fani darg‘alarining konseptual g‘oyalari, ta’lim-tarbiya va maorif ishini yuksaltirishga doir hukumat qarorlari, milliy istiqlol g‘oyalariga asoslangan milliy mafkura materiallari, O‘zbekiston Prezidentining ta’lim-tarbiyaga oid asarlariga asoslanadi. 8 Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo‘lib, uning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘qitish va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun- qoidalarini, qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim - tarbiya, ma’rifatga doir g‘oyalarini va ularning rivojlanishini mukammal o‘rganadigan fandir. Pedagogika tarixini o‘quv kursi sifatida Oliy pedagogika o‘quv yurtlarida o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda alohida ahamiyatga ega. Pedagogika tarixi fanini o‘rganish – kishilik jamiyati taraqqiyoti yo‘lidagi tarbiya pillapoyalarining tajribalariga suyangan holda har bir o‘qituvchida pedagogik madaniyat va ularga munosabat bildirish kabi malakalarni shakllantiradi. Pedagogika tarixi kursi talabaning umumpedagogik bilim darajasini kengaytiradi, pedagogik merosimizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga imkon beradi, ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta’lim, uning rivojlanish jarayoni, jamiyatning sotsial iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bog‘liqligi to‘g‘risida aniq tasavvur hosil qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogika tarixi kursini o‘rgana borib, boshqa psixologiya - pedagogika turkumidagi o‘quv fanlari kabi pedagogik tushunchalar yuzasidan fikr yuritishga hamda ularning mohiyatini tushunishga ham o‘rgana boradi. Pedagogika tarixi bo‘lajak o‘qituvchilarga bilim beribgina qolmay, ularda milliy iftixor va g‘urur hissini ham tarbiyalaydi. Umuman pedagogikamiz tarixini o‘rganish millatimiz tarixini o‘rganish bilan uzviy bog‘liqdir. Yosh avlodni tarbiyalash va ularni o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotning qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal etib bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling