Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
1.5. Ibtidoiy jamoada tarbiya.
Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo‘lib hisoblanadi. Ibtidoiy jamiyatda tarbiya hayot, mehnat faoliyati jarayonining o‘zida kattalarga taqlid qilish asosida amalga oshirilardi. O‘g‘il bolalarga ov qilish, baliq ovlash, ish quroli va qurol-yarog‘larni tayyorlash hamda ulardan foydalanishni, qizlarga esa iste’mol qilishga yaroqli mevalarni terib kelish, uy ishlarini bajarishni o‘rgatishardi. Hamma bolalar kattalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalanardi. Mazkur davrda yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil etishni talab etadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo‘linadi: 1) ibtidoiy to‘da; 2) urug‘chilik jamoasi. 1-chizma Qadimgi tosh asri Peleolit: ilk o‘rta so‘nggi mil. av. 700/500-100 ming yilliklar mil. av. 100-40 ming yilliklar mil. av. 40-12 ming yilliklar O‘rta tosh asri Mezolit mil. av.12 – 7 ming yilliklar. Yangi tosh asri Neolit mil. av. 6-4 ming yilliklar. Mis-tosh asri Eneolit mil. av. 4-3 ming yilliklar. Bronza davri Bronza davri mil. av. 3-1 ming yilliklar. Temir asri Ilk temir asri mil. av. X-VIII asrlar. So‘nggi temir asri VII–IV asrlar 15 Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av. 40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sapiens”- “ongli odam”)ning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat tarbiyasi yetakchi o‘rin tutgan. Ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘ya olish borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar: Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling