Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Pedagogika tarixi fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

1.2. Pedagogika tarixi fani g‘oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyoti 
bilan o‘zaro aloqadorligi
Tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir 
etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi ham o‘z navbatida kishilik jamiyatining 
qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga 
ega bo‘lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning 
ijtimoiy taraqqiyoti o‘zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon 
mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab 
sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, kishilik 
jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham 
ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy 
ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib 
borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana 
shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob 
qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda 
yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi. Eng 
qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-
umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar 
qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig‘inish (animizm), ajdodlar ruhiga 
sig‘inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan 
afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. 
Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, So‘g‘d hamda 
Parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.
1.3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼlim-
tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali 
foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida. 
Moziy doim ulug‘larni e’tirof etadi. Boisi, har bir qilingan ezgu amal 
asrlarga manguga muhrlanadi. Shunday ekan, prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning Ajdodlar merosini asrab avaylashdagi Islom hamkorlik 
tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitidagi ilgari surgan


10 
“Fan, texnologiyalar, innovatsiyalar va islom olamini modernizatsiya qilish” 
g‘oyasi bugun har qachongidan ham dolzarbdir.
Ta’kidlash kerakki, Islom olami jahon fani va sivilizatsiyasiga qo‘shgan 
beqiyos hissasi bilan faxrlanishga to‘la haqlidir. Xususan, Markaziy Osiyo 
hududi Sharq Renessansining yirik markazlaridan biri sifatida butun dunyoda 
ma’lum va mashhur bo‘lgan. Bu haqda gapirganda, avvalo, ulug‘ 
vatandoshlarimiz – algoritm asoschisi Al-Xorazmiy, qomusiy olim Al-

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling