Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
1.4. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish
muammolari. Ma’lumki, pedagogik-tarixiy hodisalarni o‘rganish masalasida fanda turli xil yondashuvlar vujudga kelgan. Ayrim olimlar tarbiyani biologik hodisalar qatoriga kiritadi va tarbiya tarixini inson zotining evolyutsion rivojlanishi nuqtai nazaridan talqin etadi. Ba’zilar pedagogika tarixi ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini falsafiy-axloqiy jihatdan bayon etadi. Ba’zi olimlar ta’lim-tarbiya nazariyasini inson madaniyatining tarkibiy qismi sifatida tahlil etsalar, ko‘pchilik olimlar pedagogik nazariyalar va amaliyotni ilohiy ta’limotlar asosida tahlil qilganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yevropada yashagan olimlar tarbiyaga jamiyatni, shaxsni o‘zgartirish quroli sifatida qaraganlar. Moddiy olam dunyoni anglash, ilmiy bilishda tarixiylik tamoyiliga amal qilinadi va ijtimoiy hodisalar atroflicha, yaxlit hamda rivojlanish jarayonida o‘rganiladi. Bunday yondashuv pedagogik hodisalarning mohiyati va aloqalarini u yoki bu tarixiy davr xususiyatlari bilan bog‘liq holda o‘rganishga, ta’lim- tarbiya tizimi va ta’lim-tarbiya an’analari bilan, o‘tmishda (o‘sha davrda) yashagan allomalar va pedagoglarning pedagogik qarashlarini falsafiy ta’limiy- axloqiy g‘oyalari bilan bog‘liq holda o‘rganishga imkon beradi. Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaning tarixiy tajribasini, jahon madaniyatini rivojlanishi (sivilizatsiyasi, ya’ni tamadduni)ni hozirgi zamon bilan, har bir xalq madaniy va pedagogik fikrlari taraqqiyotini butun insoniyatning sivilizatsiyasi (tamadduni) bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganishni taqozo etadi. Pedagogik-tarixiy hodisalar, g‘oyalar, nazariyalar, qarashlarni bayon etish mantiqi va xarakteri pedagogika tarixi fanini talabalar tomonidan oson o‘zlashtirishiga imkon yaratadi. Pedagogika tarixini davrlashtirishda bir qator olimlarimiz turlicha yondashganlar. Jumladan, taniqli pedagog olim Malla Ochilovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda pedagogika tarixini yaxlit, yagona madaniy, pedagogik tarixiy jarayon sifatida yoritishni quyidagicha beshta davrga bo‘lganlar: 13 1. Qadimgi zamonlardan arablar istilosigacha (VII asrgacha) bo‘lgan davr. 2. VIII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha – Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinguncha o‘tgan davr. 3. XIX asrning 60-yillaridan XX asr boshlarigacha o‘tgan davr. 4. 1917-20-yillardan (oktyabr inqilobidan) 1991 yilgacha o‘tgan davr. 5. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgan va hozirgi kunda pedagogik-tarixiy rivojlanish davri. Pedagogika fanlari doktori, professor Bekzod Xodjayev pedagogika tarixini o‘rganishga doir eng keng tarqalgan davrlashtirish quyidagicha: 1) eng qadimgi davrlardan O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar; 2) mustaqillikka erishilgandan to hozirgi kungacha O‘zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji; 3) jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha) uch bosqichini ko‘rsatib o‘tgan. Shuningdek, B. Xodjayev pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog‘liqlikda o‘rganish maqsadga muvofiqligini ta’kidlagan holda quyidagicha davrlashtirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi: 1) eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar; 2) VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar; 3) Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi; 4) XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda tarbiya va maktab; 5) XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda pedagogik fikrlar rivoji; 6) XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji; 7) XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o‘lkasida tarbiya, 14 maktab va pedagogik fikrlar; 8) 1917-1991-yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji; 9) Mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji; 10) eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi; 11) XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji; 12) hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling