Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova


Farg‘oniy, geodeziya va mineralogiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abu


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/168
Sana18.11.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1786031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
ilovepdf merged (1)

Farg‘oniy, geodeziya va mineralogiya fanlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abu 
Rayhon Beruniy, G‘arbda Avitsenna nomi bilan tanilgan Ibn Sino, davlat 
arbobi va buyuk astronom Mirzo Ulug‘bek singari mutafakkir zotlarning 
nomlarini hurmat bilan tilga olamiz. Bugungi notinch va tahlikali zamonda 
taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda buyuk ajdodlarimiz qoldirgan, 
butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lgan bebaho merosning o‘rni va 
ahamiyati beqiyosdir. Ana shunday ezgu maqsad bilan  Samarqandda Imom 
Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish g‘oyasini ilgari 
surgan edik va hozirda bu borada mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib 
borilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston kitob fondlarida 100 mingdan ziyod 
qo‘lyozmalar saqlanmoqda, ularning asosiy qismi YUNESKOning Butunjahon 
madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ayni vaqtda O‘zbekiston poytaxti 
Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi  tashkil etildi. Bugungi kunda 
O‘zbekistonda 300 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasasi, ilmiy-ishlab chiqarish 
korxonalari va innovatsiya markazlari faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-
yil 19-yanvardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu 
borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari 
bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida: – Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu 
faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, 
xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim 
vazifalardan biridir, – dedi Prezidentimiz. – Agar jamiyat hayotining tanasi 


11 
iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. – Biz yangi O‘zbekistonni 
barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. 
Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – 
ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli 
ma’naviyat. Shu bilan birga Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin 
namoyondalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasi ham 
alohida qayd etib o‘tildi.
Buyuk qadriyat hisoblangan Islom dinimizda insonga, uning qadr-
qimmatiga qaratilgan go‘zal e’tibor zamirida insonni nafaqat ruhiy-ma’naviy 
jihatdan, balki, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlash g‘oyasi 
yotadi. Bu ezgu g‘oyalar ayniqsa muborak Ramazon oylarida yaqqol namoyon 
bo‘ladi. Prezidentimiz tomonidan har yili mamlakatimizda Ramazon oyini 
munosib kutib olish maqsadida maxsus qaror qabul qilinib, ushbu qaror asosida 
Ramazon oyida dinimizga xos bo‘lgan odamiylik, do‘stlik, mehr-oqibat, saxovat 
va muruvvat g‘oyalari namoyon bo‘ladi. O‘tganlar yod etilib, ularning ortlarida 
qolgan oila-a’zolariga moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish masalasiga alohida 
ahamiyat qaratiladi. Bu amaliy namuna timsoli o‘sib kelayotgan yosh avlod 
tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan 
o‘sib kelayotgan yosh avlodni ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy-milliy merosdan 
bahramand bo‘lishlari uchun bir qator xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari 
respublikamiz miqyosida tashkil etildi. Jumladan, Samarqand shahrida Imom 
Buxoriy nomidagi, Termiz shahrida “Imom Termiziy” nomidagi, Toshkent 
shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko'chasida “Imom Moturidiy” 
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Toshkentda tashkil etilayotgan 
Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi. 


12 

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling