Innovatsiyalar vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti d. A. Axatova
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ilovepdf merged (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1.Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim va tarbiyasi mazmuni, ayollar uchun kasb, musiqa san’ati va jismoniy madaniyat maktablari
- 7-Мавзу. Eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha ayollar ta’lim va tarbiyasi mazmun Eng qadimgi davrlarda
Mustaqil ish mavzusi
Mustaqil ta’limni amalga oshirish shakli Tasavvuf ilmining paydo bo‘lishi Mavzuga oid ma’lumotlar to‘plab ”Web-kvest texnologiya”si asosida tahlil qiling. 204 Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, tarbiya, ibtidoiy jamiyat, ayollar ta’limi, harbiy ta’lim, islom dinida ayollar tarbiyasi, hadis ilmi, temuriylar davrida ayollar ta’lim-tarbiyasi, madrasa, otinlar maktabi. 7.1.Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim va tarbiyasi mazmuni, ayollar uchun kasb, musiqa san’ati va jismoniy madaniyat maktablari Dastlab qizlar, ayollar tarbiyasi ibtidoiy jamiyatda tarkib topa borganligi bizga tarixiy manbaalardan ma’lum. Ayollar o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitlarda kechib, ayollar tomonidan bajariladigan turli mehnat shakllari keksa avlod nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Ayollar ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo‘lga kiritar edilar. Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim va tarbiyasiga madaniyat markazi bo‘lgan Yunoniston va Rimda katta e’tibor qaratilgan. Xususan, Spartada qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor bеrilgan, ya’ni ular ham harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirilib borilgan. Bundan maqsad erkak qullar qo‘zg‘olonini bostirmoq uchun kеtgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy- 7-Мавзу. Eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha ayollar ta’lim va tarbiyasi mazmun Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim va tarbiyasi mazmuni, ayollar uchun kasb, musiqa san’ati va jismoniy madaniyat maktablari. Ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimining shakllanishiga islom dinining ta’siri. Temuriylar davrida ayollar ta’lim va tarbiyasi tizimini takomillashtirishning omillari. 1. 205 joyni qo‘riqlash maqsadida qurollanib, qo‘riqchilik vazifasini o‘tar, qullarni esa itoat saqlashini ta’minlar edilar. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, kеyin «agеlla» dеb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan tarbiya muassasiga joylashtirilar va 18 yoshga yеtguncha ularga ana shu muassasalarda ta’lim-tarbiya bеrilar edi. Bu muassasalarning rahbarlari davlat tomonidan obro‘li, taniqli kishilardan tayin qilinar edi. Bunday kishilar «pеdonom» dеb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilar edi. Eramizdan oldin taxminan 484(480)—431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning Tarix kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlarni berib o‘tgan. Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim. Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar va daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko‘rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Gerodotning ushbu ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o‘g‘il va qiz farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e'tibor berganlar. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag‘lub bo‘ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda shovqin ko‘taradilar: ―Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku! Forslar ayollarning bu xatti- harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar. Bu voqeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: Bu shaharga qaysi shoh qadam qo‘ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg‘a 206 qilsin. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart- sharoitning o‘zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni o‘rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to‘g‘rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash lozimligini taqozo etgan. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o‘z xalqining erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar. Eng qadimgi davrlarda ayollar ta’lim-tarbiyasiga oid qimmatli ma’lumotlarni biz yana xalq og‘zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g‘oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki, xalq donishmandligining yorqin namunasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari mazmuni xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri bo‘lgan afsonalarda ifodalangan. Afsonalarning qahramonlari yaxshilikning tantana qilishi uchun yomonlik hamda nurning muqarrar mavjud bo‘lishi uchun zulmat bilan kurash olib boradilar, yaxshilik va baxt-saodatga chulg‘angan o‘lkalarini yaratadilar. Aksariyat afsonalarning qahramonlarini inson sifatida gavdalangan xudolar tashkil etgan. Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o‘y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalarning ko‘pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar Avesto, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarlari orqali ma’lumdir. Buyuk shoir va mutafakkir Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma” dostonida mardlik va jasorat bilan hech qanday tarzda erkaklardan kam bo‘lmagan va ularga qarshi kurashga chiqqan ko‘plab ayollarning obrazini yaratgan. Masalan, Gurdofarid aslida Rustam ismli qahramonning qizi edi. Uning boshqa qizi Bonui Gushtosp Gevning rafiqasi edi. Dostonda uning ismi ham tilga olingan. Uning uchinchi qizi ham bor edi – Zarbonu va u ham jasorat bobida singillaridan hech qanday farqi yo‘q edi. Massaget qabilasining malikasi To‘maris, Parfiya xalqining qizi Rodogun haqidagi Gerodotning hikoyalari, tarixchi Narshaxiyning 207 20 yil davomida arab bosqinchilariga qarshi donolik bilan qarshilik ko‘rsatgan malika Xotun haqidagi hikoyasi ayollarning jismoniy tayyorgarligi, faolligi, vatanparvarligining yorqin namunasidan dalolat beradi. Ular shaxsan o‘zlari jang maydoniga otlarida qilich ko‘tarib, o‘zlarining xalqiga hamdardlik bildirib, maydonda jasorat ko‘rsatganlar. Qadimgi ayollar ko‘pincha tezyurar otlarda poyga qilish kabi sport turlari bilan shug‘ullanishgan. O‘sha paytda kamondan otish, otda yurish va qurol ishlatish san’ati bolalikdan ayollar uchun odatiy jismoniy mashqlar bo‘lgan. Nasroniylik ilohiyotchi Aleksandriyalik Klement shunday yozadi: “Saklar ayollari uchib ketishganida, erkaklar kabi orqaga o‘girilib, otlaridan o‘q uzdilar”. Ushbu misollar qadimgi davrlarda mahorat maktablarining dargohida qizlar va ayollarning faol ta’lim-tarbiya olishlaridan darak beradi. Qadimgi davrlarda ayollarning doimiy jangovar tayyorgarligini arxeologlar tomonidan Kavkaz, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan topilgan topilmalar bilan ham baholash mumkin. Ushbu dafn marosimlarida ayollar jasadlari qoldiqlari yonidan qurollar ham topilgan. Miloddan avvalgi I asrda yashagan Rim tarixchisi Pompey Trog skiflar kuchli qudratga egaligi kabi ulug‘vor ham bo‘lganligini yozgan. Ular Parfiya va Baqtriyaga, ularning xotinlari – Amazonlar qirolligiga asos solishgan. Skiflar har doim eng qadimgi qabilalar deb hisoblangan va ular qadimlilik borasida misrliklar bilan bahslashishgan. Ko‘plab qadimgi tarixchi va yozuvchilarning xotiralarida O‘rta Osiyodan kelgan oddiy qizlarning jasorati va mardligi aks ettirilgan. O‘smirlik davrida, to‘ydan oldin odatda qizlar va o‘g‘il bolalar o‘zlarining sevimli sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazardilar. Qadimgi Rim yozuvchisi va faylasufi Klavdiy Elian o‘z hikoyalarida, agar saklardan birortasi qizga uylanmoqchi bo‘lsa, u bilan kurashish kerakligini yozadi. Agar kurashda ustunlik qizga tegishli bo‘lsa, mag‘lubiyatga uchragan polvon uning asiriga aylanadi va to‘liq uning ixtiyoriga keladi. Faqatgina qizni yutish orqali yigit uni o‘z ixtiyoriga olishi mumkin bo‘lgan. Ko‘plab arxeologik topilmalar ot sportida ayollarning ustunligini ko‘rsatadi. Qora-kulrang otga 208 minib, chap qo‘lida jilovni ushlab turgan ayolning qo‘lidagi tashqi tomonidagi yozuvda, “olijanob xonim” deb yozilgan, shuningdek, ot sportida zodagon ayollarning ustunligidan dalolat beradi. Qadimgi Panjikent devorlaridan topilgan devoriy rasmda, qo‘llarida qilich bilan ikki jangchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan duel tasvirlangan, ulardan biri naqshli libos, shim va boshiga dubulg‘a bilan qalpoq kiygan ayoldir. Ushbu tasvir jang maydonida ayollarning jasorati va shijoati haqida ma’lumot beradi. Arxeologlar tomonidan kamon, xanjar va nayzali ayollarning tasviri ham topilgan. Kamondan otish, ot sporti va jang maydonlarida ayollarga qarshilik ko‘rsatish qiyin edi. Ba’zi ayollar erkaklar zirhini kiyib, qo‘shinni boshqarganlar. Ular qo‘llarida bayroq ushlab raqiblarga jasorat bilan hujum qiladigan mukammal harbiy qo‘mondonlar edilar. Qadimgi davrlar tarixini obyektiv o‘rganish asosida Sharq ayollarining ta’lim dasturi xilma-xil va qiziqarli bo‘lgan deb taxmin qilish mumkin. Sharqning asosiy urf-odati va yaxshi tarbiya atributi hisoblangan uy ishlarini olib borish, bolalarni tarbiyalash va keksa oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish bilan bir qatorda, ayollar ovga chiqib, uylarini dushman hujumlaridan himoya qilganlar va bular barchasi jismoniy chiniqishni talab qilgan. Yosh qizlar tikishni, rasm chizishni, sanashni bilar, shuningdek musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirar, musiqa asboblarida chalib, qo‘shiq aytardilar. Arxeologik va yozma materiallarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, antik davrda professional ustaxonalar va musiqa maktablari keng tarqalgan. Intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab ayollar shaxmat va narda o‘ynashgan, she’r yodlagan va qo‘shiqlar yaratgan. Sharq uyg‘onish davrida ayollarga e’tibor, ularning ta’lim va tarbiyasi xilma-xil janrdagi og‘zaki va yozma ijod namunalarida o‘z aksini topgan. Masalan, mashhur hind qomusi “Kalila va Dimna”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, “Ro‘shnoyinoma”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bo‘ston” kabi asarlarida ayolning jamiyatdagi o‘rni, oila tarbiyasi kabi masalalar ijtimoiy turmushning 209 eng muhim masalalari sifatida talqin etiladi. Jumladan, “Kalila va Dimna”da majoziy, allegorik obrazlar vositasida hayotdagi salbiy ko‘rinishlarga qarshi o‘t ochiladi, insonparvarlik, aql-idrok ulug‘lanadi. Ayollarni jamiyadagi o‘rniga falsafiy yondashuvlar asosida alohida urg‘u beriladi. Ta’lim olgan ayollar jamiyatda qanday kuch ekanligi tasivrlanadi. Kishilik jamoasining qaysi bosqichi olib qaralmasin, xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo, fisq-fasod, zolimlik, munofiqlik inson zotini ulug‘lagan emas. Aksincha, bunday axloqqa zid nuqsonlar taraqqiyot yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lgan, jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘lgan. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling