Innovatsiyalar vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va


Download 498.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana30.04.2023
Hajmi498.68 Kb.
#1412639
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
NORQULOVA SHAXZODA1122

Reja tuzish. Reja har qanday og‘zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy 
pog‘onasi, uning «loyihasi»dir. Kishi o‘z nutqi haqida o‘ylab, asosiy gaplarini 
belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1 - sinfda reja 
rolini o‘qituvchi savollari, ya’ni so‘roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2 - sinfda reja 
jamoa o‘qituvchi rahbarligida tuziladi; 3 - sinfda esa mustaqil tuziladi. 
Boshlang‘ich sinflarda 3 - 5 talik reja tavsiya qilinadi. 
Bolalar avval o‘qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta 


26 
hikoya qiladilar, keyin insho rejasini tuzadilar, so‘ng bir mavzuga oid bir necha 
rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya’ni rasmli reja tuzadilar, inshoga 
sarlavha topadilar. Shundan so‘ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, 
reja tuzishga qulay bo‘lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho 
rejasini tuzishga o‘tiladi. Reja tuzishga o‘rgatishda oldin nima haqida to‘xtalish, 
keyin uni qanday davom ettirish, undan so‘ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani 
qanday tugatish kerakligini o‘quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. 
Reja avval so‘roq gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida 
tuziladi. 
Reja ko‘pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida (rasm 
asosida yoziladigan insho rejasi kabi) tuziladi. Ba’zan rejani ekskursiya, 
kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. 
Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin 
yoki ular yuzasidan material to‘plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga 
solish jarayonida tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko‘rib chiqilib, unga 
ayrim aniqliklar kiritiladi. 
Inshoni yozishga tayyorlash. Og‘zaki yoki yozma inshoning turi va 
vazifasiga qarab unga tayyorgarlik ko‘riladi. 
Inshoga tayyorgarlikni o‘qituvchi boshqaradi, bunga o‘quvchilarni ishtirok 
ettiradi, ularning o‘ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorlik deganda, 
birinchidan, o‘quvchilarda nimanidir tasvirlashga, hikoya qilishga talab 
uyg‘otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo‘lgan zarur 
material yig‘ish; uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo‘lgan til 
vositalarini tanlash tushuniladi. 
Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, 
darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi. Og‘zaki 
yoki yozma insho ustida ishlash uch bosqichga bo‘linadi: 
1) material yig‘ish, ya’ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni 
ko‘rib chiqish, kinofilm, spektaklni ko‘rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o‘qish; 
2) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish, 


27 
joylashtirish, ya’ni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish, 
lug‘at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo; 
3) inshoni nutqiy shakllantirish, ya’ni insho matnini tuzish, uni yozish, 
takomillashtirish, xatolarni to‘g‘rilash va uni tekshirish. 
Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda 
bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig‘ish uni 
yozishdan ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto 
undan ko‘proq davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko‘riladi. Shunday 
qilib, insho yozish yoki og‘zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan ishlarning 
yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik roli bog‘lanishli nutq sohasidagi 
ko‘nikmalarni egallash me’yoriga qarab 
ortib
boradi. 
Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog‘liq. 
Tayyorlov bosqichida qancha ko‘p ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha 
chuqur ishlash imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin yoki og‘zaki 
hikoyalashda yig‘ilgan materiallarni o‘quvchilar yodiga tushirish, ularda qiziqish 
uyg‘otish, yozishga yoki hikoya qilishga xohish uyg‘otish zarur. 
Insho yozish uchun 2- sinfda odatda bir dars, zarur bo‘lib qolsa, ikkinchi 
darsdan 15-20 minut, 3-sinfda bir yoki bir yarim dars, ayrim vaqtlarda ikki 
darsgacha ajratiladi. Bulardan tashqari, insho tahlili va xatolar ustida ishlash uchun 
20-25 minut vaqt ajratiladi. Bunda eng yaxshi yozilgan insholar tahlil qilinadi, 
imloviy, punktuastion, nutqiy, logik xatolar va mazmundagi yetishmovchiliklar 
ustida ishlanadi. 
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi: 1) mavzuni, 
inshoning vazifasini e’lon qilish (yoki yodga tushirish), uni o‘quvchilar bilan 
muhokama qilish; 2) kuzatish davrida to‘plangan materialni tartibga solish yoki 
material yig‘ish (masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko‘rish) 
maqsadida suhbat o‘tkazish; 3) reja tuzish yoki avval tuzilgan rejaga aniqlik 
kiritish; 4) matnni nutqiy tayyorlash, ya’ni zarur so‘zlarni yozish; so‘z birikmasi, 
gap yoki bog‘lanishli matnning ayrim qismini tuzish; imlosi qiyin so‘zlarning 
yozilishini tushuntirish va boshqalar; 5) darsning asosiy qismi bo‘lgan inshoni 


28 
yozish; o‘quvchilar inshoni yozayotganlarida, o‘qituvchi ular ishini kuzatadi, 
ayrim o‘quvchilarga (boshqalarga xalaqit bermay, ular e’tiborini chalg‘itmay) 
individual yordam beradi; 6) o‘quvchilar yozgan insholarini tekshiradilar, 
kamchiliklarini to‘ldirib, xatolarini to‘g‘rilaydilar. 
Boshlang‘ich sinflarda bolalar inshoni oqqa ko‘chirmaydilar, kerakli 
tuzatishlarni ehtiyotlik bilan kiritadilar, bunday tuzatishlar uchun insho bahosi 
pasaytirilmaydi, aksincha, matnni yaxshi to‘g‘rilagan o‘quvchi rag‘batlantiriladi; 
7) bolalar inshoni o‘qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar; o‘qituvchi ikki kun 
ichida tekshiradi. 
Rasmga qarab insho yozish illustratsiyali materiallar tarkibiga kiradi.
O‘qituvchi rasmlar yordamida o‘quvchilarning tevarak-atrof to‘g‘risidagi 
tasavvurlarini kengaytiradi, tafakkurlarini rivoj-lantiradi, xotirani 
mustahkamlaydi va nutqni boyitadi. Shuningdek, ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan 
narsa va hodisalar bilan tanishtiradi, ular to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlaydi va 
to‘ldiradi, yuqori axloqiy sifatlarni (mehnatga qiziqish, ona tabiatga muhabbat, o‘z
o‘rtoqlariga sadoqat va hokazolar) shakllantirishga yordam beradi. 
O‘quvchilarni insho yozishga o‘rgatish uchun narsa-buyumlarni tasvirlovchi 
predmetli rasmlardan, sujetli rasmlardan, repro-duksiyalardan, peyzaj va 
naturmort, etud rasmlardan foydalaniladi.
M. M. Konina o‘quvchilarni rasmlarga qarab insho yozishgao‘rgatishning 
quyidagi mashg‘ulot turlarini ajratib ko‘rsatadi: 1) narsa-buyumlarni tasvirlovchi 
rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish; 2) voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy 
insho yozish; 3) voqeaband rasmlar asosida mazmunli insho yozish; 4)
voqealar ketma-ket keladigan rasmlar to‘plami asosida insho yozish; 5)
peyzajli (manzarali), naturmort rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish. O‘qituvchi
insho yozish uchun rasm tanlashda quyidagi talablarga amal qilishi kerak: a) 
voqealar oddiy bo‘lishi, o‘quvchining yoshiga qarab voqeaning murakkablashib
borish tamoyiliga amal qilishi; b) mazmuni jihatidan o‘quvchilarning yoshiga
va nutqining rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi; d) o‘quvchining xayolini,
tafakkurini, estetik his-tuyg‘ularini, kuzatuvchanligini, nutqini rivojlantirishga 


29 
yordam berishi; e) rasmda tasvirlangan narsa-buyumning ko‘rinishi yoki
voqeaning biror-bir qismida haqiqatni buzib tasvirlash hollari bo‘lmasligi.
Kichik sinf. Bu sinfda rasmga qarab insho yozishgao‘rgatishga tayyorgarlik 
bosqichi amalga oshiriladi. Bu sinf o‘quvchilari hali o‘z fikrlarini bir-biriga 
bog‘lab bayon eta olmaydilar. Ularning nutqi dialog ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu 
yoshdagi o‘quvchilar rasmdagi narsa-buyumlarning nomini, ularning ayrim 
sifatlarini va harakatlarini aytib berish bilangina kifoyalanadilar, bu 
o‘quvchilarda idrokning yaxshi rivojlanmaganligi, so‘z to‘plamining kamligi, 
gaplarni to‘g‘ri tuza olish malakasining shakllanmaganligi bilan bog‘liqdir. Rasm 
bo‘yicha ishlashda o‘qituvchining asosiy vazifasi quyidagilar: 1) rasmni ко'rib
chiqishga, undagi eng muhim narsani seza olishga o‘rgatish; 2) rasmda 
tasvirlangan narsa-buyumlarning nomlarini aytishdan sekin-astalik bilan 
bog‘langan nutq ustida (savollarga javob berish va uncha katta bo‘lmagan 
insholar yozish) mashq qilishga o‘tish.
O‘quvchilarni rasmlar bilan tanishtirish mashg‘uloti turli xilda olib borilishi
mumkin. Mashg‘ulot asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1. Savollar yordamida rasmni ко'rib chiqish.
2. O‘qituvchining namuna-inshosi bilan yakunlash. Mashg‘ulot uncha katta 
bo‘lmagan kirish suhbati bilan boshlanishi mumkin. Uning maqsadi rasmda
tasvirlanganlar to‘g‘risida o‘quvchilarning tasawurini aniqlashdan va
emotsional kayfiyatni vujudga keltirishdan iboratdir. O‘qituvchining savollari
mashg‘ulotdagi asosiy metodik usullardan biri hisoblanadi, shuning uchun 
savollarni oldindan puxta o‘ylab olish muhimdir. O‘quvchilarga beriladigan 
savollar tushunarli bo‘lishi va unga javob berishda qiyinchilik tug‘dirmasligi 
kerak.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar rasm asosida ikki-uch so‘zdan iborat
bo‘lgan
gaplar yordamida inshoyozib berishga o‘rganadilar. Rasmni ko‘zdan kechirish
o‘quvchilar nutqining to‘g‘ri va aniq rivojlanishiga yordam beradi. O‘qituvchi,
rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarni va voqealarni to‘g‘ri aytishlarini nazorat


30 
qilib borishi kerak. O‘qituvchi o‘z nutq namunasi, savollari, ko‘rsatmalari
bilan o‘quvchilarga rasmda tasvirlangan narsa-buyumlarning sifat va
belgilarini aniq belgilovchi so‘zlarni tanlay olishlarida yordam beradi. Kichik
sinflarda dastlabki rasmlar alohida narsa-buyumlar (o‘yinchoqlar yoki tanish
uy jihozlari), uy hayvonlari, o‘quvchilar hayotidan olingan murakkab bo‘lmagan 
voqealar tasviridan iborat bo‘ladi. Mashg‘ulotdan so‘ng rasm sinf xonasida bir
necha kunga qoldiriladi. O‘quvchilar yana bir marta rasmni ko‘zdan kechirib
chiqadilar. Ilgari
ko‘rmagan narsalarini ko‘radilar, bir-birlariga fikrlarini aytishadi. O‘qituvchi 
bunday ko‘zdan kechirishlarga rahbarlik qiladi, ya'ni ularning aytayotgan 
fikrlarini aniqlashtiradi, qo‘llab-quwatlaydi, rag‘batlantiradi.
O‘rta sinf. Bu sinf o‘quvchilarining nutqi takomillashadi, fikrlashi 
faollashadi, uncha katta bo‘lmagan insho tuza oladilar. Dastlab o‘quvchilar
o‘qituvchining savollari yordamida inshoyozib beradilar. Bu o‘quvchilarning 
jamoa bo‘lib tuzgan yoki o‘qituvchi va bitta o‘quvchining hamkorlikda
yozganinshosi bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning
barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o‘zi to‘liq insho yozib beradi. So‘ngra
o‘quvchilar o‘qituvchining namuna-inshosini takrorlaydilar. Bu sinfda
o‘qituvchining namuna inshosi o‘quvchilarning undan nusxa olishlari uchun
beriladi. „Huddi mendek insho yozib bering", „Yasha, mening inshomni eslab
qolibsan", — deb o‘qituvchi o‘quvchilarni rag‘batlantiradi, ya'ni ushbu sinfda
o‘quvchilardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna-insho 
ma'lum bir talablarga javob berishi kerak.
O‘rta sinf o‘quvchilarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali 
rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozishga o‘rgatish mumkin. O‘qituvchi 
o‘quvchilarni o‘z inshosida lug‘atidagi so‘zlardan, sifatdoshlardan, 
aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o‘rgatishi kerak. 
O‘quvchilar rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozishga (bir yoki bir qancha narsa-
buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, xarakterlari
to‘g‘risidagi insho) o‘rganib olganlaridan so‘ng voqeaband suratlar bo‘yicha


31 
voqeaband insholar yozishga o‘rgatiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida
tasviriy xarakterga ega bo‘lgan bog‘langan inshoyozadilar. Bu sekin-astalik
bilan o‘quvchilarni mustaqil ravishda voqea band insholar yozishlariga yordam 
beradi.
Katta sinfda o‘quvchilarning faolligi o‘sadi, nutqi takomillashadi, turli 
rasmlar bo‘yicha mustaqil inshoyoza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan 
mashg‘ulotlarda ularning mazmuniga qarab liar xil vazifalar qo‘yiladi: 1) 
o‘quvchilarni rasmlarning mazmunini to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish; 2) his-
tuyg‘ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: 
tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar); 3) rasmlar bo‘yicha 
bog‘langan insho yozishga o‘rgatish; 4) lug‘at to‘plamini kengaytirish va
faollashtirish (o‘quvchilar xotirada saqlashlari lozim bo‘lgan yangi so‘zlar yoki 
aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo‘lgan so‘zlar oldindan aniq
rejalashtiriladi). Boshlang‘ish sinfda o‘quvchilarni insho yozishga o‘rgatish
jarayonida o‘qituvchining rahbarligi o‘zgaradi. Endi u shaxsan
ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o‘tadi, zarur bo‘lgandagina aralashadi.
Katta sinf o‘quvchilarining insholariga katta talablar qo‘yiladi: voqealarni uzviy 
bog‘langan holda, grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar tuzib bayon qilish; til
vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq belgilash)
mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni o‘quvchi
tomonidan ongli tarzda anglash uni to‘g‘ri bajarishning asosiy shartlaridan bin 
hisoblanadi. Bu jihatlarga o‘qituvchining rahbarlik qilishi juda katta 
ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va to‘g‘ri bajarishga yordam 
beradi. O‘qituvchining namuna-inshosi, ayniqsa, maktabga tayyorlov sinfida
ularning inshoyoza olish malakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun
asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi o‘quvchidan namuna-inshoning
ay nan o‘zini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib,
o‘zgartirib, umuni-lashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib insho 
yozishni talab etadi. Namuna ko‘pincha rasmning bir qismi uchun taalluqli
bo‘lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil insho yozish imkonini beradi.


32 
Maktabga tayyorlov sinfida o‘qituvchining namuna-inshosi, sinfda rasmdagi
mazmunni bog‘langan holda bayon etishga qiynaladigan o‘quvchilar bo‘lsagina 
taklif etiladi. Bunday mashg‘ulotlarda insho rejasini berish, insho mazmunini va 
izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi. Katta sinfda
rasmga qarab insho yozishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-
buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish; 
peyzajli va natyumortli rasmlar bo‘yicha tasviriy insho yozish; rasmlar seriyalari 
— to‘plamlari bo‘yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda") 
insho yozish. Rasmlar to‘plami bo‘yicha insho yozish malakasini 
takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo‘lib inshoyozish 
— avval boshlanishini o‘qituvchi tuzadi, o‘quvchilar tugallashadi; bir o‘quvchi 
boshlaydi, boshqasi davom ettiradi. Quyida misol tariqasida bog‘lanishli nutqni
rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg‘ulotda
nutqning turli vazifalari hal etiladi.
I qism. Bog‘lanishli nutq. „Tipratikanlar" rasmi bo‘yicha insho yozish.
Dastur mazmuni. O‘quvchilarning yovvoyi hayvonlar (tipra-tikanlar) 
to‘g‘risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo‘yicha insho yozishga 
o‘rgatish.
II qism. Lug‘at ishi. Topishmoqlarni topish.
Dastur mazmuni. O‘quvchilarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning 
mazmunini tushunishga o‘rgatish.
III qism. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, tovushlarining to‘g‘ri 
talaffuzini mustahkamlash.
Darsning mazmuni. tovushlarining to‘g‘ri talaffuzini aniqlash, mustahkamlash, 
fonetik idrokni o‘stirish, tovushlari bo‘lgan so‘zlarni aniq va cho‘zib talaffuz 
etishga o‘rgatish.
Mashg‘ulotning borishi. O‘qituvchi o‘quvchilarga tipratikan haqidagi she'rni 
aytib beradi. So‘ngra o‘qituvchi so‘raydi: „Tipratikanning tanasi nimalar bilan 
qoplangan?" (Ignalar bilan.) „Tipratikan qanday?" (Tikanli.) Tipratikan 
haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi:


33 
Tikuvchimas, bichuvchimas,
Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan.
So‘ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun: ninasi
ancha ekan, yoviga sanchar ekan" deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar
bilan qoplangan, bironta yowoyi hayvon uni yemoqchi bo‘lsa, dumaloqlanib
olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari yovga (dushmaniga)
sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi bo‘lsak, ignalarini qo‘limizga sanchib
olishi mumkin. Unga tegib bo‘lmaydi, tikanli.)
Yana bitta topishmoq aytadi:
„Ignalarini o‘zi bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaycli". O‘qituvchi so‘raydi: 
Nima uchun „Tikishni bilmaydi" deyilgan? Yana qanday ignalar bor, ular nima 
uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.) Tipratikanning ignalari bilan tikish
uchun ishlatiladigan ignalar nimasi bilan o‘xshash? (ular o‘tkir, uzun, ingichka.) 
O‘qituvchi „Tipratikanlar" rasmini („Yovvoyi hayvonlar" seriyali rasmlardan)
ko‘rsatadi. O‘quvchilarga uni diqqat bilan ko‘rib chiqishni taklif etadi va
savollar beradi: „Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona tipratikan nima qilyapti?
Tipratikan o‘quvchilari-chi? Tipratikanlar nima yeydi? Unga ignalar nima
uchun kerak? U qanday? Tipratikanni nima bilan taqqoslash mumkin?"
Javoblarni tinglaydi va o‘quvchilarga tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan
chiqarmaslikni aytadi. Shu rasm yuzasidan bir o‘quvchining inshosi:
„Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan. Kunlar-dan bir kuni ular
o‘tloqqa sayr qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni ko‘rib ularga
tikilib qaray boshlabdi. Ikkita tipratikancha esa qo‘ng‘izga qarab o‘yiashibdi,
bu kim ekan, bitta tipratikancha esa xuddi koptokka o‘xshab, dum-dumaloq
bo‘lib olibdi. Qo‘ng‘iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo‘rqib, tumshug‘ini 
ichkariga yashirdi". Ikkinchi bir o‘quvchining inshosi: Bir bor ekan, bir yo‘q
ekan. Ona
tipratikan bilan tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani
bog‘ga borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtni ko‘rib qoldi. Ikkita kichkina
tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko‘rib qolib, unga qarab turishibdi va 


34 
qanday taqsimlab olishga hayron".
Uchinchi o‘quvchining inshosi: „Tipratikanchalar va ona tipratikan yashar
ekan. Kunlardan bir kun ular o‘rmonga sayr qilgani borishibdi. Ikkita 
tipratikancha qo‘ng‘izni ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi. Ular qarasalar, 
shox-shabbalarning ostida bir ko‘k rangdagi dum-dumaloq narsa. Bu ularning 
akalari bo‘lib, u qo‘rqqanidan xuddi koptokka o‘xshab dum-dumaloq bo‘lib olgan
edi. Ular akalariga qarayotganlarida, qo‘ng‘izlar qochib qolishdi".
O‘qituvchi o‘quvchilardan kimning inshosi nimasi bilan ko‘proq 
yoqqanligini, har bir tinglagan insholarida qanday yangi va qiziqarli 
narsalarni eshitganliklarini so‘rab oladi. Katta sinf o‘quvchilari sekin-astalik
bilan rasmda tasvirlangan tabiat manzaralarini (peyzajni) tasvirlash bilan o‘z
insholarini to‘ldirib boradilar. Masalan, „Qishki o‘yinlar" rasmi yuzasidan
o‘quvchi shunday
insho yozishi mumkin: „Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun iliq va 
quyoshli. Osmon ko‘m-ko‘k, beg‘ubor...". Rasm bo‘yicha insho yozishga 
bunday tasvirlashni kiritish o‘quvchilarni manzarali (peyzajli) va naturmort
rasmlar bo‘yicha insho yozishga tayyorlaydi. Bu insho turi maktabga
tayyorlov sinfida tashkil etiladi. O‘quvchilarni manzarali va naturmort rasmlar
bo‘yicha insho yozishga o‘rgatishning qiziqarli va samarali uslubiyotini N. M.
Zubareva ishlab chiqqan. Jumladan, ushbu uslubiyotni u quyidagicha yoritadi:
„ O‘quvchilarni manzarali rasmni idrok qilishga sekin-astalik bilan, ularning
emotsional kayfiyatlariga tayangan holda, tabiatni kuzatish bilan bog‘lab
o‘rgatib boriladi.
Manzarali rasmni idrok qilishni tevarak-atrofdagi tabiatning rang-
barangligini va chiroyini kuzatish bilan (quyoshning chiqishi va botishi, 
momaqaldiroq, oqshom, ob-havo (bulutli, ochiq), izg‘irin shamol va 
boshqalar) bog‘lab olib borish kerak. Manzarali rasmni ко'rib chiqishda 
quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: Rassom bizga bu o‘rmon
haqida (ushbu daraxt, maysazor, o‘tloq haqida) nimalarni insho yozib
bermoqchi bo‘lgan? Nima uchun rassom o‘zining rasmini shunday nomlagan?


35 
Rassomga nima qiziqroq, chiroyliroq ko‘rinadi? O‘qituvchining „nima
haqida...", „nima to‘g‘risida..." degan savollari
rasmning tavsifini aniqlashga, tabiat manzarasi to‘g‘risida aniq tavsif 
berishga yordam beradi. U yoki bu rasmning badiiy g‘oyasini yaxshi 
tushunish va aniqlash uchun mustqadan, poetik (she'riy) asarlardan 
foydalanish ma'qul. Bu o‘quvchilarda, bir tomondan, barqaror diqqatning vujudga 
kelishiga yordam bersa, ikkinchi tomondan, ularning kayfiyatini ko‘taradi,
tasvirlash uchun o‘xshatishlar, epitetlar, taqqoslashlar va kinoyalarni tanlashga 
yordam beradi".
Masalan, Safo Ochilning, „Ko‘klam qo‘shig‘i", Shukur Sa'dullaning 
„Bahor keldi", Zafar Diyorning „Qor", she'r-laridan, tabiat to‘g‘risidagi o‘zbek 
xalq qo‘shiq va laparlaridan foydalanish mumkin. Rasmning g‘oyasini tushunishga 
yordam berishda ushbu metodik usul ham yordam berishi mumkin: o‘qituvchi
o‘quvchilardan qor bilan o‘ynayotganlarida, uyda onalari bo‘lmaganda,
shifokor emlash uchun kelganda va hokazo vaziyatlarda kayfiyatlari qanday
bo‘Iishini so‘raydi. O‘qituvchining namuna-inshosi yoki ada-biy asarni o‘qib
berishi katta
ahamiyatga ega. Masalan, V. Baksheyevning „YashiI bahor", O‘.
Tansiqboyevning „Kuz" rasmini ko‘zdan kechirishda mashg‘ulotni O‘tkir
Hoshimovning „Tomchi haqida ertak" hikoyasini, Qudrat Hikmatning „Bu
qaysi fasl?" asaridan parcha o‘qib berish bilan tugallash mumkin.
Maktabga tayyorlov sinfida naturmortlarni ko‘rib chiqish va tasvirlash 
mashg‘uloti tashkil etiladi. O‘qituvchi doskaga uncha murakkab bo‘lmagan
rasmni (naturmortni) yoki rasmda tasvirlangan idishlardan, gullardan,
mevalardan stol ustida, xuddi rasmda tasvirlangandek, „naturmort" yasaydi.
So‘ngra o‘quvchilarning o‘zlari narsa-buyumlardan „naturmort" yasaydilar va bir 
vaqtning o‘zida „naturmortni" tasvirlaydilar: rangini, bo‘yoqlarning mosligini,
narsalarning shaklini aytib tasvirlaydilar, keyin esa rasmdagi „naturmort" bilan
taqqoslaydilar. „Stoldagi naturmortni ko‘rib chiqish o‘quvchilarga narsa-
buyumlarning turli sifat xususiyatlarini, belgilarini aniqlashga yordam beradi,


36 
ularning estetik sifatlari to‘g‘risidagi tasawurlari doirasini kengaytirishga ta'sir
Xulosa 
Insho yoki inshoni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun 
darsning ikkinchi qismi - 20-25 minuti ajratiladi. Oqituvchi o‘quvchilar insho yoki 
inshoni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan 
matnni o‘qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va 
nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilash yo‘li tushuntiriladi. 
Shundan so‘ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o‘qituvchi yo‘l qo‘yilgan xatoning 
bir turini to‘g‘rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo‘rin ishlatilgan so‘zni 
boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o‘qib yoki yozib beradi, 
o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so‘z bilan 
almashtirib, uni to‘g‘rilaydilar va tushuntiradilar. 
Ayrim o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda, 
qo‘shimcha mashg‘ulot jarayonida to‘g‘rilanadi. Oquvchi bilan individual 
suhbatda ham, sinfda jamoa bo‘lib ishlash jarayonidagi kabi, bolalarning aqliy 
faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to‘g‘rilashi 
va tushuntirishiga erishish muhimdir. 
Grammatik mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan 
xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi 
tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o‘rganganda, kishilik olmoshlarining 
takrorlangan so‘zlar o‘rnida qanday ishlatilishi o‘quvchilarga misollar bilan 
tushuntirilsa, ular ham insho yoki insho yozishda shunga rioya qiladilar. 
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi muvaffaqiyati uch 
asosiy omilga bog‘liq: birinchidan, so‘zga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, 
bolalarning ko‘p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to‘g‘ri va ifodali nutqi, 
ya’ni nutqiy sharoit; ikkinchidan, bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil 
etilishi; 
uchinchidan, 
nutq 
o‘stirishda o‘qituvchining til nazariyasiga, 
grammatikaga, leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko‘nikmasiga 
bog‘liq
.


37 

Download 498.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling