Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning


Download 432.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana22.11.2023
Hajmi432.53 Kb.
#1793998
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Q.x.iqt 7-mavzu Maruza matni

3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning
turlari va aniqlanish tartibi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy 
qiymat ko‘rsatkichlari bilan birgalikda o‘rtacha xarajatlar, ya’ni tannarx 
ko‘rsatkichi ham mavjud. Tannarx bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy 
kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan 
mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning bir birligi 
xo‘jalik uchun necha so‘mga tushganligi aniqlanadi. Uning darajasi baho bilan 
taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko‘riladigan zararlar aniqlanadi. Bu 
ko‘rsatkich xo‘jaliklar uchun juda muhimdir.
Tannarx deganda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni 
bajarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uning mutlaq darajasini 
aniqlash uchun barcha xarajatlarning umumiy summasi shu xarajatlar yordamida 
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.
Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
YM
X
T


=
;
Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxi
X – qilingan xarajatlarning summasi; 
YM – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, ko‘rsatilgan 
xizmatlar miqdori. 
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi: 
- reja tannarxi; 
- ishlab chiqarish tannarxi; 
- to‘liq tannarxi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun ishlab chiqarish 
xarajatlari yig‘indisini yalpi yetishtirilgan mahsulot miqdoriga taqsimlash orqali
aniqlanadi. To‘liq tannarx esa barcha xarajatlarning yetishtirilgan yalpi mahsulot 
miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. To‘liq 


tannarx tijorat tannarxi deb ham ataladi, chunki u asosan sotilgan mahsulotlar 
uchun hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (ishlar va xizmatlar)ning reja tannarxi ham 
aniqlanadi. Reja tannarxi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan 
me’yorlar asosida aniqlanib, qishloq xo‘jalik korxonasi tomonidan yil boshida 
tuziladigan “Biznes reja”da aks ettiriladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining reja
tannarxini aniqlash yil boshida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy 
maqsad –ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan mahsulotlarning ilmiy asoslangan 
me’yorlar asosida reja tannarxini aniqlab olish va shu asosida tannarxni nazorat 
qilib borishdir. Bunda xarajatlar ilmiy asoslangan me’yorlar darajasida amalga 
oshirilayotganligi kuzatib boriladi. Agar ilmiy asoslangan me’yorlardan ortiqcha 
xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini 
yaratib beradi.
Qishloq xo‘jaligida barcha xarajatlarni amalga oshirish natijasida asosiy va 
turli xildagi qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Jumladan, paxtachilikda paxta 
xomashyosi asosiy mahsulot hisoblansa, g‘o‘zapoya qo‘shimcha mahsulot 
sanaladi. G‘alla yetishtirishda don asosiy, somoni (poyasi) qo‘shimcha 
mahsulotdir. Sut yo‘nalishidagi qoramolchilikda sut asosiy, buzoq va go‘sht 
qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Lekin tarmoqdagi barcha xarajatlar asosiy 
mahsulotni yetishtirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan asosiy va qo‘shimcha mahsulotlarning 
ishlab chiqarish tannarxini aniqlashda xarajatlar asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar 
o‘rtasida koeffitsiyentlar orqali taqsimlanadi. Masalan, donchilikda qo‘shimcha 
mahsulot hisoblangan somon belgilangan koeffitsiyentlar yordamida asosiy 
mahsulotga aylantiriladi. Ularni asosiy mahsulotlarning miqdoriga qo‘shib, yalpi 
don mahsulotining shartli miqdori aniqlanadi. Jami shartli mahsulot tarkibidagi 
asosiy hamda qo‘shimcha mahsulotlarning salmoqlari aniqlanadi. Shundan so‘ng 
jami ishlab chiqarish xarajatlari aniqlab olingan salmoqqa mutanosib ravishda 
asosiy va qo‘shimcha mahsulotlarga taqsimlanadi. Asosiy mahsulot hissasiga 
to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy mahsulotning haqiqiy 
miqdoriga taqsimlab, asosiy mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Qo‘shimcha 
mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘shimcha 
mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlash orqali esa qo‘shimcha mahsulotning 
tannarxi aniqlanadi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda olinadigan qo‘shimcha 
mahsulotlarni shartli asosiy mahsulotga aylantirish koeffitsiyentlari 7.1-jadvalda 
keltirilgan.


7.1-jadval 

Download 432.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling