Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti


Download 432.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana22.11.2023
Hajmi432.53 Kb.
#1793998
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Q.x.iqt 7-mavzu Maruza matni

 
 
7.3-chizma.
 Qishloq xo‘jaligida mahsulot tannarxi obyektlari
 
Xarajatlarni kalkulyatsiyalash - qilingan xarajatlarni aniq xarajat 
obyektlariga taqsimlash jarayonidir. Xarajatlarni kalkulyatsiyalash orqali mahsulot 
tannarxi tarkibida har bir xarajat elementining salmog‘ini aniqlash va tegishli 
choralarni ko‘rish imkoni yaratiladi.
Mamlakatimizda qabul qilingan 2008-2012-yillarga mo‘ljallangan Inqirozga 
qarshi choralar dasturining uchinchi yo‘nalishi – qat’iy tejamkorlik tizimini joriy 
etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni 
rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishdir. Shu 
maqsadda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq 
va sohalarda mahsulot tannarxini kamida 20 foiz tushirishga qaratilgan chora 
tadbirlarni amalga oshirish borasidagi takliflari ma’qullangani va shu asosida 
ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini qayd etish lozim.
4. Qishloq xo‘jaligida xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini 
pasaytirish yo‘llari. 
Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tannarxi tarkibida moddiy 
xarajatlar salmog‘i ortib bormoqda. Shu sababli mamlakatimizda qabul qilingan 
Inqirozga qarshi choralar dasturida korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va 


texnologik jihatdan qayta jihozlash orqali mahsulot tannarxini pasaytirishga 
alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 
qo‘llanilayotgan me’yorlarning ko‘pchiligi sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan 
bo‘lib, tejamkorlik talablariga to‘liq javob bermaydi. Shu sababli mazkur dasturda 
ushbu me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish ham nazarda tutilgan. 
Buning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyat yo‘nalishi 
bo‘yicha tannarxni pasaytirish omillari to‘g‘risida keng va chuqur tasavvurga ega 
bo‘lishi lozim. Umumiy holda, mamlakatimiz korxonalarida tannarxni 
pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiqdir (7.4-chizma). 

Download 432.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling