Qisqacha xulosalar
Barcha tarmoqlarda bo‘lgani singari qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ham
mahsulot ishlab chiqarish uchun turli arajatlar qilinadi.
Tarmoqda qilinadigan
xarajatlarning turkumlanishi 1999-yil 5-fevralda O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar,
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari xarajatlar qilinishida
ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunda tabiiy omillarning ta’siri, ishlab
chiqarishning
mavsumiyligi kabi o‘ziga xos xususiyatlari xarajatlar hajmi va tarkibiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatiga baho
berishda mahsulot tannarxi
ham muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
faoliyat yurituvchi
tadbirkorlik subyektlarining faoliyati samaradorligini
oshirish uchun mahsulot
tannarxini arzonlashtirish muhim ahamiyatga ega.