Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti
Download 432.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Q.x.iqt 7-mavzu Maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAHSULOT TANNARXI” MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI Bilim sohasi
- Termiz – 2023 7-MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH
- Tayanch iboralar
- 1. Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlarning mohiyati va ahamiyati.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI “QISHLOQ ХO‘JALIGI IQTISODIYOTI” FANIDAN “QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI” MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI Bilim sohasi: 200000 - Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq Ta’lim sohasi: 230000 - Iqtisod va biznes Ta’lim yo‘nalishi: 5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) Termiz – 2023 7-MAVZU: QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI. Reja: 1. Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlarning mohiyati va ahamiyati. 2. Qishloq xo‘jaligida xarajatlarning turkumlanishi. 3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning turlari va aniqlanish tartibi. 4. Qishloq xo‘jaligida xarajatlarni tejash va mahsulotlar tannarxini pasaytirish yo‘llari. Tayanch iboralar: xarajat, doimiy xarajatlar, o‘zgaruvchan xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari, favqulodda xarajatlar, o‘rtacha xarajat, tannarx, reja tannarx, ishlab chiqarish tannarxi, to‘liq tannarx. 1. Qishloq xo‘jaligida qilinadigan xarajatlarning mohiyati va ahamiyati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxonaning asosiy maqsadi foyda olishdir. Ammo ushbu maqsadni amalga oshirish, unga erishish korxonadagi ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori va korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga bo‘lgan talab bilan chegaralangandir. Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy sharti bo‘lib, shu bilan birga taklif hajmiga ta’sir etuvchi asosiy omildir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish, uning tarkibini tahlil etish korxona samaradorligini oshirish, uni oqilona boshqarishining muhim shartlaridan biridir. Qiymat nazariyasi tarafdorlari fikriga asosan, ishlab chiqarish xarajatlarini tovar ishlab chiqarishga sarflar (ish haqi, xomashyo, yoqilg‘i, mehnat qurollarining amortizatsiyasi) sifatida talqin etgan. Undan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga u savdodagi xarajatlarni ham qo‘shgan. Birinchi xil xarajatlarni ular ishlab chiqarish, ikkinchi xilini esa muomala xarajatlari deb atagan. Bunda ular bozordagi ahvol va boshqa holatlarni e’tiborga olgan. Qiymat nazariyasi tarafdorlari tovarning qiymatini ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etadi degan fikrni ilgari surgan. Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi xarajatlar tasnifiga boshqacha yondoshadi. Unda resurslarning chegaralanganligi, noyobligi va ulardan alternativ foydalanish nazarda tutiladi. Resurslardan alternativ foydalanish deganda daraxtdan mebel, qurilish materiali, qog‘oz va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari tushuniladi. Bunga ko‘ra, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan biron-bir resursning iqtisodiy xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun eng oqilona ishlatish usuli qiymatiga teng. Resurslarning chegaralanganligi sababli har doim ishlab chiqarishni tashkil etish, tanlash muammosi oldida turadi. Tanlash bir vaqtining o‘zida biror-bir narsadan voz kechishni anglatadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari turli mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlarni bajarish uchun moddiy, pul va mehnat xarajatlarini amalga oshiradilar. Masalan, urug‘lik, mineral va mahalliy o‘g‘itlar, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, yem-xashaklar, asosiy vositalarning eskirish qiymati, xodimlarning mehnatlariga to‘langan haqlar, soliqlar, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va boshqalar. Download 432.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling