Innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti
Download 432.53 Kb. Pdf ko'rish
|
Q.x.iqt 7-mavzu Maruza matni
7.4-chizma. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari Qishloq xo‘jaligida har bir so‘mni oqilona, maqsadga muvofiq sarflashga harakat qilish, ya’ni moddiy, pul va mehnat xarajatlarini tejash, shu orqali yetishtiriladigan mahsulotlarning, bajariladigan ish va xizmatlarning tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim. Buning uchun: • dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida mavjud bo‘lgan barcha ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida tadbirkorlik bilan oqilona, samarali foydalanib, barcha ishlarning vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash; • ekinlarning tezpishar, yuqori hosilli navlarini, urug‘chilikni, chorva hayvonlarining mahsuldor zotlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishni ta’minlash; • xarajatlarni tejaydigan yangi texnika, samarali texnologiyalarni joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada mexanizatsiyalashganlik, avtomatlashganlik darajasini oshirib, mehnat unumdorligini oshirish; Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari Import qilinadigan resurslar narxlarini qayta ko‘rib chiqish va pasaytirish Materiallar sarfi me’yorlarini pasaytirish Mahalliy xomashyo va materiallardan foydalanish darajasini oshirish Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish Foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini konservatsiya qilish Ma’muriy boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish • qishloq xo‘jalik korxonalarining texnik va texnologik jihatdan ta’minlanganlik darajasini oshirish; • yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va sug‘orishning zamonaviy, tejamkor usullarini qo‘llash; • qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyor bo‘lganda o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish, saqlash va tashishni to‘g‘ri tashkil etish; • mehnatni tashkil etishning samarali shakllarini joriy etish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish; • ekinlar hosildorligini, chorva hayvonlarining mahsuldorligini oshirishga erishish lozim. Download 432.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling