Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) - Ombudsman soʻzi – bugun rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda “inson huquqlarini himoya qiluvchi” sifatida tushuniladi. Bu soʻz shved tilidan olingan boʻlib “vakil” degan maʼnoni anglatadi. U eng avval shved qiroli huzurida faoliyat yuritgan. Keyinchalik parlament shakllangandan soʻng 1809-yildan Parlament huzuriga koʻchgan.
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-aprelda boʻlib oʻtgan sakkizinchi sessiyasida “Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Shu kunga qadar ushbu hujjat Ombudsman vazifalari va vakolatlarini kengaytirish zaruriyati nuqtayi nazaridan takomillashtirilib, yangi tahrirda qabul qilindi.
Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi (MIHHQMGA) 1993-yildan buyon jahondagi mavjud Ombudsman institutlari salohiyatini baholash boʻyicha faoliyat yuritadi. Qayd etish lozimki, 2020-yilda Global alyans tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) faoliyatining Parij prinsiplariga muvofiqligi boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazildi va unga “V” maqomi berildi - Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi (MIHHQMGA) 1993-yildan buyon jahondagi mavjud Ombudsman institutlari salohiyatini baholash boʻyicha faoliyat yuritadi. Qayd etish lozimki, 2020-yilda Global alyans tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) faoliyatining Parij prinsiplariga muvofiqligi boʻyicha akkreditatsiyadan oʻtkazildi va unga “V” maqomi berildi
- 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisidagi qonunining yangi tahriri qabul qilindi. Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning huquqlarini, majburiyatlarini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va kafolatlarini belgilaydi
Quyidagilar esa Ombudsman mintaqaviy vakillarining asosiy vazifalari etib belgilangan: - inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va oʻtkazish;
- fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʻmaklashish;
- oʻz tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga koʻra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida koʻrib chiqishni tashkil qilish;
- ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo oʻtayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
- inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |