Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
nm zool oq charloq, baliqchi qush. goélette
nf yengil 2 yelkanli kema. goémon
nm dengiz suv o‘tlari. gogo
(à)
loc adv fam juda ko‘p, mo‘l, serob, to‘kinchilikda. gogo
nm fam soddaroq, go‘lroq, anoyiroq, anqovroq odam, ishonuvchan, befahm, anqov, laqma odam. goguenard, arde adj kulgili, istehzoli, masxara, mazax, mayna qilib aytilgan. goguenardise nf birovdan kulish, masxara, mazax, mayna, hazil qilish, piching, istehzo. goguette nf être en goguette ozgina kayfi bor, ichgan, mast, shirakayf bo‘lmoq. goinfre
adj badxo‘r, yeb to‘ymas, badnafs, mechkay. goinfrer (se) vpr fam haddan ziyod, ko‘p ovqat yemoq, ko‘p ovqat yeb bo‘kmoq, ochko‘zlik bilan yemoq. goinfrerie nf yeb to‘ymaslik, ochofatlik, mechkaylik. goitre nm méd bo‘qoq; goitre exophtalmique qalqonsimon bez funksiyasining buzilishi, yallig‘lanishi, bazedov kasalligi. goitreux, euse I. adj bo‘qoqqa oid, bo‘qoq, bo‘qoqli, katta jig‘ildonli; II. n qalqonsimon bez funksiyasi buzilgan odam, bazedov kasalligi betobi, bemori. golden
nm golden (olma navi). golf
nm anglic golf. golfe
nm ko‘rfaz, qo‘ltiq. golfeur, euse n golf o‘yinchisi. gommage
nm daraxt shirasi bilan qoplanish (yelim). gomme
nf 1. daraxt shirasi, yelim; la gomme arabique gummiarabik, arab yelimi, aqoqiyo, samg‘i arabiy; 2. rezina, o‘chirgich rezina; mettre la gomme fam tezlikni oshirmoq; à la gomme loc adj obro‘siz, sifatsiz, siyqa; foydasiz, keraksiz, hech keragi yo‘q; 3. daraxt shirasi kasalligi. gommé, ée adj 1. rezinali, rezinasi bor; shirali; du papier gommé shirali, yelimli, yopishqoq qog‘oz. gommer
vt 1. shira qoplamoq, shira qorishtirmoq, yelimlamoq; 2. rezina bilan o‘chirmoq. gommeux, euse I. adj 1. shirali, yelimli, seryelim; 2. yopishmoq, yelimshiq, shirador; II. nm vx olifta, o‘ta olifta yigit. gonade
nf biol gonada (odamda va hayvonlarda jinsiy hujayralar va jinsiy bezlar ishlab chiqaruvchi organlar; jinsiy bezlar). gond nm oshiq-moshiq; mettre qqn hors de ses gonds jahlini chiqarmoq, qonini qaynatmoq; sortir de ses gonds jahli chiqmoq, qoni qaynamoq. gondole nf 1. Venetsiya qayig‘i; 2. havo sharida, dirijablda odam o‘tiradigan joy; 3. o‘z-o‘ziga xizmat qilish do‘konlarida peshtaxta. gondoler
I. vi cho‘chchaymoq, oldinga chiqmoq, duppaymoq, qiyshaymoq, qing‘aymoq; burishmoq; II. se gondoler vpr fam yiqilguncha xoxolab kulmoq, o‘lgunday kulmoq. gonflable adj shishuvchi, puflanuvchi; un bateau gonflable shishiriladigan, rezina qayiq. gonflage ou gonflement nm 1. bo‘rtish, shishish, qappayish, ko‘ tarilish, bo‘rtib chiqish, shishib ketish, shish, qavariq, g‘urra, shishgan joy; 2. shinaga dam berish, shishirish, aerostatni gaz, havoga to‘ldirish. gonfler I. vt 1. dam bermoq, puflab shishirmoq, dam berib to‘ldirmoq (kamerani), gaz, havo bilan to‘ ldirmoq; 2. o‘ t oldirmoq, puflamoq, kattartirmoq, o‘stirmoq, orttirmoq, oshirmoq; gonfler les prix bahosini orttirmoq; gonfler l’appareil shtat, o‘rin, joyni ko‘paytirmoq; 3. to‘ldirmoq, puflab shishirmoq; la pluie gonfle le torrent yomg‘ir oqimni ko‘ tarib yubordi; 4. méd shishmoq; dumpaymoq, qappaymoq, dam bo‘lmoq; II. vi shishmoq, duppaymoq, bo‘rtmoq, to‘zmoq, uchmoq, ko‘tarilmoq (puflaganda, shamoldan); kattarmoq, ortmoq, oshmoq, pindiqlamoq (daraxt); III. se gonfler vpr 1. ko‘tarilmoq (daryo suvi) kattarmoq, kengaymoq; 2. g‘urra bo‘lmoq, shishib ketmoq, qavarmoq, bukmoq, bo‘rtmoq, kurtak chiqarmoq, dam bo‘lmoq (qorin); 3. kuchanmoq, zo‘r bermoq, kekkaymoq, chiranmoq. gonfleur nm dam soluvchi nasos, bosqon. gong nm zang; frapper le gong zang urmoq (boksda). goniomètre nm 1. burchak o‘lchagich; 2. kema, samolyot qayerda turganligini, yo‘nalishini ko‘rsatuvchi asbob, pelengator. goret
nm 1. cho‘chqa bolasi, cho‘chqacha; 2. fam irkit bola, isqirt. gorge
nf 1. bo‘g‘iz, halqum, hiqildoq, tomoq, og‘iz; prendre qqn à la gorge hippa bo‘g‘moq, bo‘g‘zidan olmoq, majbur qilmoq, og‘zini ochmaydigan qilmoq, churq etmaydigan qilmoq; la fumée me prend à la gorge tutundan nafasi qaytmoq; s’en donner à pleine gorge dodlamoq, ayuhannos solmoq; rire, crier à gorge déployée xoxolab kulmoq, ovozi boricha qichqirmoq; rendre gorge kekirmoq, o‘qchimoq, qusmoq, qayt qilmoq, ko‘ngli aynimoq; fig o‘g‘irlangan narsani qaytarib bermoq; faire des
GORGÉE
GOUVERNER
250 gorges chaudes de qqch ochiq mazax, mayna qilmoq, kulmoq; 2. ko‘krak, emchak (xotinlarniki); 3. tor oraliq, o‘tish joyi, dara, vulqon og‘zi, bo‘g‘izi; 4. butilka og‘zi; 5. techn nov, tarnov, porshen ariqchalari, halqasimon o‘yiq joy, chuqur, handaq; 6. yoqa (ko‘ylakda). gorgée
nf yutum, qultum, ho‘plam; boire à petites gorgées qultumlab ichmoq.
gorger vt 1. haddan ziyod ovqat bermoq, ko‘p ovqat yedirmoq, bo‘ktirmoq; 2. og‘zigacha to‘ldirmoq, tiqib to‘ldirmoq, tiqmoq; 3. ko‘mib tashlamoq, yog‘dirmoq, g‘arq qilmoq. gorille nm 1. gorilla, maymun; 2. fam shaxsiy soqchi. gosier nm halqum, bo‘g‘iz; avoir le gosier sec chanqamoq, tomog‘i qurib qolmoq. gosse
n fam bola, o‘g‘il, qiz bola, yigitcha, yosh bola; être beau gosse chiroyli, xushro‘y yigitcha bo‘lmoq. gothique I. adj 1. gotik, gotika uslubidagi; 2. fam almisoqdan, daqqiyunusdan qolgan, allaqachon eskirgan, qadimiy; II. nm archit gotika, gotik uslub; got tili. gouache nf 1. guash (akvarel bo‘yoq); 2. guash bilan chizilgan rasm. gouacher vt guash bilan rasm chizmoq, solmoq. gouaille nf birovdan ko‘rish, masxara, mayna, mazax qilish, piching, istehzo, kinoya, kesatiq, achchiq kinoya. gouailler fam I. vt masxara, mazax, mayna qilmoq, kulmoq; II. vi hazil- huzul, mutoyiba qilmoq, hangomalashmoq. gouape nf fam 1. bezori; 2. dangasa, yalqov, ishyoqmas, tanbal. goudron nm neft qoldig‘i (smolasimon qora modda), qatron yelim; du goudron minéral asfalt, qora saqich. goudronnage nm qatron, yelim, smola surish, surkash, saqichlash, asfaltlash. goudronner vt qatron shimdirmoq, asfaltlamoq, qora moyda to‘yintirmoq. gouffre nm 1. jar, tik, chuqur jar, tag, tubsiz chuqurlik, goh, qa’r, kamar; un gouffre océanique dengiz qa’ri; 2. fig girdob, aylanma, oqim; 3. fig o‘pqon; un gouffre d’argent isrofgar, behuda sarflovchi odam. goujat nm qo‘pol, tarbiyasiz, dag‘al, surbet, yuzsiz, orsiz odam. goujon nm qum, tanga baliq, toshbosh (mayda baliq turi). goulache nf gulyash (ovqat turi). goule nf g‘ul, g‘ ilon, qon so‘ruvchi arvoh, vampir (ayol obrazida). goulée nf katta qultum. goulet nm 1. tor yo‘lak, o‘tish, kirish; 2. tog‘ darasi tor oralig‘i. goulot nm idish bo‘g‘zi. goulu, ue I. adj ochko‘z, ochofat, mechkay, badnafs, yeb to‘ymas, suq; II. n yeb to‘ymas, ochofat, mechkay odam. goupil
nm vieilli tulki. goupille
nf techn metall o‘zakcha, chuv, chuv cho‘p; une goupille de sûreté saqlagich. goupiller vt 1. chuv cho‘p bilan mahkam lamoq; 2. fam ishni do‘ndirmoq, o‘rinlatmoq. gourbi
nm 1. kulba, kichik uy, qashshoq, xaroba uy, chayla, kapa (arablarda); 2. pana (joy), boshpana, xarob, pastqam kulbalar. gourd, gourde adj sovqotib, muzlab qotib qolgan, to‘ng‘ib qolgan, uvushgan (qo‘l, barmoqlar). gourde
nf 1. suvqovoq; 2. idish, flyaga, bidon; 3. fig fam oshqovoq, esi yo‘q, ahmoq, tentak, esi past, nodon, merov, go‘l. gourdin nm so‘yil, to‘qmoq. gourer
(se) vpr fam yanglishmoq, adashmoq, xato qilmoq, xatoga yo‘l qo‘ymoq, chalg‘imoq. gourmand, ande I. adj ishtaha bilan ovqat yeyishni yaxshi ko‘ruvchi; II. n shirintomoq, lazzatli ovqatlarga o‘ch odam. gourmander vt 1. so‘kmoq, o‘sal qilmoq, koyimoq, rosa urishmoq, adabini, ta’ziri berib qo‘ymoq, tanbeh bermoq; 2. fig bosmoq, tiymoq, jilovlamoq (his-tuyg‘usini). gourme
nf 1. toshma, issiqlik, sachratqi, chilla yara, temiratki (bolalarda); 2. saqov (otda bo‘ ladigan yuqumli kasallik); 3. jeter sa gourme fam aysh- ishratga berilmoq (yoshligida). gourmé, ée adj sun’iy, yasama, zo‘raki, zo‘rma-zo‘raki, samimiy emas, buzuq, mag‘rur, ulug‘vor, sipo, balandparvoz, dabdabali, xafa, tumshaygan, arazlagan, rasmiyatchi, rasmiyatparast, qoidaparast. gourmet
nm ovqat shinavandasi, mazaxo‘r, shirintomoq. gourmette nf 1. zanjircha (soatda); 2. ot suvlig‘i. gousse
nf 1. bot po‘choq, qo‘zoq, qovzoq, dukkak; 2. bo‘lakcha, pallacha; une gousse d’ail sarimsoqpiyoz bo‘ lakchasi. gousset nm 1. techn kronshteyn, burchak mahkamlagich; 2. cho‘ntakcha, kissacha, karmoncha. goût
nm 1. ta’m, mazasini sezish, ta’m, lazzat; ta’m sezgisi, boshqacha, qo‘shimcha ta’m; agréable au goût yoqimli ishtaha; être au goût de tout le monde hammaga yoqmoq; chacun son goût ko‘ngil ko‘ targanicha; 2. nafosat tuyg‘usi, did, ta’b; avoir le mauvais goût de andishasiz harakat qilmoq; 3. uslub, tarz, yo‘sin, usul, yo‘l; dans le goût de usulida; 4. havas, qiziqish, ishtiyoq, xohish, istak, mayl, yaxshi ko‘rish; avoir du goût pour qqch ishtiyog‘i bo‘lmoq; donner à qqn le goût de havas uyg‘otmoq, rag‘batlantirmoq; prendre goût à qqch ishqiboz bo‘lib qolmoq, havas, mayl qilmoq, ruju qilmoq, yaxshi ko‘rib qolmoq; n’avoir goût à rien hammasidan nafratlanmoq, to‘ymoq, bezmoq. goûter 1
mazasini ko‘rmoq, totmoq; 2. yoqimli, shirin deb topmoq, maza, huzur qilmoq, zavqlanmoq, rohatlanmoq, baho bermoq, baholamoq, qadrlamoq; goûter le bonheur baxt bilan zavqlanmoq; II. vi (de, à) 1. ozgina tamaddi qilib olmoq, yeb olmoq, gazak qilmoq; goûter un mets taomdan tamaddi qilib olmoq; 2. tushlik qilmoq, yemoq, tushki ovqatni yemoq; 3. urinmoq, harakat qilib ko‘rmoq. goûter 2
goûteur, euse n sinovchi, tatib ko‘ruvchi. goûteux, euse adj ishtahali, totli, mazali. goutte 1
gouttes d’eau ikki tomchi suvday, xuddi quyib qo‘yganday, bir-biriga juda ham o‘xshash; goutte à goutte loc adv tomchi-tomchi; passer entre les gouttes suvdan quruq chiqmoq; 2. fam qadah, jom, rumka, stakancha (spirt uchun); boire la goutte bir qadah (aroq) ichmoq; payer la goutte à qqn birovga qadah bermoq; 3. pl tom izg‘i, tomiziladigan dori; 4. on n’y (on ne) voit goutte qop-qorong‘i, zimiston, hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi; n’entendre goutte hech nima eshitm aslik. goutte
2 nf podagra, bo‘g‘inlar zirqirab og‘riydigan kasallik. goutter vi tommoq, tomchilamoq, tomizmoq. goutteux, euse I. adj bo‘g‘inlar zirqirab og‘rishiga oid; II. n podagra kasaliga uchragan, bo‘g‘inlari zirqirab og‘riydigan odam. gouttière nf 1. tarnov, suv oquvchi quvur; un chat de gouttière oddiy, xonaki mushuk; 2. méd taxtakach. gouvernable
adj boshqariladigan, boshqarib bo‘ladigan, boshqariluvchan. gouvernail nm 1. rul; un gouvernail de direction yo‘nalish ruli; 2. fig rahbarlik qilish ruli, boshqarish ruli, idora qilish ruli; tenir le gouvernail boshqarish jilovini, rulini qo‘lda tutmoq, davlat, hokimiyat tepasida turmoq. gouvernant, ante I. adj hukmron, hukumat tepasida turuvchi, idora qiluvchi; rais, boshliq, boshqaruvchi; le parti gouvernant hukmron partiya; II. nf murabbiya, tarbiyachi xotin; xo‘jalik boshqaruvchi ayol; III. nm pl hokimlar, hukmdorlar. gouverne
nf 1. yurish-turish qoidalari; ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, yo‘llanma; je vous dis cela pour votre gouverne buni sizga yo‘l-yo‘riq sifatida aytdim; 2. av rul, shturval; 3. pl ustki boshqarish ruli, idora qilish a’zolari, qismlari. gouvernement nm 1. hukumat; 2. idora qilish tarzi, shakli; un gouvernement républicain respublika shaklida idora qilish; 3. boshqarish, yurgizish, haydash; 4. qo‘l ostidagi o‘ lka, viloyat, noiblik; un gouvernement militaire harbiy noiblik. gouvernemental, ale, aux adj hukumatga oid, hukumat; parti gouvernemental hukumat partiyasi. gouverner I. vt boshqarmoq, idora qilmoq, yurgizmoq, haydamoq, rahbarlik, yo‘ lboshchilik, yetakchilik qilmoq, bosh bo‘lmoq, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmoq, mudirlik qilmoq; se laisser gouverner har maqomga solishiga
GOUVERNEUR
GRAND
251 qo‘yib qo‘ymoq; prov gouverne ta bouche selon ta bourse ko‘rpangga qarab oyoq uzat; II. vi rulga bo‘y bermoq; se gouverner vpr o‘zini tutm oq, o‘zini idora qilmoq, ushlamoq, boshqarmoq. gouverneur nm 1. noib, gubernator; 2. qal’a komendanti, boshlig‘i; 3. tarbiyachi, murabbiy, ustoz; 4. mudir, boshliq, direktor. grabat
nm qashshoq to‘shak (yotoq joyi); mourir sur le grabat qashshoqlikda o‘lib ketmoq. grabataire adj, nm to‘shakdan tura olmaydigan kasal, betob odam. grabuge nm fam urish, janjal, nizo, araz, o‘zaro aytishib qolish, dahanaki jang qilish, so‘kishish; shovqin, mojaro. grâce
nf 1. iltifot, lutf, yaxshilik, mehr, marhamat, ixlos, mayl, yoqtirish, xush ko‘rish; bonne grâce xushmuomalalik, muloyimlik, sermulozamatlik, sertakalluflik; être dans les bonnes grâces de qqn, être en grâce auprès de qqn birovning marhamatida bo‘ lmoq; trouver grâce aux yeux de qqn (auprès de, devant qqn) birovning ishonchini qozonmoq, pinjiga kirib olmoq; faites-moi la grâce de marhamat qiling, agar xizmat bo‘lmasa, buyursinlar! loc adv de grâce! marhamat, meni kechirasiz, xudo haqqi! 2. rahm, shafqat, kechirish, afv etish, gunohidan o‘tish; accorder la grâce à un condamné à mort o‘limga hukm etilganni afv etmoq; prier grâce, demander grâce rahm-shafqat so‘ramoq; faire grâce à qqn afv etm oq, kechirmoq; je vous fais grâce men gunohingizdan o‘taman; faites-moi grâce de vos observations tanbehlaringizdan qutqaring, xalos qiling; donner le coup de grâce o‘ldirmoq, azob-uqubatdan qutqarmoq; grâce! afv eting, shafqat qiling! 3. ko‘rkamlik, go‘zallik, malohat, latofat, joziba, xirom, jilva, nafislik, noziklik, nazokat, bejirim lik, yoqimlilik, istarasi issiqlik, yoqim toylik; de bonne grâce iltifot, nazokat, muloyimlik bilan, lutfan, jon deb, bajonidil; 4. tashakkur, rahmat, minnatdorlik; m innatdorchilik, shukur qilish; rendre grâces à qqn minnatdorchilik bildirmoq; une action de grâce qisqa ibodat; loc prép grâce à tufayli, sababli, sharofati bilan, natijasida; grâce à cela buning natijasida; grâce à Dieu, grâce au Ciel xudoga shukur, xayriyat! 5. relig xudoning marhamati; 6. pl tushlikdan keyingi, peshingi ibodat.
gracier vt kechirmoq, kechmoq, afv etmoq, gunohidan o‘tmoq. gracieusement adv 1. adab, xushmuomalalik bilan, muloyim, boadabona, nozik, latif, chiroyli harakatlar bilan, nazokat ila, javlon urib, jilva qilib, xirom aylab; 2. bepul, tekin, pulsiz, tekinga, bekorga, behudaga. gracieuseté nf 1. odoblilik, boadablilik, nazokatlilik, navozish, nazokat, xushmuomalalik, iltifot, marhamat; 2. pul mukofot, tuhfa, in’om. gracieux, euse adj 1. xushqad, nozik, latif, xiromon, chiroyli, go‘zal, barno, xushro‘y; yoqimli, jozibali, jozibador, dilbar, ko‘rkam, istarasi issiq, marhamatli, iltifotli, mehribon; yoqim toy, suyumli, xayrixoh, moyil, ko‘ngil yaqin, tarafdor; xushmuomala, muloyim, silliq, boadab, nazokatli; 2. tekin, bepul, bekorga kelgan, pulsiz, pul olinmaydigan, to‘lanmaydigan, evaziga hech narsa talab qilinmaydigan; à titre gracieux pul olmay, to‘lamay, bepul, tekin, pulsiz. gracile
adj nozik, nazokatli, xushbichim. gradation nf izchillik, asta-sekinlik, daraja-daraja borish, ketma-ketlik, birin-ketinlik, o‘ tish, o‘ tish joyi par gradation bosqichma-bosqich, asta-sekin, bora-bora. grade
nm 1. daraja, mansab, martaba, unvon, tabaqa, toifa; à grade égal mansabda tenglikda; en prendre pour son grade fam qilmishiga qarab olmoq; 2. grad, gon (to‘g‘ri burchakning 1/100 bo‘lagiga teng o‘lchov birligi). gradé, ée I. adj unter-ofitser unvoniga ega; II. nm unter-ofitser, serjant, kapral; les non gradés oddiy askarlar. grader vt 1. unvon bermoq, oshirmoq, ko‘ tarmoq; 2. unvonda, darajada tenglashtirmoq, baravarlashtirmoq. gradient
nm 1. biol biror kattalikning masofa birligiga siljishi mobay nida o‘zgarishlari birligi, gradient; 2. phys temperatura o‘zgarishi. gradin nm 1. zinapoya, pog‘ona; o‘yiq joy, kamar; à gradins zinapoyali, pog‘onali, pog‘ona-pog‘ona; 2. teatr zali to‘ridagi o‘ tirg‘ichlar. graduation nf 1. darajalarga bo‘lish; 2. tadrijiy ravishda o‘sib, kamayib boruvchi raqamlar sirasi, shkala, miqyos, ko‘lam, masshtab. gradué, ée adj 1. tobora o‘sib, ko‘payib boradigan, taraqqiy qiladigan, o‘sadigan, rivojlanadigan; 2. darajali, darajaga bo‘lingan. graduel, elle I. adj asta-sekin, bora-bora, darajama-daraja mantiqiy, izchil, qonuniy ravishda kelib chiqadigan; II. nm odat tusiga kirish, rasm bo‘lish, cherkov ashulasi qoidasi. graduellement adv asta-sekin, bora-bora, darajama-daraja, izchillik, mantiqiylik bilan, oz-ozdan. graduer vt 1. darajalarga bo‘lmoq, taqsimlamoq, ajratmoq; 2. oz-ozdan, asta-sekin orttirib bormoq, ko‘paytirmoq, kattartirmoq (qiyinchilikni). graffiti
nm pl yozuvlar, rasmlar (qadimgi yodgorliklar, devorlardagi). graillon
nm 1. jizza; 2. kuygan dumba hidi. graillonner vi kuygan yog‘ hidi taratmoq, tarqatmoq. grain
nm 1. don, urug‘, g‘alla; 2. mayda bo‘lak, zarra, yorma don; un grain de sable qum zarrasi; un grain de folie telbanamo, jinninamo, g‘aroyib, alomat; 3. dona; un grain de raisin uzum donasi; 4. fig zig‘irday kichkina narsa, asar, nishon; n’avoir pas un grain de bon sens zig‘irdek aqli yo‘q bo‘lmoq; fam avoir un grain aqlsiz bo‘lmoq, tentak bo‘lmoq; 5. g‘adir, g‘o‘dir, notekislik, g‘adir-budurlik, bujur; un grain de beauté qora xol; 6. tuguncha (gazlamada); du gros grain pishiq shoyi gazlama; 7. mar bo‘ron, qasirg‘a, shiddatli shamol; jala bo‘ralagan qor, yomg‘ir; loc veiller au grain orqa-o‘ngiga qarab ish qilmoq, ehtiyot bo‘lib ish ko‘rmoq. grainage
nm 1. donador qilish, qumoqlash, granulalash; g‘adir-budur qilish; 2. ipak qurti urug‘chiligi, ipak qurti urug‘ i yetishtirish. graine nf don, urug‘; monter en graine don, urug‘ bo‘ lmoq; fam qari qiz bo‘lib qolmoq; fam (en) prendre de la graine e’ tiborga olib qo‘ymoq, bilib qo‘ymoq. graineterie nf don, urug‘ bilan savdo qilish do‘koni. graissage nm moylash, moy surtish (surish); le graissage mécanique mexanik moylash; l’huile de graissage moylash moyi. graisse
nf 1. moy, yog‘; être bouffi de graisse yog‘, moy bosmoq; une boule de graisse semiz, yo‘g‘on odam; 2. surtiladigan moy, suyuq modda; 3. yog‘lilik darajasi (vinoda). graisser
I. vt 1. moylamoq, yog‘lamoq, moy, yog‘ surtmoq, surmoq, moylab qo‘ymoq; graisser une machine mashinani moylab qo‘ymoq; fam graisser la patte de qqn pora bermoq, tomog‘ini moylamoq; loc fam graisser ses bottes yo‘lga tayyorlanmoq, jo‘nashga hozirlik ko‘rmoq; 2. yog‘, moy tegizmoq, dog‘ tushirmoq, yag‘irini chiqarmoq; II. vi yog‘li, moyli qilmoq (vinoda). graisseur I. nm yog‘lovchi, moylovchi ishchi; II. adj yog‘, moy surtadigan, yog‘laydigan, moylaydigan. graminée
nf bot boshoqli ekinlar. grammaire nf grammatika; la grammaire historique tarixiy grammatika; la grammaire comparée qiyosiy, chog‘ ishtirma grammatika. grammairien, ienne n grammatika mutaxassisi. grammatical, ale adj grammatikaga oid. grammaticaliser vt grammatik birlikka aylantirmoq. grammaticalité nf to‘g‘ri tuzilgan gapga xoslik. grammatiste nm Qadimgi Gretsiyada grammatika o‘qituvchisi. gramme nm gramm (og‘irlik o‘lchovi). grand, grande I. adj 1. katta, ulkan, azim, yirik, zo‘r, bo‘ychan, bo‘ydor, Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling