Integrativ texnologiyalar va ulardan foydalanish


MS: Siz qanday integrativ kurslarni taklif qilgan bo'lar edingiz?


Download 262.5 Kb.
bet14/20
Sana08.05.2023
Hajmi262.5 Kb.
#1445163
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
INTEGRATIV TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH

MS: Siz qanday integrativ kurslarni taklif qilgan bo'lar edingiz?
So'ngi izlanishlar natijalari shuni ko'rsatadiki, integrasiya har bir o'quv predmet mazmunini tushunarli bo'lishini ta'minlaydi; o'ta murakkab yoki ikkinchi darajali bo'lgan materialni ta'lim mazmunidan chiqarib tashlanishiga imkoniyat yaratadi; har xil o'quv predmetlarning o'qitilishida bilimlarni takrorlanishi oldi olinganligi ta'limga ajratilgan vaqtning samaraliroq ishlatilishiga olib keladi; darsning har bir bosqichida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi; har xil fanlarni o'rganish jarayonida olingan bilimlarni bitta tizimga birlashtirishga xizmat qiladi, bu esa o'z o'rnida dunyoning yaxlit tasavvurini shakllanishiga olib keladi; o'quv rejasini ko'p predmetliligini bartaraf qilib, nazoratni osonlashtiradi; ta'limga bo'lgan motivasiyani o'zgartiradi; ta'limning zamonaviy tashkiliy shakllarini qo'lash uchun qulay imkoniyat yaratadi; shaxsni erkin rivojlanishi uchun sharoitlarni shakllantiradi.
Talabalarda haqiqiy ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga barcha ijtimoiy va tabiiy hodisalarni o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqilishi, o'rganilishi orqali erishiladi.
Ta'limda integrasiya konsepsiyasi.

  1. Tabiiy fanlarning uslubiy an'analari va gumanitar bilish yo'llarining o'zaro to'ldiruvchanligi.

  2. Sinergetik yondashuv: turli makrotizimlarni (fizik, ximik,biologik, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy) tashkillanishining qonuniyatlari va tamoyillarining umumiyligi.

  3. Tizimli yondashuv: integrasiya bu tizimlar tizimi, yuqoriroq darajada tizimlashtirish natijasi.

  4. Gnoseologik yondashuv: integrasiya bu dunyoning yaxlit tasavvurini shakllantirish usuli va jarayoni.

  5. Germenevtik yondashuv: integrasiya bu umumlashtirish, o'zaro bog'lash yo'lida ta'lim tizimida amalga oshiriladigan o'zgarishlarda, integrativ ta'limiy dasturlar, o'quv kurslari, darslar, tadbirlarni ishlab chiqishda namoyon bo'ladigan tamoyil.

  6. Faoliyatli yondashuv: integrasiya bu dunyoni umumiy bilishni va amaliy masalalarni echishda insonni tizimli fikr yuritishini ta'minlaydigan vosita.

  7. Axborotli yondashuv: integrasiya bu ta'lim mazmunini yangilanishining etakchi yo'nalishi – katta ilmiy muammo.

  8. Rivojlantiruvchi ta'lim. Shaxs rivojlanishi nuqtai nazaridan integrasiya quyidagilar uchun sharoit yaratib beradi:

▬ anglashning yuqoriroq darajasiga ko'tarilish;
▬ bilishning individual – shaxsiy apparatini takomillashtirilishi;
▬ tafakkur erkinligining rivojlanishi;
▬ ta'lim oluvchilarda ijodkorlikni shakllantirish.
Rossiya ta'limida integrasiyaning quyidagi konsepsiya va texnologiyalari qo'llanilmoqda:
¬ ta'lim mazmunini integrasiyalashuvi, ko'pfanlikdan voz kechish, ta'lim sohalarini kattalashtirish;
¬ o'quv fanlar mazmunini umulashtirish;
¬ didaktik birliklarni kattalashtirish;
¬ o'quv fanlarini integrasiyalash (fizika+ximiya);
¬ turli texnologiyalar, usullarni birlashtirish;
¬ tarbiya va ta'lim, ta'lim va mehnat, maktab va jamiyatni birlashtirish;
¬ integrativ axborot texnologiyalari.
A.P.Pinkevich, A.G.Kalashnikovlar integrativ kurslarga qo'yiladigan talablar qatoriga quyidagilarni ham qo'shganlar:
1. O'quv materialining ilmiyligi;
2. Materialni o'quvchilar yoshiga mosligi;
3. O'quv muasasasi joylashgan hudud sharoitlarini inobatga olish;
4. Umumiy (faqat bir fan bilan chegaralanmagan) ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi materialning mavjudligi;
5. Izlanish usullarni qo'llashga imkoniyat yaratuvchi materiallar;
6. Mazmun tanlashda o'quv muassasasi maqsadlaridan kelib chiqish;
7. Integrativ kursda ham vertikal integrasiya (fan ichidagi mavzular) gorizontal (parallel berirladigan har xil fanlar) integrasiyaning qo'llanilishi.

Download 262.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling