Integrativ texnologiyalar va ulardan foydalanish
MS: “Yaxlit tasavvur” deganda nimani tushunasiz? Bu nima uchun kerak?
Download 262.5 Kb.
|
INTEGRATIV TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH
MS: “Yaxlit tasavvur” deganda nimani tushunasiz? Bu nima uchun kerak?
Ta'lim mazmunida o'quvchini rivojlantirishga xizmat qiladigan axborotlarni taqdim etish natijasida quyidagi pedagogik imkoniyatlar yaratiladi: - ta'lim mazmunining yaxlit model sifatida namoyon bulishi; - ta'lim mazmunining axborotliligi ta'minlanishi; - ta'lim mazmunida amaliy natijalarning yaqqol ifodalanishi; - ta'lim mazmunidan murakkab nazariy tushunchalarning tez ajratib olinishi; - o'quvchi o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilimlar yig'indisining yaxlit ifodalanishi. Mamlakatimiz va jahon pedagogikasida integrasiya muammolarini tadqiq qilishning boy tajribasi mavjud. 90-yillardan boshlab mamlakatimizda yakka integrativ-pedagogik tadqiqotlardan o'tish jarayoni kuzatilmokda. «Pedagogika va ta'limda integrasiya» (red. YuAKustov). Integrativ-pedagogik dissertasiya tadqiqotlari, doktorlik ishlari bilan birga mavjud (M.N.Berulava, V.D.Semenov, L.D.Fedotova). Integrasion jarayonlarni tahlil etish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan tadqiqotlarda ham integrasiya muammosi muayyan o'rin tutadi (G.I.Ibragimov, I.Ya.Kuramshin, Yu.A.Kustov, Yu.S.Tyunnikov, R.Safarova, P.Musaev, Q.Nazarova, R.Axlidinov, I. Makuxina). Sunggi o'n yil mobaynida monografiya, ilmiy makolalar, dasturlar chop etildi (V.S.Bezrukova, M.N.Berulava, V.D.Semenov, G.F.Fedores, N.K.Chapaev, R.Safarova, P.Musaev, H.Nazarova, R.Axlidinov, I. Makuxina). Ushbu masalaga, ayniksa, xorijda katta e'tibor qaratilgan (3). «INTYEGRASIYa» bu fanlar, o'quv predmetlar, bir o'quv predmetining bo'limlari, har xil o'quv predmetlar mavzulari o'rtasidagi tabiiy o'zaro bog'lanishdir. M .N.Berulava fikri bo'yicha ta'lim muzmunining tuzilmasi quyidagicha: tendensiyalar (bilimlar integrasiyasi, o'quv vositalar integrasiyasi, umulashtirilgan ko'nikma va malakalar integrasiyasi o'quv jarayoni shakllari integrasiyasi); yo'nalishlar (fan ichidagi, fanlararo, fandan tashqari); turlari (bidissiplinar (ikkita fan o'rtasidagi), multidissiplinar (bir necha fan o'rtasidagi)); tiplari (umummetodologik, umumfan, bir fanga tegishli); darajalari (umumnazariy, o'quv fan, o'quv ma'lumoti); shakli (to'liq – integrativ kurslar, qisman – integrativ darslar va blok darajasida – integrativ bloklar). O'zbekiston Respublikasida boshlang'ich ta'lim, tasviriy san'at, tabiatshunoslik bo'yicha integrativ dasturlar yaratilgan. Download 262.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling