International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 1 Issue: 02


YUNESKO TASHKILOTINING TARIXIY TASHKIL TOPISH OMILLARI VA


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1159597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4.-s.-atabekova-ijich-2-issue-25-32

YUNESKO TASHKILOTINING TARIXIY TASHKIL TOPISH OMILLARI VA 
RIVOJLANISH TAMOYILLARI 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada tarixiy-madaniy meros ob'ektlari va muzeylashtirilgan 
yodgorliklarni saqlashda YUNESKO tashkilotining xalqaro darajadagi o'rni hamda amalga oshirilgan 
ishlar qamrovi yoritilgan. Shuningdek, madaniy meros muhofazasining xalqaro tizimini shakllanishi 
va rivojlanish istiqbollari tahlil etilgan. 
Kalit so'zlar: YUNESKO, tarixiy-madaniy meros ob'ektlari, muzeylashtirilgan ob'ektlar, 
madaniy meros muhofazasining xalqaro tizimi. 
 
- Kirish (Introduction) 
YUNESKO ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa tashkilotlari singari, barcha 
xalqlar o’rtasidagi “hamkorlik”ning hosili bo’lgan “xalqaro tinchlik va umumbashariy gullab 
yashnash” maqsadini ko’zlaydi. Shu bilan birga, ushbu maqsadlarning umumiyligidan kelib chiqib, 
YUNESKOning alohida vazifalari ham mavjud bo’lib, u birinchi galda tinch jamiyat


International Journal of Intellectual and Cultural Heritage 
Volume: 1 Issue: 02 | 2021 
ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 
http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich 
26 
“insoniyatning axloqiy va intellektual hamkorligi”ga asoslanishi kerak degan g’oyani targ’ib 
qilishi, shuningdek, “urush tog’risidagi fikrlar odamlar ongida paydo bo’ladi, shuning uchun odamlar 
ongiga tinchlikni himoya qilish g’oyasini singdirish” lozim[1]. YUNESKO missiyasining bosh 
g’oyasi etika va ma’naviyatda yotadi va birinchi o’rinda xalqaro intellektual qadriyatlar orqali 
amalga oshiriladi.
YUNESKO ta’lim, uning demokratlashuvini, shuningdek, mamlakatlar o’rtasida muloqotlar 
va madaniy almashishlarni rivojlantirishni, ko’rgazmalar, festivallar tashkil etishni, nashrlar, 
kitoblar va shu kabi masalalarni o’zining birinchi galdagi vazifalari sifatida qaraydi.
O’z oldiga yuqoridagi kabi ulug’vor va aniq maqsadlarni qo’ygan ushbu tashkilotning tashkil 
topish ildizlari XX asrning boshlariga borib taqaladi. XX asr boshlariga kelib, ko’p davlatlarda 
madaniy merosni asrash masalalari milliy darajada ishlab chiqilgan edi. Ammo milliy huquq 
normalari xalqaro darajada ko’pincha o’zaro zid kelib qolayotgan edi. Shu tariqa yodgorliklarni va 
san’at asarlarini asrashning xalqaro tizimini yaratishga zarurat keskin ortib boraverdi, bu haqida 
yodgorliklarni himoya qilish sohasida ishlayotgan mutaxassislarning konferensiyalarda, turli-tuman
yig’ilishlarda so’z borar edi. Madaniy meros haqida fikr yuritganda muqarrar ravishda ko’plab
savollar tug’iladi. Meros qanday paydo bo’ladi? Umuman nima meros bo’lishi mumkin va meros 
qoldirish degani nimani anglatadi? Shunisi ayonki, bu savollarga javoblar har xil va ziddiyatli 
bo’lishi mumkin, chunki “meros” tushunchasining o’zi murakkab va ko’p aspektli hisoblanadi.
Eng umumiy ko’rinishda u ma’naviy hayot, turmush tarzining avvalgi ajdodlardan, 
o’tmishdoshlardan meros qilib olingan, qabul qilingan holatlari sifatida belgilanadi. Meros va 
madaniyatning munosabatini ko’rib chiqishda uch qoidaga amal qilinadi. Birinchidan, madaniyatga 
nisbatan meros tamal toshi rolini bajaradi, u madaniyatni qayta ishlab chiqarish va rivojlantirish 
uchun zaruriy shart-sharoit, ya’ni uning yashashga layoqatining asosi hisoblanadi. Ikkinchidan, ko’p 
asrlik madaniy merosni idrok qilish va undan foydalanish maxsus ehtiyojlarga va talablarga muvofiq 
madaniy merosni asrash, o’rganish va ommalashtirishni amalga oshiruvchi maxsus ijtimoiy-madaniy
institutlarning barpo etilishi va faoliyat ko’rsatishi bilan yakunlandi (muzeylar, kutubxonalar, 
arxivlar). Uchinchidan, ijtimoiy maqsadga yo’naltirilgan faoliyatisiz madaniy meros aniqlanishi, 
o’rganilishi va asrashi mumkin emas, chunki madaniy meros unsurlari juda tez yo’qoladi va 
ularning o’rnini tiklab bo’lmaydi [2].
Madaniy merosni qo’riqlash (muhofaza qilish) masalasini o’rganishda tarixiy va nazariy 
metodologik yo’nalish yaqqol ko’zga tashlanadi. Birinchi yo’nalish madaniy merosni o’rganish 
tarixini o’z ichiga olsa, ikkinchisi esa, terminologiya sohasidagi nazаriy ishlanmalarni, yodgorliklarni 
baholashning ilmiy mezonlarini, fanlararo bilimlarning turi sifatida qadimiy narsalarni qo’riqlash 
sohasining tavsifini qamrab oladi.
Yodgorliklar – tarixiy xotirani shakllantirishning yo’nalishlaridir. Ayniqsa, o’tmish 
qadriyatlari haqidagi qarashlarini shakllantirishda va ularni asrab qolishda yodgorliklarning roli juda 
kattadir. Xotira-nafaqat madaniyatning, balki olamni anglashning ham asosidir [3]. 
Tarixiy-madaniy meros tushunchasi muzeylar va yodgorliklar asosida ilmiy kategoriya 
sifatida XIX asr o’rtasida shakllandi, mazkur sohadagi xalqaro va milliy huquqni belgilovchi va 
tavsiyaviy hujjatlarning keng doirada qabul qilinishi bilan u XX asrda keng yoyildi. 
Tarixiy-madaniy meros tushunchasi juda lo’nda tushuncha bo’lib, ham moddiy, ham nomoddiy 
obyektlarning keng doirasini qamrab olishi mumkin. Bunda qandaydir yagona qaror topgan ta’rif
mavjud emas. XX asr boshlariga kelib, ko’p davlatlarda madaniy merosni asrash masalalari milliy 
darajada ishlab chiqilgan edi. Ammo milliy huquq normalari xalqaro darajada ko’pincha o’zaro zid
kelib qolayotgan edi. Shu tariqa yodgorliklarni va san’at asarlarini asrashning xalqaro tizimini
yaratishga zarurat keskin ortib boraverdi, bu haqida yodgorliklarni himoya qilish sohasida 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling