International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 1 Issue: 02
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
4.-s.-atabekova-ijich-2-issue-25-32
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Volume: 1 Issue: 02 | 2021 ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich 30 madaniy hamkorlik prinsiplari deklaratsiyasi” (1966 yil 4 noyabr) kabilar ana shunday nufuzli hujjatlar sirasiga kiradi [12]. Yuqoridagi hujjatlarda madaniy, tarixiy meros va boylik tushunchalariga nimalar kirishi, ularni har qanday sharoitda kelajak avlod manfaatlari yo’lida asrab qolishning gumanitar ahamiyati, bu borada konvensiyalarga qo’shilgan davlatlarning, umuman jahon hamjamiyatining vazifalari va majburiyatlari, o’zaro hamkorlik prinsiplari, xalqaro yordam ko’rsatish shartlari va shakllari, madaniy merosning milliy va xalqaro muhofazasi masalalari aniq aks ettirilgan; tarixiy madaniy merosni asrash bo’yicha YUNESKO huzurida hukumatlararo qo’mitalar va maxsus jamg’armalar tuzishning tartiblari belgilangan. Bu hujjatlarda madaniy va tabiiy merosning qaysi xalqqa mansubligidan qat’iy nazar, butun jahon uchun noyob va bebaho qadriyat hisoblanishi, shu sababli ham ularni saqlab qolish zarurligi, bu ishga hamjamiyatlarning barcha qatlamlarining, milliy jamoalarining ongli ishtirokini ta’minlamasdan maqsadga erishib bo’lmasligi ta’kidlangan [13]. YUNESKO insoniyatning madaniy merosini asrab qolishga katta ahamiyat beradi va bu jarayonda muzeylarning yetakchi rol o’ynashini, jamiyatning va madaniyatlararo aloqasining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun katta imkoniyatlarni borligini ta’kidlaydi. Muzeylar o’z vazifasiga ko’ra madaniy merosni asrash, o’rganish va targ’ib qilish markazlari hisoblanadi. Muzey ishi faoliyati jamiyatning axloqiy va madaniy ravnaqiga yordam beradi. Shu jihatdan u turli xalqlar madaniyatlar o’rtasidagi o’zaro hamjihatlik vositasi vazifasini bajaradi. O’zining ijtimoiy vazifasini bajarish uchun muzeylar har tomonlama savodli va malakali, ayni vaqtda Xalqaro muzeylar kengashining (IKOM) asosiy hujjati bo’lmish Muzey etikasi kodeksida aks etgan axloqiy me’yorlar va qoidalarga rioya qiluvchi muzey xodimlariga katta ehtiyoj sezadi [14]. IKOM muzeylar va muzey xodimlarining nohukumat professional xalqaro tashkiloti sifatida YUNESKO tomonidan qo’llab-quvvatlandi va uning muzeylari uchun dasturini, ayniqsa madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga daxldor qismini (IKOMning “Qizil ro’yxati”, “100 ta yo’qolgan boylik” seriyasi), shuningdek san’at, tarix va tabiat ijodiyoti predmetlarini tavsiflash andozasini ishlab chiqishni hayotga tatbiq qiladi. Madaniy merosni o’rganish va asrash bo’yicha muzeylar amalga oshirayotgan ishlarning muhimligini tushungan holda YUNESKO ularning professio nal tayyorgarligini oshirishga va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor beradi. Shu maqsadda YUNESKO tomonidan qator dasturlar qabul qilingan va ular amalga oshirilmoqda. Shulardan biri muzeylar xodimlari uchun YUNESKO/IKOMning mintaqaviy va milliy o’quvlar dasturidir. U “XXI asrda muzeylarni boshqarish” deb ataladi. Dastur doirasida shu nomli o’quv qo’llanma va boshqa amaliy yo’riqnomalar tayyorlangan[15]. Muzey fondlaridagi madaniy meros obyektlarini o’rganish, hujjatlashtirish, saqlash va ommalashtirish sohasida muzey mutaxasisslarining bilimlarini yanada takomillashtirish va tizimlashtirish maqsadida YUNESKO va IKOM hamkorligida qo’zg’aluvchi madaniy merosni qo’llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu dastur keng jamoatchilikni qo’zg’aluvchi madaniy boyliklar haqida xabardor qilishga qaratilganligi bilan ham e’tiborga molikdir. Dastur doirasida quyidagi umumiy nom ostida bezakli qo’llanmalar seriyasi chop etildi: “Madaniy merosni qo’riqlash bo’yicha qo’llanma”. Qo’llanmalarning nomlari: “Muzey xavfsizligi”, “Qo’lyozmalarni saqlash va foydalanish”, “Kolleksiyalarni hujjatlashtirish”, “Favqulotda vaziyatlarda muzey kolleksiyalarini himoya qilish yo’riqnomasi”[16]. Muzey boyliklarini saqlash masalalari YUNESKOning doimiy e’tiborida ekanligini kuzatish mumkin. Globallashuv, madaniyatlarning o’zaro ta’siri kuchayib borayotgan hozirgi davrda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling