International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 1 Issue: 02
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
4.-s.-atabekova-ijich-2-issue-25-32
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Tahlil va natijalar (Analysis and results)
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Volume: 1 Issue: 02 | 2021 ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich 27 ishlayotgan mutaxasisslarning konferensiyalarida, kongresslarda, turli-tuman yig’ilishlarda so’z borar edi. - Tahlil va natijalar (Analysis and results) 1855 yildan boshlab Butunjahon ko’rgazmalari doirasida arxitektura seksiyasining majlislarida madaniy merosni qo’riqlash zarurati qat’iy yangray boshladi, ularda yangi me’moriy loyihalar bilan birga tarixiy yodgorliklarning tasvirlari va ta’mirlash loyihalari ham taqdim qilinardi. Qatnashchi mamlakatlar ushbu shaklda yodgorliklarni asrash va ta’mirlash sohasidagi tamoyillar va taraqqiyotni ko’rsatishga intilishardi. 1867 yildan boshlab esa Butunjahon ko’rgazmalari doirasida аrxitektorlarning xalqaro kongressini o’tkazish taomilga kiritildi. Ularda arxitektura yodgorliklarini asrash masalalari muzokaralarning muhim mavzusiga aylandi [4]. 1889 yilda Butunjahon ko’rgazmasi doirasida Parijda arxitektor Sharl Garnie raisligida o’tkazilgan “Yodgorliklar va san’at asarlarini muhofaza qilish bo’yicha birinchi xalqaro kongress” faqat madaniy merosni asrashga bag’ishlangan birinchi yig’ilish bo’lib tarixga kirdi. U 1885 yilda tuzilgan va Sharl Normann boshchilik qilgan “Parij yodgorliklarining do’stlari” (La Société des amis des monuments parisiens) tashkilotining sa’y-harakatlari tufayli bo’lib o’tdi. Tashkilot a’zolari va ularning tarafdorlari konservatsiyalashga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish qoidalarini himoya qilishar va ular bu jihatdan XIX asr o’rtalarida Violle-de- Dyuk tomonidan e’lon qilingan stilistik ta’mirlash qoidalariga tayanuvchi Fransiya tarixiy yodgorliklar komissiyasiga nisbatan g’oyaviy muxolifatda turishar edi. Kongressda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Shimoliy Amerika mamlakatlari vakillari qatnashdi [5]. 1889 yildagi kongress XX asrda madaniy merosni muhofaza qilishni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi. Muhokamalar doirasida, кеyinchalik madaniy va tabiiy merosni asrashning zamonaviy mafkurasiga aylangan qator g’oyalar, fikr-mulohazalar bildirildi. Ko’tarilgan masalalarni xalqaro darajada hal qilish zarurligi aniq bo’lib qolgan bo’lsa-da, xalqaro jamoatchilik ularni amaliy hal qilishga yana qirq yildan so’ng kirishdi, 1950- yillarga kelibgina ilk natijalarga erishildi. Madaniy boyliklarga YUNESKO talabi bo’yicha quyidagi ob’yektlar kiradi: - Tarixiy yodgorliklar – muhim tarixiy voqealar, jamiyat va davlat rivojlanishini, inqilobiy harakat, xalqlarning madaniyati va turmushining rivojlanishi, tarixiy siyosat, davlat, harbiy soha arboblari, xalq qahramonlari, fan adabiyot va san’at namoyondalari hayoti bilan bog’liq binolar, inshootlar, xotira joylari va ashyolar. - San’at yodgorliklari – monumental, tasviriy, bezakli- amaliy va boshqa san’at turlariga mansub asarlar. - Me’morlik va shaharsozlik yodgorliklari – fuqaroviy, sanoat, harbiy, diniy arxitektura, xalq me’morchiligi inshootlari; me’morlik ansambllari va majmualari va tarixiy markazlar, dahalar, maydonlar, ko’chalar, shaharlar va boshqa aholi manzillarining qadimiy rejalashtirish va qurilish qoldiqlari. - Arxeologiya yodgorliklari – ko’hna shaharlar, qo’rg’onlar, qadimgi aholi yashash manzillari, mudofaa inshootlari, ishlab chiradishlar, suv yo’llari, yo’llar qoldiqlari, qadimgi qabristonlar, taroshlangan toshlar, qoyatoshlardagi suratlar va qadimgi ashyolar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling