International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 1 Issue: 02


International Journal of Intellectual and Cultural Heritage


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana04.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1159597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4.-s.-atabekova-ijich-2-issue-25-32

International Journal of Intellectual and Cultural Heritage 
Volume: 1 Issue: 02 | 2021 
ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 
http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich 
31 
muzeylar avvallgidek inson ijodiyotining noyob orolchalari va madaniy rang-barangliklarni aks 
ettiruvchi maskanlar bo’lib qolmoqda. Shuning uchun ham YUNESKO muzey tadqiqotlarining turli 
sohalarida faol ishtirok etayotganini guvohi bo’lish mumkin. YUNESKO va Madaniy boyliklarni
asrash va ta’mirlash bo’yicha xalqaro tadqiqot markazining 2007– 2010 yillardagi uch yillik 
hamkorligi samarali bo’ldi. Hamkorlik rivojlanayotgan mamalakatlardagi muzey kolleksiyalarini 
saqlash va o’rganishga qaratilgan edi.
Madaniy merosni asrash ko’p jihatdan bu sohada milliy qonunchilikning mavjudligiga va 
uning lozim darajada bajarilishiga, YUNESKO qabul qilgan tegishli xalqaro konvensiyalarning 
ratifikatsiya va implementatsiya qilinishiga bog’liq bo’ladi. 
Madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi asosiy huquqiy va amaliy choralar va 
vositalarni qo’llash to’g’risida ma’lumot tarqatish maqsadida YUNESKO tomonidan “Madaniy 
boyliklar turkumini noqonuniy savdosiga qarshi yuridik va amaliy tavsiyalar” nomli qo’llanma 
tayyorlangan va chop etilgan (2010). U DVD disk holatida joylarga tarqatildi. O’z strategiyasiga 
amal qilib, YUNESKO muzey menejmenti sohasidagi dasturlarni yanada rivojlantirish, muzey 
xodimlarining professional ta’limini yangilash maqsadlarini ko’zlamoqda. Chunki bugungi kun 
aynan muzeylar o’zida jamlangan madaniy salohiyat tufayli turli madaniyatlarning o’zaro
hamjihatligi, tinchlikni va xalqlar o’rtasidagi o’zaro tushunishni saqlab qolish uchun aniq asos 
yaratmoqda, XXI asrdagi madaniy rivojlanishni tushunish uchun yangi istiqbollarni taklif qilmoqda. 
YUNESKO 50 dan ortiq byulliten va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ular orasida 
eng mashhurlari “YUNESKO kur’eri” oynomasi (30 tilda nashr etiladi), “Kelajak” (ta’lim sohasidagi 
haftalik), “Muzey”, “Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi”, “Tabiat va resurslar”, “Mualliflik huquqi 
bo’yicha byulliten”, “Ta’lim byurosi xalqaro byulliteni”, “Impakt: fan va jamiyat” kabilardir.
YUNESKO har ikki yilda bir marta ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida
umumjahon ma’ruzalarni chop etadi.
YUNESKO “Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi” (6 jild), “Islom madaniyatining turli 
tomonlari” ( 6 jild), “Lotin Amerikasi davlatlari tarixi” (7 jild), “Karib havzasi davlatlari tarixi” (6 
jild), “Afrika umumiy tarixi”(8 jild), “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi” (6 jild) kabi fundamental 
nashrlarni chop etmoqda.
1999 yildan boshlab, tashkilotga ko’proq vakolatlilik, samaradorlilik, tiniqlik va faoliyatiga 
hisobdorlik berish maqsadida YUNESKOda tub islohotlar boshlandi. YUNESKO Bosh direktori 
Koichiro Matsuura 1999 yil noyabrdagi inauguratsiya nutqida tashkilot XXI asrning umumbashariy 
muammolariga tayyor turishi kerakligini qayd etdi. 
Bu maqsadda quyidagi yo’nalishlarda uchta ishchi guruh tuzildi: “Boshqaruv”, 
“Markazlashmaslik” va “YUNESKO XXI asrda”. Tashkilot harakatining yangi dasturlari asosida 
“Globallashuv insoniylik yuzi bilan” tushunchasi yotibdi [17].

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling