International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 1 Issue: 02
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
4.-s.-atabekova-ijich-2-issue-25-32
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Volume: 1 Issue: 02 | 2021 ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich 29 jo’natdi. Qo’mita a’zolarining fikricha, ma’rifatli kishi nafaqat tinch davrda, balki urush harakatlari davrida ham yodgorliklarni asraydi [10]. Ikkinchi bosqich 1930 yillarning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi va u Ispaniyada Fuqarolar urushining boshlanishi (1936 yil iyul) bilan bog’liqdir. Endi Qo’mita o’zining ilgarigi fikriga zid xulosaga keladi, bu sohada xalqaro bitim tuzish zarurligini e’tirof qiladi. Xalqaro Muzeylar kengashi iltimosiga ko’ra yuqorida eslatib o’tilgan yurist Sh. de Visher urush vaqtida yodgorliklarni himoyalash bo’yicha turli loyihalarni tahlil qilib chiqdi va 1936 yilning oktabrida Qo’mita ijroiya organiga o’z ma’ruzasini taqdim etdi. U har qanday xalqaro huquqiy aktlar realistik konsepsiyaga asoslanishi kerakligini bildirdi. Uning fikricha, “urushayotgan tomonlarni tarixiy yodgorliklar va san’at asarlarini vayron qilishga har qanday bahonadan mahrum qiladigan tartiblarga rioya etilishi imkoniga ega bo’ladi” [11]. Xulosa qilib aytganda, madaniy merosni muhofaza qilish xalqaro tizimi XIX asr o’rtalarida shakllana boshlaganiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Ushbu tizimning hozirgi tushunchadagi ta’mal toshi 1930 yillarda qo’yilgan edi. Aynan bu davrga kelib madaniy merosni huquqiy reglamentatsiya qilish dolzarb mavzuga aylanishi bejiz emas edi. Turli mamalakatlarda milliy madaniy merosning xalqaro darajada xavfsizligi ta’minlanishi kun masalasiga aylangandi. Va bu sohadagi muammolarni yaxlit holda hal qilishga urinish Xalqaro muzeylar qo’mitasining muhim vazifasiga aylandi. Qisqa davr ichida yodgorliklarni ta’mirlash va konservatsiyalash, arxeologik qazishmalarni reglamentatsiya qilish, madaniy boyliklarni o’g’irlash va noqonuniy olib ketish hollarining oldini olish, harbiy harakatlar davriga yodgorliklarni himoya qilish masalalari hal etildi, (restitutsiya institutini noqonuniy olib ketilgan madaniy boylilarni egasiga qaytarish) shakllantirish bo’yicha ilk qadamlar qo’yildi. Ayrim masalalar aniq xalqaro shartnomalarda mujassamlashdi, ba’zilari esa amalga oshmagan loyiha sifatida qolib ketdi. Ikkinchi jahon urushi madaniy merosni asrash borasidagi ilk qadamlarni barbod qildi, Millatlar ligasi tomonidan yaratilgan tizim o’zini oqlamadi. Umuman olganda 1930 yillar ham yodgorliklarni muhofaza qilish sohasida ham tinchlikni asrash masalalarida imkoniyatlar qo’ldan boy berilgan davr bo’ldi. Shunga qaramasdan, Xalqaro muzeylar qo’mitasi madaniy merosni muhofaza qilish xalqaro tizimining asosini shakllantirdi va YUNESKOning urushdan keyingi faoliyatiga zamin bo’ldi. YUNESKO doirasida ishlab chiqilgan normativ hujjatlar xalqaro aloqalar rivojidagi muhim bosqichlar ekanligi keng e’tirof etilmoqda. Uning doirasida 70 dan ortiq xalqaro hujjatlar – konvensiya va kelishuvlar, ularga protokollar, tavsiyalar va deklaratsiyalar tayyorlandi, ko’rib chiqildi va qabul qilindi. “Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklarni himoya qilish to’g’risida konvensiya” (1954 yil 14 may), “Qurolli mojaro chiqqan holda madaniy boyliklarni himoya qilish to’g’risida konvensiya”ga ikkinchi protokol (1999 yil 26 mart), “Madaniy boyliklarni noqonuniy olib kirish, olib chiqish va egalik huquqini boshqaga o’tkazishning oldini olish va taqiqlashga qaratilgan choralar to’g’risida konvensiya” (1972 yil 16 noyabr), “Suvosti madaniy merosini himoya qilish to’g’risida konvensiya” (2001 yil 2 noyabr), “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo’yicha xalqaro konvensiya” (2003 yil 15 oktabr), “YUNESKOning madaniy turli-tumanlik to’g’risidagi umumjahon deklaratsiyasi” (2001 yil 2 noyabr), “YUNESKOning madaniy merosni qasddan buzishga tegishli deklaratsiyasi” (2003 yil 17 oktyabr), “Muzeylarga hammaning kirishini ta’minlashning eng samarali choralariga tegishli tavsiyanomalar” (1960 yil 14 dekabr), “Xalqaro |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling