1-usul. Operatorning Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga (ish vaqtida) tarif rejasini almashtirish
bo‘yicha taqdim etilgan dastlabki yozma murojaatga asosan tarif rejasini almashtirish.
2-usul. Shaxsiy kabinet va Mobil ilova orqali tarif rejasini almashtirish.
1.3.2. Tarif rejasini almashtirish uch variantda amalga oshirilishi mumkin:
Joriy sana bilan tarif rejasini almashtirish – faollashtirilgan vaqtdan boshlab amalga
oshiriladi.
Tarif rejasi o‘zgartirilganidan so‘ng, faol holatda bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlar,
avvalgi tarif rejasidan qolgan barcha limitlar va foydalanilmagan kunlar soni bekor
qilinadi, hisob-kitob sanasi esa yangi tarif rejasi faollashtirilgan kunga suriladi. Tarif rejasi
almashtirilganidan so‘ng, balansda yetarli mablag‘ bo‘lmagan
hollarda, Abonent yangi tarif
rejasi bo‘yicha Abonent to‘lovini amalga oshirishi uchun kerakli miqdordagi mablag‘ni
shaxsiy
hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi.
Tarif rejasini kelgusi sana bilan almashtirish – faqat joriy hisob-kitob
davrida keyingi hisob-
kitob davrining hisob-kitob sanasi kelgunga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Tarif rejasi
almashtirilgandan so‘ng, faol holatda bo‘lgan ko‘shimcha xizmatlar, avvalgi tarif rejasidan
qolgan barcha limitlar va foydalanilmagan kunlar soni bekor qilinadi, hisob-kitob sanasi
esa yangi tarif rejasi faollashtirilgan kunga suriladi. Tarif rejasi almashtirilgandan so‘ng,
balansda yetarli mablag‘ bo‘lmagan hollarda, Abonent yangi tarif rejasi bo‘yicha Abonent
to‘lovini amalga oshirishi uchun kerakli miqdordagi mablag‘ni
shaxsiy hisob raqamiga
kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: