1.2.1. Xizmatlar tasdiqlangan va amaldagi Tariflar narxnomasi (Tarif rejalari)ga muvofiq taqdim
etiladi.
1.2.2. Tarifikatsiyalash faqat Internet tarmog‘idan kiruvchi trafik uchun amalga oshiriladi.
Belgilangan limitidan oshadigan chiquvchi trafik hajmi ushbu davr uchun kiruvchi trafik
hajmining tarifikatsiyalanadigan trafik hajmiga kiritiladi.
Belgilangan limitdan oshgan
trafikning butun hajmi tanlangan tarif rejasiga bog‘liq holda tarifikatsiyalanadi.
1.2.3. Cheklangan hajmdagi Internet-trafikli tarif rejalaridan foydalanuvchi Abonentlarga,
limitdan ortiq trafikdan foydalanganlik uchun pul yechib olinishining oldini
olish uchun Internet-
trafik qoldig‘ini, shuningdek, “Shaxsiy kabinet” orqali yangi hisob-kitob davri boshlanishi
vaqtini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi.
1.2.4. Uz-IX va TAS-IXga kiruvchi tarmoqlarning diapazonlari
doirasidagi trafik, shuningdek,
Operator tarmog‘i doirasidagi ichki trafik tarifikatsiyalanmaydi.
1.2.5. Abonent to‘loviga kiritilgan trafik limitining hajmi belgilangan va kunning vaqtiga bog‘liq
emas (agar boshqasi amaldagi Tariflar narxnomasi (Tarif rejalari)dagi shartlar va izohlarda
ko‘rsatib o‘tilmagan bo‘lsa).
1.2.6.
Taqdim etilgan trafik limitining sarflanmagan hajmi keyingi hisob-kitob davriga
o‘tmaydi.
1.2.7. Abonent to‘lovi Abonent tomonidan tanlangan asosiy xizmat narxidan, shuningdek,
qo‘shimcha xizmatlar uchun tegishli to‘lovlardan iborat (tariflar shartlariga ko‘ra faollashtirilgan
yoki faollashtirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlar mavjud bo‘lgan hollarda).
1.2.8. Birinchi ulanishda Abonentning shaxsiy hisob raqamidan Ro‘yxatga olish to‘lovi (aksiya
davrlari va boshqalar bundan mustasno) va tegishli tanlangan Tarif (Tarif rejasi)ga muvofiq
miqdorida abonent to‘lovi yechib olinadi.
Shuningdek, qo‘shimcha sarflangan materiallardan
(abonent uchastkasiga tegishli materiallar – DROP-kabel, UTP-kabel, PPV-sim,
konnektorlar va
h.k.) foydalanilganda qo‘shimcha to‘lov olinishi mumkin.
1.2.9. Abonent to‘lovining hisob-kitob davri bir oyni tashkil etadi va har bir Abonent uchun
kalendar oyining birinchi kuniga bog‘lanmagan holda Internet tarmog‘iga kirish imkoniyati
ochilgan kun va vaqtdan boshlab alohida hisoblanadi. Kelgusi
hisob-kitob davri uchun Abonent
Do'stlaringiz bilan baham: