Internet xizmatlarini taqdim etish va tarifikatsiyalash
Keyingi hisob-kitob davri boshlangan vaqtdan boshlab tarif rejasini o‘zgartirish
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
INTERNET XIZMATLARINI TAQDIM ETISH VA TARIFIKATSIYALASH QOIDALARI (jismoniy shaxslar)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Operator tomonidan Abonentni blokirovka qilish va xizmatdan uzib qo‘yish qoidalari 1.4.1.
Keyingi hisob-kitob davri boshlangan vaqtdan boshlab tarif rejasini o‘zgartirish – tarif
rejasi almashtirilgandan so‘ng, balansda yetarli mablag‘ bo‘lmagan hollarda, Abonent yangi tarif rejasi bo‘yicha Abonent to‘lovini amalga oshirish uchun kerakli miqdordagi mablag‘ni shaxsiy hisob raqamiga kiritgunga qadar, Xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi. 1.3.3. Yangi tarif rejasi bo‘yicha Xizmatlarni faollashtirish Abonentning shaxsiy hisob raqamida tanlangan tarif rejasi bo‘yicha to‘liq Abonent to‘lovini qoplash uchun zarur summa mavjud bo‘lgan holda, amalga oshiriladi. 1.3.4. Tarif rejasini almashtirish operatsiyasi bepul amalga oshiriladi. 1.3.5. Yangi ulanish, shuningdek, arxiv tarif rejalariga o‘tish imkoniyati mavjud emas. Agar Abonent arxiv tarif rejasidan yangi tarif rejasiga o‘tsa, keyinchalik arxiv tarif rejasiga qaytib o‘tish mumkin bo‘lmaydi. 1.4. Operator tomonidan Abonentni blokirovka qilish va xizmatdan uzib qo‘yish qoidalari 1.4.1. Abonentlarni Operator Xizmatlaridan foydalanishni blokirovka qilish quyidagi qoidalarga asosan amalga oshiriladi: 1.4.1.1. Kiritilgan trafik limiti miqdori sarflangunga qadar, xizmatlardan foydalanish ijobiy balansda ham, salbiy balansda ham hisob-kitob davri oxirigacha taqdim etilishi mumkin. Kiritilgan trafik limiti sarflangandan keyin, xizmatlardan foydalanish faqat ijobiy balansda taqdim etiladi, aks holda xizmatlardan foydalanish imkoniyati o‘chirib qo‘yiladi. 1.4.1.2. Agar ikki hisob-kitob davri davomida Abonentning shaxsiy hisob raqamidagi saldo Abonent to‘lovi va qo‘shimcha xizmatlarni (xizmatni rezervlash) to‘liq yechib olish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda ikkinchi hisob-kitob davri tugashida Operator billing tizimida Abonent shaxsiy hisob raqamining maqomi avtomat ravishda “Tugatilgan” maqomga o‘tkaziladi va shu vaqtdan boshlab, Operator Abonent tomonidan Operator uskunasida band qilingan portni bo‘shatish huquqiga ega bo‘ladi. 1.4.1.3. Shaxsiy hisob raqamining “Tugatilgan” maqomi Abonent bilan tuzilgan Shartnoma holatini nofaol holatga o‘tkazadi va Operatorning billing tizimi ushbu shaxsiy raqam bilan hech qanday harakatlarni amalga oshirmaydi (shu jumladan, hisob yechib olinishini ham) va bunda, bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyati to‘xtatiladi. 1.4.1.4. “Tugatilgan” maqomda Operator Asosiy xizmat va bog‘langan Qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha Abonent bilan tuzilgan Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 1.4.1.5. Shaxsiy hisob raqami “Tugatilgan” maqomda bo‘lgan Abonentlar ikkita hisob-kitob davri uchun xizmatni zaxiralash uchun to‘lovni amalga oshirganda eski Shartnomalarini qayta tiklashlari mumkin. 1.4.1.6. “To‘lov kutilmoqda” maqomida bo‘lgan Abonent Xizmatlar qayta faollashtirilishini xohlasa, u foydalanilmagan hisob-kitob davri uchun “Xizmatni rezervlash” qo‘shimcha xizmati uchun to‘lovni amalga oshirishi, shuningdek, belgilangan tariflarga muvofiq yangi hisob-kitob davri uchun Abonent to‘lovini kamida 100 % miqdorida amalga oshirishi lozim. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling