1.7. Texnologik cheklovlar
1.7.1. Operator tomonidan tasdiqlangan barcha tarif rejalarida (agar tarif shartlarida boshqacha
ko‘rsatilmagan bo‘lsa) Internetga ulanishning kirish tezligi ko‘rsatib o‘tilgan,
chiqish tezligi
ulanish texnologiyasiga qarab kiruvchi tezlikdan farq qilishi mumkin.
1.7.2. Internetga keng polosali ulanish xizmatlarining ulanishi texnik imkoniyatlar va tegishli
yakuniy uskunalar mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
1.7.3. Maʼlumot uzatish tarmog‘i orqali, shu jumladan Internetga kirishning
haqiqiy tezligi tarif
rejasida eʼlon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin va ushbu holat abonent tomonidagi
uskunaning konfiguratsiyasi, boshqa tarmoqlar egalari tomonidan o‘rnatilgan o‘tkazuvchanlik
imkoniyati cheklovlari, serverlar va Operatorga bog‘liq bo‘lmagan
boshqa tashqi omillar bilan
bog‘liqdir.
1.7.4. Bir xil narxdagi tarif rejalarida Internet, “Uz-IX” va “TAS-IX” tarmoqlariga
kirish
imkoniyati ulanish texnologiyasiga qarab, yuqori yoki past tezlikda Operator
tomonidan taqdim
etilishi mumkin.
1.7.5. Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish joylari Operator
tomonidan tasdiqlangan rejalar va infratuzilmadan oqilona foydalanish
asosida mustaqil ravishda
belgilanadi.