Internet xizmatlarini taqdim etish va tarifikatsiyalash


Abonent tashabbusi bilan xizmatlarni o‘chirish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana25.04.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1398593
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
INTERNET XIZMATLARINI TAQDIM ETISH VA TARIFIKATSIYALASH QOIDALARI (jismoniy shaxslar)

1.5. Abonent tashabbusi bilan xizmatlarni o‘chirish 
1.5.1. Abonent o‘z tashabbusi bilan Xizmatlar o‘chirilishi haqida istak bildirganda: 
1.5.1.1. Abonent belgilangan tartibda Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga yozma ravishda ariza 
bilan murojaat qilishi, shuningdek, Operatorga tegishli bo‘lgan barcha uskunalarni to‘liq, but va 
ishga yaroqli holatda qaytarishi hamda Xizmatlar uchun mavjud qarzlarni to‘lashi lozim. 
1.5.1.2. Abonent tashabbusi bilan Xizmatni o‘chirish ariza asosida quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
- keyingi hisob-kitob davrining birinchi sanasidan; 
- joriy hisob-kitob davri davomida, bunda xizmatlarni o‘chirib qo‘yish muddati ariza berilgan 
vaqtdan boshlab, 5 ish kunini tashkil etadi. Bunday hollarda Abonent maqomi Abonent 
tomonidan ko‘rsatilgan sanadan boshlab, “Tugatilgan” maqomga o‘zgartiriladi. 
1.5.1.3. Bunda, agar Abonentni uzib qo‘yish keyingi hisob-kitob davrining birinchi kunidan 
amalga oshirilmagan bo‘lsa, joriy hisob-kitob davri uchun yechib olingan Abonent to‘lovi hamda 
bog‘langan qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lovlar bekor qilinadi, Abonentga qaytarilmaydi va 
qayta hisoblanmaydi. 
1.5.1.4. Shartnoma bekor qilingan vaqtda Abonentning shaxsiy hisob raqamida ijobiy saldo 
mavjud bo‘lgan holda, Abonent pul mablag‘larining qoldiqlari to‘liq hajmda Abonentga 
Operator tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa xizmatning (masalan, qayd qilingan telefoniya 
xizmatlarining hisobiga va b.) shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin. Abonentning shaxsiy 
hisob raqamidagi pul mablag‘lari naqd pul shaklida qaytarilmaydi. Pul mablag‘lari Abonentning 
bankdagi hisob raqamiga yoki plastik kartochkasiga o‘tkazilishi mumkin. 


1.6. To‘lov usullari va shakllari 
1.6.1. Abonentlar Operatorning vakolatli vakillari orqali quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga 
oshiradilar: 
- naqd pul shaklida, naqd pulni banklar kassalari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari 
(info-kioskalar) orqali to‘lovni amalga oshirish yo‘li bilan; 
- naqd pulsiz shaklda, elektron (chakana) to‘lovlar tizimi yordamida, shu jumladan bank plastik 
kartalaridan foydalangan holda; 
- to‘lov kartalarini faollashtirish (ushbu to‘lov turini ko‘zda tutuvchi xizmatlar uchun) orqali. 
1.6.2. Yuridik shaxsni tashkil qilmasdan tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatni amalga oshiradigan 
fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lgan, xizmatlari jismoniy shaxslar uchun tarif 
rejalariga ulangan shaxslar to‘lovlarni ushbu qoidalarning 5.2.6.1 bandida belgilangan tartibda 
amalga oshiradilar. Xizmatlar uchun pulni joriy hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan 
to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-fakturalar taqdim etilmaydi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling